Reproduktiv metod - namunaga qarab o'quv materialini o'zlashtirish metodidir. Har qanday materialni bayon qilishda yoki bu materialni tezroq tushunish uchun (darsliklarda beriladi) tayyor yechib ko'rsatilgan metodik nuqtai nazardan qulay mashqlar berilishi hozir odatga aylangan. Bunday mashqlar o'rganilgandan so'ng boshqa namunaga o'xshamagan lekin namunaga qarab yechilishi mumkin bo'lgan mashqlar tushuniladi. Mashqlar (savollar) namunadagi ya'ni reproduktiv usuldagi o'zlashtirishga mo'ljallangan o'quv materiali bo'lsa, bularni namuna bilan bir xil turdagi o'quv materiali deyiladi. Bu metod bilan har qanday materialni o'rganish qulay va materialni o'zlashtirishdagi dastlabki qadamlar bo'ladi. Lekin bu usulda olingan bilim o'quvchining esida turmaydi, ya'ni olingan bilim mustahkam bo'lmaydi. Reproduktiv metodda bilimlarni o'zlashtirish darajalari bir xil bo'ladi. Reproduktiv metod - o'quvchilar ko'nikma va malakalarni egallashi, shu bilan birgalikda bilimlarning o'zlashtirishning ikkinchi darajasiga erishishi uchun o'qituvchi topiriqlar tizimi orqali ularning o'zlariga berilgan bilimlarni bir necha marta eslatadi. o'qituvchi topshiriqlar beradi, o'quvchilar esa topshiriqlarni namuna asosida yechadilar.
Muammoli ta’lim metodlari - o'quvchilar fanning turli sohalaridan kengroq ma’lumot o'rganishi, o'zlashtirishi bilan birga hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirish kerak. Ana shu maqsadda o'qitishni o'quvchilarning u yoki bu shakldagi ta’limiy faoliyati tadqiqodni eslatadigan, o'quvchilar uchun "kashfiyotlar" bilan tugaydigan, ya'ni mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish zarur.
Muammoli ta’lim masalalari bo'yicha juda ko'p pedagog olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Masalan, Y.K. Babanskiy, Lerner, Matyushkin, Maxmutov va boshqa olimlar.
Izlanishli metod (evristika) - o'quvchilarni asta sekin muammolarni hal etishga yaqinlashtirish uchun avvalo tadqiqotning ayrim bosqichlarini bajarishga o'rgatish, ularda asta-sekin ko'nikma xosil qilish zarur. Ushbu metodning muxim tomoni shuki, unda o'qituvchi muammoli masalani kichik muammolarga ajratadi, o'quvchilar esa ana shu muammoni birgalashib bajaradi. Ilmiy tadqiqotchilik metodida ma’ruzalar, ma’lumot yoki hisobotlar, referatlar, mustaqil ishlar, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlashda qo'l keladi. Bu metod, birinchidan, bilimlarni ijodiy qo'llanishini ta’minlashga, ikkinchidan, ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida mazkur metodlarni izlash jarayonida mazkur metodlarni va ularning qo'llanishini o'zlashtirishga qaratiladi. Uchinchidan, ijodkorlik faoliyati xislatlarni shakllantiradi, to'rtinchidan, ana shunday faoliyatga qiziqish hamda ehtiyojni tarkib toptirishning sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |