Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet84/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Kutilayotgan natija: Talabalarga Romantizm, J.J.Russoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, I.G. Gerder, Nemis klassik falsafasining tarixiy va falsafiy g'oyalari haqida tushunchalar hosil qilish.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, tarixiy xarita, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar: Romantizm, Nemis klassik falsafasi. Tarixiy materializm.
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo’yicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi seminar mavzusining qisqacha bayoni:
Yevropada tarix falsafasi yuqorida aytganimizdek, falsafaning muhim yo'nalishi sifatida XVIІІ asrlarda yuzaga keldi. Bu paytga kelib tarixni falsafiy idrok etish ijtimoiy fanlar doirasida ilmiy-nazariy tadqiqotning butunlay yangi bosqichi darajasiga ko'tarildi. Tarix falsafasi atamasi birinchi marta 1765 yili Volter tomonidan ilgari surildi va tarixshunoslik, jamiyatshunoslik, demografiya, etnografiya hamda falsafa fanlarining umumiy va uzviy bir qismi sifatida butunlay yangi yo'nalishni ochib berdi. I. G. Gerder tadqiqotlarida tarix falsafasining fan sifatidagi aniq yo'nalishlari belgilab berildi. Tarix falsafasi taraqqiyotida Gegel, O. Kont, N. Ya. Danilevskiy, O. Shpengler, A. Toynbi, P. A. Sorokin, K. Yaspers, K. Popper va boshqalar beqiyos hissa qo'shdilar. Anglo-frantsuz tarix falsafasi Keyingi yuz yilliklarda jahon tarixini o'rganish, uni tadqiq etishda tsivilizatsiyaviy yovdashuv tendentsiyasi ustuvorlik qilmoqda. Bu Osvald Shpengler falsafasining Arnold Toynbi tomonidan davom ettirilganligi va lokal tsivilizatsiya nazariyasi mumtoz shaklining vujudga kelganligi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, Toynbi «Mashhur tsivilizatsiyalar soni unchalik ham katta emas, bizga faqat yigirma bitta tsivilizatsiyaga bo'lish mumkin bo'ldi. Biroq ularni davom ettirish mumkin. Turli xalqlar, davrlar va mamlakatlarda o'ziga xos turli rivojlanish hodisalari yuz bergan. Biroq har tomonlama mustaqil va jiddiy tsivilizatsiyalar soni o'ndan ortmaydi», – deydi. Toynbi shunday qilib yigirma bir tsivilizatsiya hodisasini e’tirof etadi. Ular qatoriga Arab, Xitoy, Shumer, Mayam, Hind, Ellin, g'arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa tsivilizatsiyalar kiradi.
Frantsuz falsafasining yirik namoyandalaridan biri Reymon Arondir. U milliy tarix falsafasiga ratsionalistik yo'nalishning yorqin namoyandasi sifatida faoliyat ko'rsatdi. Uning tarixni o'rganish va tarixiy tafakkur masalalariga bag'ishlangan «Falsafaga kirish», «Tanqidiy tarix falsafasi», «Tarixiy tafakkur o'lchovlari», «Sotsiologik tafakkur taraqqiyoti bosqichlari», «Taraqqiyot sog'inchi», «Demokratiya va totalitarizm» singari asarlari frantsuz tarix falsafasi maktabida butunlay yangi yo'nalishni boshlab berdi.
Nemis tarix falsafasining yirik namoyandalaridan biri Osvald Shpenglerdir. U o'zining mashhur «Yevropa quyoshining so'nishi» asarida tarix falsafasining o'ziga xos yo'nalishi haqidagi g'oyalarini ilgari suradi. Shpengler dunyoni mistik qarashlar orqali anglash, insonning intuitsiyasi, ichki hissiyot va voqelikni xis qila olish imkoniyatlari xususida fikr yuritadi. Shpengler xulosasiga ko'ra «Qancha odam va madaniyat bo'lsa, shuncha dunyo mavjud. Har bir aloxida inson uchun yagona, mustaqil, abadiy dunyo mavjud. Dunyoning bunday mavjudligi har bir inson uchun doimiy yangi, bir marta amalga oshadigan, hech qachon qaytarilmaydigan kechinmadir». Shpengler tarixni tushunish va tarixga munosabatda intuitsiya, his-tuyg'u mohiyatini ustuvor qiladi. Ana shundan kelib chiqib tarix mushohada, voqelikni to'g'ri his qila olish, tabiiy intuitsiya natijasi degan g'oyani ilgari suradi. Hatto, u tarixni hissiyot orqali tushunish g'oyasini ilgari surar ekan, «agar kim buni his qilmasa, tarix bilan shug'ullanmasin, tabiatni bilishga o'rganish mumkin, lekin tarixchi bo'lib tug'ilish kerak. Tarixchining kuchi shundan iboratki, u ongsizlik darajasida tarix jarayonini instinktiv ravishda biladi, bunday uslubda har qanday inson ham ishlay olmaydi», – deydi. O. Shpengler madaniy taraqqiyot, tarix rivoji, uning dinamizmi xususida fikr yuritar ekan, «har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi. Ularning o'z bolaligi, o'smirligi, o'rta yoshliga va qariligi bo'ladi», - deydi. Demak, har qanday madaniyat o'zining ibtidosi va intihosiga ega. Shuning uchun ham turli davrlarda yuz bergan turli mintaqalardaga tsivilizatsiyalar qaysidir darajada susayish, orqaga ketish holatlarini ham boshdan kechirgan. Ana shu tarixiy dalillar hamda insoniyat o'tmishidagi buyuk ko'tarilishlar va tanazzullarni nazarda tutib O. Shpengler har qanday tsivilizatsiya tanazzulga mahkumdir, degan fikrni ilgari suradi. Tsivilizatsiyalar taqdiri, uning istiqboli xususida gapirar ekan, «mening fikrimning markazini taqdir g'oyasi tashkil qiladi. o'tib ketganlarning taqdiri ham shunday bo'lgan, hozirgi g'arbiy Yevropa madaniyatini ham halokat kutmoqda», deydi. Olamni anglash o'z-o'zini anglashdan boshlanadi, deydi O. Shpengler.
Jumladan, A. Nasafiy «... ulug' olamning avvalu oxiri, zohiru botini, mohiyat va shakllarini anglab etish uchun o'zining mohiyatini, zohiru botinini anglab etkin. Bundan boshqa yo'l yo'q», degan edi. Nemis tarix falsafasi maktabi jahon falsafa fanining I. Gerder, V. Gumboldt, G. Gegel, I. Kant, A. Shopengauer, G. Rikkert, V. Diltey, E. Trelch singari yirik namoyandalarini etishtirib berdi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra nemis tarix falsafasi ingliz-frantsuz ma’rifatparvarligi qarashlariga teskari bo'lgan yo'nalishni ishlab chiqdilar va o'z g'oyalarini ilgari surdilar. E. Trelchning xulosalariga ko'ra nemis va ingliz-frantsuz tarix falsafasi o'rtasidagi farq ko'zga yaqqol tashlanadi. Nemis maktabi o'zining diniy-mistik xarakteri bilan alohida ajralib turadi. o'z navbatida ingliz-frantsuz maktabi tarix cho'qqisini ma’rifatparvarlik ideallari orqali kashf etdi. Tarixiy taraqqiyotning universal kontseptsiyasi Gegel tomonidan vujudga keltirildi.
J.J. Russo 1712 yil Jenevada soatsozlar oilasida dunyoga keladi. U dastlabki talimni o'zi tug'ilib o'sgan joyidan oladi. U 1741 yili Parijga kelib, u erda Golbax Didro va boshqalar bilan juda yaxshi munosabatda bo'ladi. Russo Didro tashkil etgan “Entsiklopediya”da uning taklifiga binoan ishtirok etadi. Russoning jamoatchilikka keng tanilishida uning “fan va sanat haqidagi mulohazalar” (1750) asri muhim ahamiyat kasb etganligi malum. Russoning “Insonlar o'rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari to'g'risida mulohazalar” asri uning obro'siga yana obro' qo'shadi. U “fanlarning manaviyatga tasiri” asarida o'zi yashab to'rgan tsivilizatsiyani tengsizlik tsivilizatsiyasi deb tanqid qiladi.
I. Kant tarixiy – falsafiy qarashlari. Kant ota tomonidan Shotlandiyalik bo'lgan bo'lsa, ona tomonidan Germaniyalik edi. Onasi diniy ruhda tarbiyalanganligi uchun o'z farzandlari ongiga diniy talimotlarni chuqur singdirishga harakat qiladi. Otasi hunarmandchilik bilan shug'ullanib, ular oddiygina uyda istiqomat qilishar edi. Kantning birinchi risolasi “Tabiatdagi jonli kuchlarning haqiqiy bahosi haqida fikrlar” tog'asining hisobiga chop etiladi. Bu risolani u 23 yoshida yozgan edi. I.Kantning falsafiy ijodi asosan ikki qismga bo'linadi. 1.Tanqidiy davrdan ilgarigi (XVIII asrning 70 yillariga qadar). 2.Tanqidiy davri (XVIII asrning 70 yillaridan ijodining oxirigacha). Kuno Fisher esa Kantning falsafiy tizimi tarixini quyidagi davrlarga bo'ladi. 1) dastlabki davr (naturfalsafa davri).U vaqtda faylasuf ratsionalizm nuqtai – nazarida to'rgan. 2) empirizm davri. U davrda Yumning tasiri umuman, Shotlandiya va Angliya falsafasining tasiri katta bo'lgan va nihoyat 3) tanqidiy davr. Bu davrda Kant uzil – kesil mustaqil o'ziga xos yo'lni tanlagan. Shuni takidlash lozimki, Kant falsafasini davrlarga bo'lib o'rganish osonlik tug'diradi,.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish