2- Mavzu: O'rta asrlar tarix falsafasi.
Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish:
Reja:
-Xristian tarixshunosligining o'ziga xos xususiyatlari. O'rta asr tarixshunosligi.
-Avreliy Avgustin "Xudo shahri to'g'risida". O'rta asrlarda dunyo va odamni his etish. Boetsiyning O'rta asrlar Yevropa madaniyatining shakllanishidagi o'rni. O'rta asrlarda abadiylik va vaqt haqidagi g'oyalar. Jamiyat va shaxs.
-O'rta asr tarixshunosligining o'ziga xos xususiyatlari. Ikki janrning paydo bo'lishi - yilnomalar (annallar) va tarix (amallar).
Kutilayotgan natija: Talabalarga O'rta asr tarixshunosligi, Avreliy Avgustin "Xudo shahri to'g'risida", O'rta asrlarda abadiylik va vaqt haqidagi g'oyalar. Jamiyat va shaxs haqida tushunchalar hosil qilish.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, tarixiy xarita, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar: Xristian tarixshunosligi. Avreliy Avgustin. Boetsiy, yilnomalar (annallar) va tarix (amallar)
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo’yicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi seminar mavzusini qisqacha bayoni:
Rim imperiyasi parchalanib, uning o'rnida o'rta asr g'arbiy Yevropa tsivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar o'ziga xos o'tish davri sodir bo'ldi. o'tish davrida yangi tsivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bo'lgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy muxitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruxlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning manaviy madaniyatining yani tsivilizatsiya kurtaklari bo'lgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga o'z o'rnini bo'shatib berishi davr taqozosi bo'lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik ko'rsatadi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy – tashkiliy taqib qilish usullarini qo'lladilar. Sharqdan kelgan dinlarning tarqalishi imperiyaning o'zida turli bidatchi diniy yo'nalishlarning faoliyat ko'rsatishi manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan talimot ekanligini asoslash shu talimotni ximoya qilish, yani apologik (yun. Oro logia – biron narsani yoki kimsani himoya qilish) tadbir ko'rish ehtiyoji tug'ildi. II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika so'zining lug'aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. Yani xristian diniy aqidalarini turli xujumlardan himoya qilishdir.
Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga to'g'ri keldi. Bu davrda rivojlangan patristikada (patristikaning lug'aviy manosi “ota”ni anglatib, bu nom ko'pincha xurmat manosida harbiy episkoplarga berilgan) o'zgacha g'oyaviy va mafkuraviy vazifalar to'rgan edi. G'arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bo'lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354–430). U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 vaznasixat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan “Akademiklarga qarshi” (386), “Baxtli hayot xaqida” (386), “tartib haqida” (386) “Monologlar” (387) “ Jon manguligi haqida” (387-389) “o'qituvchi haqida” (388-389), “to'g'ri din haqida” (390), “Erkin iroda haqida”(388-395), “Tavba” (401), “Tazarru” “ilohiy shahar haqida” (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian iloxiyotchilaridan biri sifatida g'arbiy Yevropa o'rta asr manaviy – diniy hayotiga katta tasir ko'rsatdi. XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy talimotni ishlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |