Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o


Eng muhim tushunchalar va atamalar



Download 3,94 Mb.
bet86/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Eng muhim tushunchalar va atamalar: Qur'on, providentsializm, Islom tarixshunosligi.
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo’yicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi seminar mavzusining qisqacha bayoni:
Jaloliddin Rumiy (1207–1273) «Inson yaralishidagi tadrijiylik holati va asoslarini ma’dandan o'simlikka, o'simlikdan hayvonga, hayvondan insonga qarab rivojlanish tizimini ko'zda tutadi». Insonning tadrijiy kamoloti, etuklikka intilib borish jarayonida ruhning bosqichma-bosqich taraqqiyoti xususida gapirar ekan, Aziziddin Nasafiy (1240– 1300) «Har bir yangi doiradan boshlab yangi ibtido boshlanadi va u kamolotga erishish uchun darajama-daraja intiladi», – deydi. Agar hozirgacha mavjud ilmiy qarashlar va nazariy xulosalar hamda hozirgi zamon tsivilizatsiyasi yutuqlari tahlil etilsa, inson hamisha kamolotga muhtoj va umri davomida evolyutsion taraqqiyot, tadrijiy takomil, o'zini o'zi uzluksiz rivojlantirib borishga ehgiyoj sezishi zarurat ekanligi ma’lum bo'ladi. Olamning yaratilishi, insonning vujudga kelishi va kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlari Sharqda o'ziga xos tarzda talqin etiladi. Bu bevosita milliy tafakkur tarzi, Sharqu g'arb o'rtasidagi tafovutga, munosabatlar va qarashlarning turlichaligiga olib kelgan ruhiyat, fe’l-atvor, ma’naviy-axloqiy mezonlar natijasi sifatida yuzaga keldi. Sharqda azaldan tarixga qiziqish, insoniyat tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini o'rganish keng taraqqiy topgan. Bu qadimiy makonda inson va kishilik jamiyati, uning dunyoga kelishiga doir tarixiy-falsafiy, tarixiy-badiiy asarlar ko'plab yaratilgan.
Abu Ja’far Tabariy (839–923) o'zining «Tarixi Tabariy», «Ta’rix ar-rasul val-muluk» (Payg'ambarlar va shohlar tarixi) nomli asarlarida eng qadimgi davrdan 915 yilgacha bo'lgan voqealar ancha keng va batafsil bayon etiladi. Abu Bakr Narshaxiyning (899–959) «Tahqiq al-viloyat» (Mamlakat haqida aniq tadqiqotlar), «Ta’rixi Buxoro», «Axbor al-Buxoro» singari asarlari tarixiy tahlil, voqealar va hodisalarning falsafiy-mantiqiy ifodasi bilan alohida ajralib turadi. Abu Muhammad al-Kufiy (926 yilda vafot etgan) «Futuhi ibn A’sam», arab tarixchisi va faylasufi Abu Ali Miskovayx (1030 yidda vafot etgan) «Adab al-arab val-furs» (Arab va forslarning axloq qoidalari) hamda olti jilddan iborat «Tahsil alaxloq» (Axloqiy tarbiya) nomli kitoblarida umumiy tarix, insoniyat yaxlit o'tmishining taraqqiyot omillari, bir qator xalqlarning an’analari, turmush tarzi, hayot tajribalari va tafakkur qirralari bayon etilgan.
Rashididdin Hamadoniy (1248–1318) o'zining betakror tarixiy-falsafiy qarashlari, noyob ilmiy-nazariy kashfiyotlari bilan mashhur bo'lgan allomadir. U muarrix, geograf, tabiatshunos, faylasuf, etnograf va antropolog sifatida o'z davrida nom chiqargan edi. Uning «Ta’rixi g'azaniy», «Ta’rixi muboraki g'azaniy» nomli asarlarida insonning yaralishi, olamning paydo bo'lishi va qadimgi dunyodan 1300 yillargacha bo'lgan mo'g'ullar tarixi bayon etilgan. V.V. Bartold xulosalariga ko'ra Rashididtsin Hamadoniyning asarlari – tarixiy qomus, qaysiki bunday mukammal asar Osiyoda ham, Yevropada ham biror bir xalqda yo'q. Uning mukammalligi, boshqa manbalarda uchramaydigan tahliliy-mushohadaliligi, tarixni talqin etishda mutlaqo o'ziga xosligi shundaki, Yevropa, Hindiston, Xitoy, Eron, mo'g'ullar istilo etgan turk mamlakatlari va xalqlari tarixi juda keng miqyosda tadqiq etiladi. Tarixiy jarayon oqimida tahlil orqali falsafiy tafakkur yorqin namoyon bo'ladi. Tarixiy jarayonlar, voqealar, hodisalar tarixiy-falsafiy, ijtimoiy-mantiqiy uslubda o'rganiladi.
Forobiy falsafasi: inson – jamiyat – jarayon To'liq nomi Abu-nasr Muhammad bin Tarxon bin o'zlug' bo'lgan Forobiy jahon falsafiy tafakkuri taraqqiyotida burilish yasagan buyuk faylasuflardandir. U Uyg'onish davri mutafakkirlarining yirik namoyandasi sifatida tafakkur olamida o'ziga xos yo'l ochdi. Jumladan, inson, jamiyat, tarixiy jarayon, davlat va boshqaruv borasidagi falsafiy qarashlarga asos soldi. Albatga, Forobiy yunon allomalari Aflotun va Arastu falsafasi bilan o'z zamondoshlaridan ko'ra ko'proq shug'ullangan, uning moxiyatini boshqalardan ko'ra chuqurroq o'rgangan va o'zlashtirgan edi. Natijada shunday novatorlik yo'lini topdiki, ayni ana shu qadimgi yunon falsafasining o'z davri qarashlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan kutilmagan holatda yangi qirralarini ochib, uni boyitdi, rivojlantirdi. Qomusiy bilimlar majmui bo'lgan ushbu holatni akademik M. Xayrullaev to'g'ri talqin etadi va uning qator sohalar bo'yicha ilmiy qarashlari yaxlit tizimi haqida fikr yuritadi hamda ularni sanab o'tadi: til haqidagi bilim, mantiq, matematika, optika, sayyoralar, musiqa, og'irlik, mexanika, tabiiy va ilohiy ilmlar (metafizika), siyosat, yurisprudentsiya (fiqh), musulmon teologiyasi (kalom) va boshqalar..
Ibn Xaldunning tarix falsafasi (1332-1406) Sharq tarix falsafasini jiddiy ravishda rivojlantirgan, uni o'zining ilmiy qarashlari bilan birmuncha boyitgan, tarixga falsafiy yondashish usullarini ishlab chiqqan yirik olimlardan biri Abdurahmon Muhammad Ibn Xaldundir. Ibn Xaldun o'z davrining etuk mutafakkiri, faylasufi va tarixchisi sifatida o'zini namoyon etgan va «Valiuddin» unvonini olgan etuk shaxs edi. U yirik siyosiy arbob sifatida ham jamiyatni boshqarish, kishilik jamiyati ijtimoiymadaniy taraqqiyotiga munosib hissa qo'shish borasida etarli tajribaga ega bo'lgan va ayni paytda diniy hamda dunyoviy bilimlarni chuqur egallagan allomadir. Ibn Xaldun insoniyat tarixi, uning shakllanyshi, rivojlanish omillari va bosqichlari, inson va jamiyat, inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlarni tadqiq etish borasida o'zining noyob qobiliyatini namoyon etgan va bu borada qator ilmiy-nazariy yutuqlarni qo'lga kiritgan olimdir. Ibn Xaldun falsafasi tarix va sotsiologiya, insonshunoslik, falsafa hamda mantiq bilan qorishib ketgan. Shu bilan birga diniy tafakkurning dunyoviy tafakkur bilan uyg'unlashgan shakli sifatvda dunyoga kelib, Sharqu g'arb tafakkur olamvda o'ziga xos maktab yaratdi. Uning eng mashhur asarlaridan biri «Muqaddima» deb ataladi va bu asari bilan u tarixni anglash, tarixni tushunish, insoniyat tarixiy tajribalarini diniy va dunyoviy tafakkur orqali talqin etishning o'ziga xos uslubini yaratdi. U tarix haqida gapirar ekan, «Fanning ikki jihati bor. Birinchisi qadimgi mamlakatlar va davlatlar haqida hikoya etuvchi tashqi tomoni bo'lsa, ikkinchisi tadqiqotlarning birining tarixi va yangi fikrlarni kashf etish bo'lgan ichki tomonidir. Tarix Olam asoslari sababiyatini aniq izlaydigan fan. Bu voqealar va ularning sabablari haqvdagi chuqur ilm», deydi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish