Kirish jismoniy tarbiya nazariy asoslari


OILADA BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH



Download 27,48 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi27,48 Kb.
#267443
1   2   3   4
Bog'liq
gggggg

3. OILADA BOLALARNI JISMONIY TARBIYALASH.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog‘lom va baquvvat qilib oʻstirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani toʻg‘ri tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi boʻlib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yoʻli bilan oʻzini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat. Bola organizmining rivojlanishi oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgani sababli, uning vazifalari ancha aniqroq shaklda ifodalanadi; bola suyagini bexato va oʻz vaqtida qotishiga orqa umurtqadagi egik joylarning shakll anishiga, tovon yuzasining yaxshi rivojlanishiga, pay-boʻg‘im apparatlarni pishitishga yordam koʻrsatiladi. Tana qismlarining (proporsiyalar) toʻg‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklar oʻsishi va vaznini bir tartibga solishga yordam berish; barcha muskullar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qoʻl va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, boʻyin, koʻz, ichki organlar - yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa muskullar); ayniqsa, zaif rivojlangan bukuvchi muskullar guruhining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, ya’ni yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarishi ritmini yaxshilash va toʻsatdan oʻzgaradigan yuklamaga moslashish qobilyatini rivojlantirish; koʻkrak qafasi hatakatchanligini oʻstirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, oʻpka sig‘imini oshirishga yordam ber ish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) toʻg‘ri ishlashiga yordamlashish; termoregulatsiya funksiyasining toʻg‘ri rivojlanishiga koʻmaklashish. Markaziy asab tizimining faoliyatini takomillashtirish: qoʻzg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. Jismoniy tarbiya mashqlarini toʻg‘ri bajarish muskullar, paylar, boʻg‘imlar, suyak tizimini rivojlantirishga samarali ta’sir qiladi. Mustahkam shakllangan harakat koʻnikmalaridan foydalanish bolaga mashqlarni bajarishda jismoniy kuchni tejash va oʻyin faoliyatida e’tiborni kutilmagan vaziyatlarda yuzaga keladigan turli vazifalarni olishga yoʻnaltirish imkonini beradi. Bolalarda 7 yoshgacha shakllangan harakat koʻnikmalari maktabda ularni yanada takomillashtirish uchun zamin boʻlib xizmat qiladi va kelajakda sportda yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bolalarda harakat koʻnikmalarining shakllanishi jarayonida birmuncha murakkabroq harakatlar va bu harakatlarni oʻz ichiga 10 oluvchi turli faoliyat turlarini osongina egallash qobiliyati hosil qilinadi. Yosh guruhlarga oid harakat koʻnikmalarining hajmi dasturda berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda saflanish, umum-rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, sport mashqlarini bajarish koʻnikmalarini shakllantirish lozim. Bundan tashqari, bolalarni sport oʻyinlariga (Badminton, stol tennisi) va sport oʻyinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol)ni bajarishga oʻrgatish zarur. Harakat koʻnikmalari hajmi maktabgacha ta’lim muassasalarida sharoitning mavjudligi, bolalarning jismoniy tayyorgarligi, tarbiyachilarning malakasi, ota-onalar yordamiga qarab kengaytirilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni, oʻtirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni toʻg‘ri tutish koʻnikmalariga oʻrgatish muhim. Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning boshlang‘ich koʻnikmalari (qoʻl yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, oʻyinchoqlar, jismoniy inventarlari, xona va hokazolarni toza tutish) koʻnikmalarini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi haqidagi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni oʻtkazish metodikasi haqidagi, harakatli oʻyinlar va hokazolar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir. Bolalar gavda qismlarning nomini, harakat yoʻnalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, oʻngga, chapga, toʻla aylanish va boshqalar), jismoniy inventarlarning nomini, ularni saqlash, kiyim, poyabzallardan toʻg‘ri foydalanish va ularga qarash qoidasini bilishlari lozim. Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda ongli va toʻlaqonli shug‘ullanish, maktabgacha ta’lim muassasa va oiladagi jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalanish imkonini beradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni oʻz tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan oʻtkazish. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud. Mashqlarni bajarish jarayonida bolalarda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, koʻngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlari – halollik, haqqoniylik, oʻrtoqlik hissi, oʻzaro yordam, jamoada shug‘ullanish malakasi, jismoniy inventarni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan — botirlik, qat’iylik, oʻz kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yen- gishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalarni namoyon qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Toʻg‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya bolalarning aqliy oʻsi shiga yordam beradi, chunki asab tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha ruhiy jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol va boshqalar), shuningdek, tafakkur jarayonlari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish va boshqalar) rivojlanadi. Bolalarda harakat faoliyati sohasida olingan bilim va koʻ- nikmalardan faollik, mustaqillik, fahmlilik, ziyraklik va topqirlik koʻrsatgan holda ijodiy foydalana olish malakasini tarbiyalash zarur. Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash, shuningdek, salbiy ruhiy holatni tezda yengib oʻtish malakasini rivojlantirish juda muhimdir. Bu shuning uchun ham zarurki, ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlari ishiga yaxshi ta’sir qiladi, harakat koʻnikmalarining tez va barqaror shakllanishini ta’minlaydi.


Download 27,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish