Kirish jismoniy tarbiya nazariy asoslari



Download 27,48 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi27,48 Kb.
#267443
  1   2   3   4
Bog'liq
gggggg


KIRISH

  1. JISMONIY TARBIYA NAZARIY ASOSLARI.

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida soʻzlagan nutqida: “Biz naslimizning kelajagi-sog‘lom avlod uchun kurash boshladik. Shu nom bilan orden ta’sis etdik va maxsus xalqaro jamg‘armani tuzdik. Bu bejiz emas, albatta. Sog‘lom avlod deganda, biz faqat jismoniy baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodga ega boʻlgan xalqni tushunishimiz kerak. Bunday xalqni hech qachon hech kim yenga olmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz shart”, - deb alohida ta’kidlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli spotrchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Bugungi kunda «Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli boʻlishlari shart!» degan hayotiy daʼvat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam oʻrin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir boʻlgan, bugungi va ertangi kunimizning xal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga gurur va iftixor bagishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, taʼlim-tarbiya boʻyicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur”,-deb aytgan oʻzining "Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz"nomli asarida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.Shunday ekan bugungi kunda har birimiz yoshlarimizning har tomonlama yetuk va salohiyatlari kadrlar boʻlib yetishishlari uchun astoydil harakat qilmog’imiz va bu yoʻlda dadil turmog’imiz lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu – bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va oʻrganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha boʻlgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus oʻrganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini oʻrganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri. Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya b-n qoʻshib olib boriladi. Ibtidoiy davrdan boshlab Jismoniy tarbiya ga alohida eʼtibor qaratilgan. Dastlab u jismoniy mashqlar, turli oʻyinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʻxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʻlgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, yakkama-yakka kurash mahoratiga oʻrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Uygʻonish davrida jismoniy tarbiyaga eʼtibor yanada kuchaydi. Gumanistlar jismoniy tarbiya ni oʻquv dasturiga kiritishga uringanlar. Jismoniy tarbiyaga oʻrta asrlarda Yevropada oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida karala boshlandi. J. J. Russo "Emil, yoki Tarbiya toʻgʻrisida" deb atalgan pedagogik risolasida jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini taʼkidlagan. 18-asrda asosan Russo gʻoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʻlgan "insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari" — filantropinlar jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʻrin oladi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning milliy tizimlari tarkib topdi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yoʻnaltirilgan oʻquv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassisliklari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolikka va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini oʻrgatadi.Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izoxlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning uslubiyoti haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va koʻnikmalari zaxirasini oshiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va mukammalashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot ma’lumotlari, jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyotini yangicha tamoyillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi predmti qotib kolgan oʻzgarmas ma’lumotlardan iborat boʻlishi mumkin emas.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ijtimoiy tabiiy, pedagogika fanlari erishgach muvoffaqiyatlarga tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizini "tashkil etuvchi eng umumiy qonunlardan, prinsiplar va qoidalardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport fanlari uchun ham bu qonunlar, printsiplar va qoidalar mos keladi va oʻziga xos ma’no kasb etadi.Oʻquv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrlarning vujudga kelishi va unga intilish sabab boʻldi. Bu bilan insonning jimoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi haqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishi isbotlandi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va megodikasmning mazmuni quyidagilarni oʻz ichga oladi:

- jismoniy tarbiya jamiyat mahsuli ekanligi, ijtimoiy xodisa sifatida tarbiyaning boshqa shakllari bilan bog’liqligi;

- jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamoilari;

- jismoniy tarbiyaning vositalari metodik prinsiplari;

- harakatga oʻrgatish, oʻqitishning uslublari;

- jismoniy sifatlarni rivojlantirish;

- jismoniy mashqlar va uni oʻqitish jarayoning tuzilishi;

- jismoiy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarini tashkillashning g’oyalari;

- jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish va uning hisoboti;

- jismoniy tarbiya uslubiyotining xususiyatlari;

- maktatabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi;

- sport trenirovkasi jarayonining tavsifi.

Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining oʻrganish predmeti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar, oʻsmirlar, yoshlar, oʻsha yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarni jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi.Bundan tashqari jismoniy tarbiya uslubiyoti jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham oʻrganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda "Umumiy va kasb maxsus jismoniy tayyorgarligi metodikasi", "Sport tayyorgarligi metodikasi" deb aniq yoʻnalishdagi metodikalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har birini ichida oʻzlarining xususiy uslublari mavjud. Uslublarning turli-tumanligi shug’ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubliligi, ularning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi, ayollar jismoniy tarbiyasi metodikasi va h.k.)ga xos va mos kelishi kerak.

Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyoti (sport oʻyinlari, gimnastika va boshqalarni oʻqitish metodikasi) alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va oʻquv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fani esa ularni yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, oʻrganish predmetlari harakteriga koʻra pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida oʻz qoidalarini ijtimoiy, psixologik va biologik faktorlar hisobiga toʻldiradi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining rivojlanishi uchun quyidagilar asosiy manba hisoblanadi:

- mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishing yoʻllari va hozirgi paytdagi ahvoli, haqidagi hukumat qarorlari, qonunlari;

- jamiyatning rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta’limotlar. Bu ta’limotlar insonning har tomonlama rivojlanishiga huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmunini ochishga urinish hamda shu g’oyalarni amalga oshirish yoʻllarini nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir;

- jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti sohasi boʻyicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid toʻplagan nazariy, amaliy bilimlar tizimi;

ijtimoiy turmush tarzining hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jmsmoniy tayyorgarlikka ega boʻlgan kishilarga talabi;

- jamiyat a’zolarining jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismonmy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga intilishni vujudga kelishga;

- jismoniy tarbiya tizimi mavjud jamiyat ma’naviyatining bir boʻlagi hisoblangan jismoniy madaniyat konkepkiyalari;

- jismoniy tarbiya praktikasi - manba sifatida nazariy qoidalarning hayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tugalgan original g’oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitadi.

-- arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va udarning murabbiylarining rejalari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, ma’ruza matnlari va h.k.lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manba boʻlib xizmat qiladi .




Download 27,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish