Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet81/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

III. Yangi mavzu qisqacha bayoni:
G'arbiy Yevropada Uyg'onish davri deb atalgan davr XIV-XV asrlarni o'z ichiga qamrab olgan va Yevropa madaniyatining eng buyuk davri deb hisoblanadi. Bu davr olamga Nikolay Kuzanskiy, Mishel Monten, Leonardo da Vinchi, J. Bruno, va ko'pgina boshqa buyuk mutafakkirlar va daholarni berdi. Bundan tashqari Uyg'onish davrida astrologiya va magiya ham rivoj topdi. Buni biz N. Kuzanskiy va J. Bruno falsafiy qarashlarida ko'rishimiz mumkin. Uyg'onish deb nomlangan davr o'rta asrlarda unutilgan antik falsafiy va madaniy merosni qaytadan yuzaga keltirdi. Italiya shaharlarida neoplatonik, aristotelik va platonik ta’limotlarni Mandzolli, Fichino Papponadi, Bruno ta’limotlarida uchratishimiz mumkin.
Renessans, ya’ni Uyg'onish faqat Yevropa hodisasi emas.
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) Prir eparxiyasining Kuza deb nomlangan qishlog'ida Germaniyada tug'iladi. Uning otasi boliq savdosi bilan shug'ullangan boy savdogar edi. o'zining ilk ma’lumotini Deventer shahridagi “umumiy hayot birodarlari” maktabida oladi. Bu maktab diniy tusga ega bo'lib, Iso payg'ambarning hayotiga taqlid qilar edi. Nikolay Kuzanskiy o'z davrining mashhur gumanistlari Eni-Silvie Pikkolomini, Lorentso Valla, Ambrod jo Traversari, Paolo Poskanellilar bilan do'stona munosabatda bo'lgan. Uning antik madaniyatga qiziqishi ham, aynan shu gumanistlarning ta’siri natijasida bo'ldi. “Bilimdon bilimsizlik” Kuzanskiy falsafasining markazida xudoning borliqdagi o'rni masalasi egallaydi. Bu masalani hal qilishda Kuzanskiy barcha oldingi sxolastik qarashlardan tubdan farq qiladi. Kuzanskiy ta’limotida xudo cheksiz yaratuvchi kuchdir. U butun olamlarni yaratadi, va olamning ichida yashiringan, ya’ni olam va xudo yagona bir borliqdir. Lekin xudoning olamidagi borlig'i pardalangan yashirindir va barcha narsalarning mohiyatini tashkil etadi. U xristian diniga xos bo'lgan xudoni uch qiyofada ko'rinishini tanqid qiladi va xudoni ko'proq ruhiy qudrat tabiatda yashiringan muqaddas ruh sifatida tushunadi. U xudoni cheksiz qudrad manbasi deb hisoblaydi va tabiatdagi barcha mavjudotlarda va tabiiy hodisalarda muqaddas ruhning tajallisini ko'radi. Bunday panteistik qarashlar Nikolay Kuzanskiyni yangicha dialektik fikr yuritishga olib keldi. Nikolay Kuzanskiyning xudo haqida qarashlari dialektik fikrlar bilan sug'orilgan va bilimdon-bilimsizlik tushunchasida Kuzanskiy tomonidan aniq va ravshan ochiladi. Florentsiyaning Platon akademiyasi o'rta asrlarda Platonning ijodi nihoyatda kam ma’lum bo'lgan. Bular asosan “Piliy” “Fedon” va “Menon” kabi dialoglar bo'lgan edi. Uyg'onish davrida antik madaniy meros qaytadan kashf etildi va ma’lum bo'lmagan ko'pgina asarlar tarjima qilina boshladi. Endi bu asarlarning estetik, siyosiy va badiiy tomonlariga ham katta e’tibor berilar edi. Florentsiyalik mashhur mutafakkir Marseleo Fichino butun e’tiborini Platon ijodiga qaratdi va o'z atrofidagi shogirdlari bilan birgalikda yirik akademiyaga asos soldi.
Marsello Fichino Filiino (Toskana) da 1433 yilda tug'iladi. Boshlang'ich ta’limni Florentsiya va Piza shahrida olgan edi. Fichino yosh paytidayoq antik merosga bo'lgan zo'r qiziqishi bilan barcha odamlarni hayratga soldi. Florentsiyaning mashhur hokimi Kozimo Medichi ham nihoyatda Fichinoga e’tibor berdi va o'ziga yaqinlashtirdi. Fichino bilan hamsuhbat bo'lishi uchun unga o'zining villalaridan birini sovg'a qildi va grek kodeksi deb nomlangan Platon ijodiga mansub barcha kitoblarni sovg'a qildi. Fichinoning mehnatkashligi va serg'ayratligi tufayli Florentsiyaning yaqinidagi Koredjo shahrida joylashgan uning villasi nafaqat Italiya balki Yevropaning ham yirik antik merosni o'rganuvchi markazlaridan biriga aylanadi. Fichino atrofida yig'ilgan uning hamfikrlari, shogirdlari, do'stlari va homiylari o'sha davrda Platon Akademiyasi nomi bilan mashhur bo'ldilar. Bu Akademiya erkin jamoa bo'lib, hech qanday Universitet yoki cherkov qoshida bo'lmagan. U erkin fikr yurituvchilarning hamjixatligi bo'lib, ular xuddi Platon davridagi Akademiyaga o'xshashar edi. Bu erda yig'ilgan erkin fikr yurituvchi olimlar, tarjimonlar va hokazolar bog'ni aylangan payt suhbat qurishar, bir-biri bilan fikr almashishar va Platon ruhiyatiga yaqin bo'lgan dialoglarda qatnashishar edi. kelib chiqadi.
Fichini ham yagona xudoga bo'lgan e’tiqodning bu fikrlari uning xurfikrligi va diniy bag'rikengligidan dalolat berib turadi. Piko dela Mirondola Marselio Fichinoning neolatonik qarashlariga nisbatan kuchliroq ifoda etilgan.
Uyg'onish davrining gumanistik qarashlari o'sha davrning tabiyshunos fanlarining rivojlanishiga bog'liq edi. Bu borada ikki buyuk olim Lenardo da Vinchi va Nikolay Kopernik tadqiqotlari o'rta asr sxolastik dunyoqarashi o'rniga, yangi gumanistik falsafiy ta’limotning shakllanishiga olib keldi. Leonardo da Vinchi fenomeni Leonardo ijod qilgan sohalar shu qadar xilma-xil ediki, uning zamondoshlari bunday g'ayrat, kuch-quvvat va dohoga xos xislatlarga ham taajublanib, ham shubhalanib qarashar edi. Leonardo rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, arxitektura, fortifekatsiya, biologiya, botanika, geologiya, zollogiya, minerologiya, mexanika, astronomiya, fizika sohalarida ham ijod va kashfiyotlar qildi. Laonardoning chop etgan asarlari va kashfiyotlari shu qadar ulkan ediki, bularning barchasini bir inson yaratganiga aql bovar qilmas edi.
Nikolay Kopernik yashagan davrda (1473-1543) buyuk geografik kashfiyotlar sodir bo'ldi. M. Magellan, Xristofor Kolumb kabi dengizchilarning kashfiyotlari er shari xaritasining o'zgarishiga olib keldi. Kopernik ijod qilgan davrda universitetlar davrasida eski sxolastik dunyoqarash hali hukmron edi. Kopernik birinchi bo'lib bu dunyoqarashga eng kuchli zarbani berdi va yangi geliotsentrik dunyoqarash uchun yo'l ochdi. Lekin bu geliotsentrik dunyoqarashni Kopernik kuchli kurash natijasida yaratishga muvoffaq bo'ldi. Uning asosiy asari “Osmon jismlarining harakati” deb nomlangan edi. U bu asarni o'lim bo'sag'asida yozadi. Yangi kosmologiya Kopernik o'zining astronomik dunyoqarashning yartar ekan, uning zaminida geometriya fani yotadi. Kopernik o'zining asosiy asariga yozilgan kirish so'zida u kashf etgan yangi astranomik nazariya mutloq haqiqat emasligini qayd qilib o'tadi. Bu yangi geliotsentrik nazariya astranomik hisob kitoblarda eng qulay keladigan nazariya deb yozadi. Kopernikning bu kirish so'zi uni xristian cherkovi ta’qibidan himoya qilishga qartilgan edi. Kopernik haqiqatda ham ilmiy bilimlarni nisbiy amaliy hayotga xizmat qiladigan bilimlar deb hisoblar edi. Uning fikricha diniy va falsafiy bilimlar omma ongidan yuqoriroqda va ularni tushunish uchun maxsus o'qish va bilimga ega bo'lishi kerak.
Tomas Mor Londonning yuridik maktabini bitirib, yurist va advokat sifatida xizmat qiladi. Yosh sudyaning xalloligi va o'tkir zehni unga katta hurmat va e’tibor keltirdi va Tomas Mor Angliya parlamentining umumiy palatasiga saylanadi. Tomas Morning siyosiy faoliyati Angliya qiroli Genrix II ning iqtisodiy talablariga qarshi chiqishdan boshlandi. Morning bu harakatlari umumiy palata deputatlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. XVI asrning boshlarida Tomas Mor oksford gumanistlari qarashlarini qo'llab-quvvatlaydi, antik yozuvchilari va faylasuflari asarlarini Italyan faylasufi Piko dela Mirandolaning tarjimai holini va xatlarini ingliz tiliga tarjima qiladi. Qirol Genrix III ga fidokorona xizmat qilganligi uchun Tomas Mor qirol kengashining a’zosi etib sayladi. Keyingi yillarda Tomas Mor muhim davlat mansablarini egallaydi va nihoyat Angliyaning lord-kantsleri darajasiga ko'tariladi. Genrix III tomonidan Angliyada o'tkazilgan reformatsiya Tomas Morda keskin norozilik uyg'otdi. Tomas Mor Yevropada yagona xristian katolik cherkovi hukmronligini saqlab qolishi tarafdori edi. U Martin Lyuter Genrix III ning reformatsion harakatlariga qarshi chiqdi. Tomas Mor Angliyada fermerlar erini tortib olish siyosatiga qarshi chiqadi. “Qo'ylar odamlarni edi” degan mashhur ibora Tomas Morga tegishli edi. Qirolning qonunbuzar harakatlariga qarshi chiqgan Tomas Mor Tauer qamoqxonasiga tashlanadi va uzoq davom etgan sud jarayonidan keyin 6 iyul 1535 yilda qatl qilinadi. “Utopiya” asari Ilk bor katitalizm jamiyatidagi ziddiyatlarga qarshi chiqqan Tomas Mor o'zining «Utopiya” asarida bu ziddiyatlarni tanqid qilib, sinfsiz ijtimoiy tenglik mavjud bo'lgan jamiyat timoslini yaratadi. Gumanizmning siyosiy ta’limotlari Nikolo Makiavelli (1469-1527) Florentsiya Respublikasining kambag'allashib qolgan nobillar oilasidan edi. Nikolo Makiavelli 1469 yil yurist oilasida tug'iladi. Lotin tilini mukammal egallab antik davr faylasuflari va shoirlarining asarlarini qunt bilan o'qidi. Yosh Nikolo «narsalar tabiati” haqidagi Lukretsiyning asarini katta e’tibor bilan o'qidi va tahlil qildi. 1498 yil 30 yoshli Nikolo Makiavelli Florentsiyaning siyosiy sahnasida birinchi bor paydo bo'ldi. U ikkinchi kontselyarining ilmiy kotibi bo'lib saylandi. Keyinchalik esa Florentsiya hukmatining 10 ta hukmdoridan tashkil etilgan kengashga kotib bo'lib saylandi. 14 yil davomida Nikolo Florentsiya hukmatining muhim siyosiy vazifalarini bajarib Frantsiya Germaniya va Rimga diplomatik ishlar bilan borib keladi. Uning katta siyosiy bilimdonlik bilan yozilagn asarlari Italiya va Yevropa davlatlaridan siyosiy ahvolni yaxshi bilishdan dalolat berar edi. 1512 yilda Medichi hukmronligi tiklanganidan keyin Makiavelli siyosiy hayotdan chetda qoldi. Uni fitnada ayblab qamoqqa olishdi. Keyinchalik esa qishloqdagi dala hovlisiga jo'natib yuborishdi. Ikkinchi bor Medichi hukmronligi tugatilgandan keyin Florentsiya respublikasi yana tiklandi.. Makiavelli zadagonlar deb ataganlar esa yirik er egalari va feodallar edi. “Men dvorenlar deb atagan tabaqa bu yirik er egalari. Ular hech qanday foydali mehnat qilmaydilar. Ularning butun hayoti tekinxo'rlik va topgan tutganini eb ichish bilan o'tadi. Ularning butun hayoti bazmu jamshid bo'lib, o'z vatani va xalqiga hech qanday foyda keltirmaydilar”deb yozadi Makiavelli. Aslida u xalq deb atagan omma tor doiralar bilan chegaralangan o'rta hol burjuaziya sinfi edi.
Bruno fikricha behuda urinishdir. Bruno bu fikrlarni ochiq-oydin izhor etdi. U hech qanday ikkilanishga o'rin qoldirmadi. Uning fojiali taqdiri undagi qat’iyat va jasorat bilan bog'liq bo'lgan hurfikrlilikdan kelib chiqdi. Brunoning yagona borliq haqidagi ta’limoti Brunoning yagona borliq haqidagi ta’limotida borliqning asosida yotuvchi barcha narsalarni birlashtiruvchi yakkayu-yagona ruhiy kuch haqidagi gapiriladi. Yagonalik kuchi borliq asosida yotadi va borliqning o'zi ham yagona kuchning borlig'idir. Bruno o'zining “Shondon” komediyasida ifoda etgan. Panpsixizm va “olamiy jon” J. Brunoning ta’limotida materiyaning shakllar yaratishga qodirligi olamiy jon deb nom oladi. Bu olamiy moddiy borliqda mavjud va undagi barcha narsalardan ustun turadi. Olamiy jon va borliqdagi barcha jonlarni, undagi barcha moddiy narsalarni ham yaratadi. Koinotning ruhlanganligi haqidagi ta’limot Aristtotelning harakatsiz borliq haqidagi ta’limotiga qaratilgan edi. Aristotel ta’limotida barcha narsalarning harakat sabablari tashqi birinchi turtki bilan bog'langan edi. Bruno ta’limotida esa barcha narsalar ichki harakat manbasiga ega. Bu manbaga ulardan olamiy jonning faoliyatidir. Bu faoliyat ruhiy kuch va qudart natijasida paydo bo'ldi. Bruno fikricha koinotdagi barcha narsalar o'zining ruhiy kuchiga egadir. L. Feyerbaxning fikricha Ya. Byome diniy naturfaylasuf, uning qarashlari uyg'onish davri gumanistlari qarashlaridan keskin farq qiladi. Uning falsafiy qarashlariga teotsentrizm ruhiyati xos edi. Ya. Byomening fikricha tabiat mohiyatini inson tabishunos bilimlarga asoslangan tarzda emas, balki o'zining intuitiv dunyoqarashiga asoslangan holda bilishi mumkin. Byomening o'zi ham o'zining falsafiy qarashlarida go'zal, badiiy timsolaridan keng foydalanadi. . “Ey nodon inson deydi. Byome o'zining «Erta tong yoki Avrora” asarida-sen xudoni borliqdan tashqarida axtarmagin, u borliq ichida, pardalar orqasida yashiringan. . Umumiy xulosalar Uyg'onish davri falsafasi sxolastik davridan ma’rifat davriga o'tish uchun zarur bo'lgan buyuk xizmatni bajardi. Bu davr uyg'onish deb bekorga nom olmadi, antik yunon va rim falsafiy me’rosini tiklashdan tashqari bu davr insoniyatga buyuk daholar, mutafakkir, san’atkor va shoirlarni berdi. XIV-XVI asr buyuk mutafakkirlari yangi dunyoqarash va insonni dunyodagi markaziy o'rnini ko'rsatib berishdi. Renessnes davri falsafa tarixida o'ziga xos buyuk betakror ahamiyatga ega davr hisoblanadi. XIV-XV asrning naturfalasafasi buyuk geografiu kashfiyotlarga asoslangan tarzda sxolastikaning (qotib qolgan) dunyoqarashiga zarba berdi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish