Tit Liviy. Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o'zi yashagan davrga o'tgan butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g'oyat puxta asari 142 ta kitobdan iborat bo'lgan, lekin undan atigi 38 tasi va boshqa bazi kitoblaridan parchalar saqlangan xolos. Tit Liviy tarixni yodgorlik deb bilgan. Uning fikricha, tarix o'rnak bo'la oladigan namunalarni ko'rsatishi bizning avlodlarimiz ko'p yillar davomida ko'rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o'rgatishi lozim. Tit Liviy voqealarning sababli bog'lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu voqealar rostmi – yo'qmi, bu haqda bosh qotirmagan. Uning asarlarida Fukidid, Polibiy asarlariga xos tarixiy tanqidlar yo'q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga uringan u bu urinishda muvaffaqiyat qozona olmagan. Uning birinchi ikkinchisidan asrlar ajratib to'rgan qaxramonni bir xil chiroyli fikr yuritishadi, bir xil harakat qilishadi va bir xil gapirishadi. Tit Liviyning respublika tarixidan qimmatli manba bo'lish asarlari muallifning fikricha kitobxonga chuqur tasir qilmog'i lozim bo'lmagan. Uning asarlari ilmiy tadqiqot emas.
Korneliy Tatsit Korneliy Tatsit (taxminan 54-120 yillar) bu davr eng mashxur tarixchilardandir. Zodagon suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bo'lgan. U mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do'sti bo'lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit imperatorning qaxridan qo'rqib bir necha vaqtgacha surgunda yo'rgan. Domitsian xalok bo'lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so'ng u senator bo'lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy faoliyati ham ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68 yilidan to 96 yiligacha bo'lgan davrni ichiga olgan “tarixlar”ni, Avgustning o'limidan (eramizning 14-yili) Neronning xalokatigacha (eramizning 68–yili) bo'lgan davrning “Yilnomalar”ini, shuningdek “Germaniya” nomli kichikroq asarini yozgan. F.Engels Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining so'nggi namoyandasi degan edi. Tatsit siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u o'zining bayon qiladigan materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab o'rganib chiqqan “Yilnoma” larida keltirilgan nutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib kelgan. “Tarixlar”ining uchdan bir qismigina saqlangan “Yilnomalar”ini ko'p qismi saqlanmagan, shunday bo'lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixi to'g'risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |