Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet89/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

A. Toynbi kontseptsiyasi Arnold Toynbi 1889 yilda dunyoga kelgan. U ham XX asr falsafasining yirik vakillaridan biri hisoblanadi. U tarixiy jarayonni tadqiq qilish dasturini tuzadi va “tarix davrlari” nomli 12 jilddan iborat asosiy asarini yozadi. Toynbi dunyoviy tarixni xarakatga keltiruvchi kuchli tsivilizatsiyani tug'diruvchi va xalokatga olib keluvchi imkoniyatlarni ochib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. XX asrning boshlarida esa tsivilizatsiyalar ham yo'q bo'lib ketuvchi xususiyatga egaligi aniq bo'lib qolgan edi. Jumladan birinchi jahon urushi, kimyoviy qurollarning qo'llanilishi, suv osti va samo urushlari, Xirosima va Osventsim hodisalari fikrimizning dalili bo'la oladi. Shunday davrda madaniyatning tug'ilishi, rivojlanishi va halokati dolzarb masalaga aylanadi. Toynbi o'z tadqiqotini rivoji va xalokati dolzarb masalaga aylandi. Toynbi o'z tadqiqotini tarixiy jarayonning predmet chegarasini (hamma uchun tushunarli tilda) aniqlab olishdan boshlaydi. U Angliyaning tarixiy yo'lini o'rganadi, va shunday xulosaga keladiki, bunday birlik milliy davlat bo'la olmasligini tasdiqlaydi. Buning sababi, Angliyaning tarixi boshqa mamlakatlar tarixi bilan minglab sotsiomadaniy rishtalar orqali chambarchas uzviy bog'lanib ketgan edi, uni bu munosabatlardan uzib olib, xolis o'rganish bajarib bo'lmaydigan vazifaga aylanadi. Shuning uchun ham tahlil sifatida tarixchi yuqoriroq birlikni olishi zarur. Toynbini tushunish uchun uni diniy faylasuf ekanligini xotirada tutish lozimdir. Diniy xristianlik ongi uchun esa xaqiqat mezoni tafakkurini ham, ilohiy anglashni ham o'z ichiga oladi. Shuning uchun Toynbi o'z ijodida qatiy ilmiy bilish xamda ratsional intuitsiya uslublaridan foydalangandir, u inson orqali amalga oshadi, shu jixatdan uni bilish ilohiy anglashni talab qiladi. Ilohiy anglash bo'lganligi uchun tarix mazmunga egadir. Inson ana shu mazmunni egallashi shart. Toynbi tsivilizatsiya genezisini uch komponentdan iborat deydi. Ular universal davlat, dunyoviy cherkov va qabila harakati. Ana shu tuzilmaning mavjudligi tsivilizatsiyani tashkil qiladi. Biroq tsivilizatsiyalar o'z-o'zidan shakllanmaydi. Uning rivoji uchun o'ziga xos tarixiy davr bo'lishi shart. Bunday davrni Toynbi “Chaqiruv va javob” deb belgilaydi. Garchi tsivilizatsiya genezisida uch komponentning xammasi mujassam bo'lib, chaqiruv bo'lmasa, u holda javob xam bo'lmaydi, natijada tsivilizatsiya taraqqiy etmaydi. Chaqiruv davri – shunday davrki, bunda jamiyat qandaydir xavf ostida bo'ladi. Chaqiruv turlicha bo'lishi mumkin.
Tsivilizatsiyalar to'qnashuvi kontseptsiyasi. Siyosatshunos olimlardan yana biri bo'lgan Amerikalik S. Xantington “sovuq urush” tugaganidan so'ng o'zgargan dunyoda ijtimoiy madaniy jarayonlar dinamikasini tushuntirishga zamonaviy dunyoda ixtiloflarning boshlanibgina aniqlashaga yo'naltirilgan yangi paradigmani yaratishga xarakat qiladi. U “tsivilizatsiyalar to'qnashuvi” modelini ilgari surdi. Xantington fikricha, ilgari uch xil dunyodan – kapitalizm, sotsializm va “uchinchi dunyo”dan tashkil topgan halqaro sistema endi 8 ta asosiy: g'arbona, konfutsian, yapon, islom, induizm, provaslav – slavyan, Lotin Amerikasi va Afrika tsivilizatsiyalarini o'z ichiga olgan yangi tizimga o'tmoqda. Raqobat qiluvchi harbiy bloklar uning fikricha ushbu tsivilizatsiyalardan qaysi biriga tegishli ekanligi bilan farqlanadi. Oxir – oqibat kishilar uchun siyosiy mafkura yoki iqtisodiy manfaatlar emas, balki etiqod va oila, qon – qarindoshlik va ishonch, yani kishilar o'zlarini qanday anglashlari nima uchun kurashlari va xalok bo'lishlarini bilish muximroqdir. Eron Islom Respublikasining sobiq prezidenti Sayyid Muhammad Xotamiy tashabbusi bilan tsivilizatsiyalar o'rtasidagi muloqot masalasi YUNESKOning 1999 yildagi sessiyasidagi va BMTning 2000 yildagi 53–bosh assambleyasida muxokama etildi. Mazkur ming yillik sammitida XXI asr – tsivilizatsiyalararo muloqot asri, deb elon qilindi. Bir qator g'arb ayniqsa amerikalik olimlarning qarashlarida avj olgan globalizm g'oyalari, xususan, Ayru L. Strausning 1997 yilda nashr etilgan “Bir qutblilik, yangicha dunyoviy tartibotning markazlashgan strukturasi va Rossiya” maqolasida yangicha dunyoviy tartibotning “bir qutblilik” kontseptsiyasi o'z ifodasini topdi. U halqaro munosabatda zamonaviy tizimini majoziy manoda oddiy yong'oqqa qiyoslaydi. BMT va boshqa halqaro tashkilotlaruning milliy qobig'ini tashkil etsa, ichidagi asosini – yadrosini qolgan dunyoni boshqarib turuvchi buyuruq beruvchi markaz – g'arb tashkil etadi. Butun tarixning ilgarilanma xarakatini u ko'p qutblilik ikki qutblilik bilan almashinuvida ko'radi. Shundan kelib chiqib, u g'arbni butun dunyoni boshqaruv markazi sifatida tavsiflovchi kelajak dunyoning bir qutblili konseptsyasini yaratdi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish