Davlatimiz Rahbari ta’kidlaganidek: O'quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarur8.
O’qituvchining jonli so’zi o’quvchilarning o’qish o’rganishi va bilish faoliyatini boshqarishni, unga rahbarlik qilishning usullari va vositalarini ham o’zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o’quvchilar bilimining puxta va mustaqil bo’lishini ta’minlaydi, tarix o’qitishning ta‘limiy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. Ma‘lumki, tarix o’qitishdagi maqsad o’quvchilarga bilim berish va malakalar hosil qilish bilan birga juda murakkab va mas’uliyatli tarbiyaviy vazifalarni ham amalga oshiradilar.
Bunda o’qituvchining g’oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, ahloqiy qiyofasi, madaniyati muhim o’rin tutadi. Binobarin, maktabda tarix o’qitish darajasi o’qituvchining saviyasiga, ularning nazariy bilimi va pedagogik maxoratiga, o’qituvchi jonli nutqining didaktik talablariga javob bera olishiga bog’likdir. O’qituvchi nutqi, bayonining ilmiyligi, g’oyaviy-siyosiy tiniqligi, hayotiyligi, tarbiyaviy Xarakteri o’quvchilarning mustaqil faoliyatini oshirishga, ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilishga yordam berishi, fikrlar izchilligi va tushunarli bo’lishi jihatdan didaktikaning asosiy prinsipi va qoidalariga to’liq javob beradigan bo’lishi lozim.
O’qituvchi bayonining g’oyaviyligi va ilmiyligi, birinchi galda kishilik jamiyatining rivojlanishi haqidagi istiqlol mafkurasiga, uning harakatdagi ifodasi bo’lgan davlat hujjatlarini xususan, Prezident farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yig’ilishi materiallari chuqur o’rganish, fan, texnika va madaniyat yutuqlariga, tarix fanining eng keyingi yangilikllriga tayanish, eng muhim hayotiy faktlarni tanlash, to’plash, tizimga solish yo’li bilan ta‘minlanadi. O’qituvchi bayonining ilmiyligi va g’oyaviyligi uning muhim aniq tarixiy faktlarga asoslashgan bo’lishida jamiyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini mustaqil O’zbekiston xalqining bosib o’tgan kurash va mehnat an‘analarini, yuksak vatanparvarligi hislarini O’zbekistondagi barcha xalqlarning qardoshlarcha birligi, do’stligi va hamkorligi, baynalminal g’oyalarni maroqli qilib, obrazli iboralar, chiroyli tasavvurlar bilan tushuntirishdan iboratdir.
Darhaqiqat, insoniy tuyg’ularsiz tabiat pa jamiyat xodisalarining mohiyatini bilib bo’lmaganidek, o’quvchilarga tarixiy voqealarning ham mohiyatini ayniqsa, uning tarbiyaviy vazifalarini o’qituvchining jonli nutqisiz singdirib bo’lmaydi. Zotan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’qituvchining jonli nutqi orqali berilgan bilim o’quvchilarning aqli bilan birga his tuyg’ulariga ham ta‘sir ko’rsatgan taqdirdagina ularning e‘tiqodiga aylanishi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilishi mumkin. O’quvchilarning har bir dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda olgan bilimlari ko’nikma va malakalari, o’z mazmuniga qarab turlicha ta‘sir ko’rsatadi, ularga ilhom, zavq beradi, ularni mustaqillikni mustaxkamlash ishlariga faol qatnashish sari yetaklaydi, a‘lo o’qishga, ijtimoiy ishlarda faol qatnashishga chorlaydi, o’z xulq-atvoriga, jamiyatdagi o’rnini to’g’ri topishga, belgilab olishga yordam beradi, ularda hayotdagi jirkanch illatlarga nafrat uyg’otadi. O’qituvchi bayonining ishonarli va emotsional bo’lishini ta‘minlashda tarixiy fanlarni ahamiyati g’oyat kattadir.Tarixiy jarayonni o’rganishda og’zaki qarash bo’lmasligi uchun faktlarni bilish uchun harakat qilish kerakligi haqidagi ko’rsatmani o’qituvchi sira esdan chiqarmasligi lozim.
Darhaqiqat bilib, aniq maqsadni ko’zlab tanlangan faktlarning axloqiy va emotsional ta‘sir holatda ham o’qituvchi maktab tarix dasturining asosiy talablariga suyanib, tegishli paragraf mazmunini ortiqcha kengaytirib yubormasdan uni qo’shimcha materiallar, hujjatlaridan ilmiy, badiiy adabiyotlar va memuarlardan, hamda hayotdan olingan muhim tarixiy faktlar, ko’rgazmali vositalar asosida aniq va ishonchli qilib bayon etishish kerak.
O’qituvchining bayoni oldiga qo’yilgan umumiy didaktik talablar haqida, shuningdek tarix fani mazmunining o’ziga xosligi bilan bog’lik bo’lgan talablar haqida gapirganda uni butun ta‘lim jarayoni o’qitish va o’rganish va o’quvchilarning bilish faoliyatidagi bayoni o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganish faoliyatini boshqarish ma‘nosida tushunmoq kerak.
O’quvchilar o’qituvchi bayonini o’zlashtirishda ba‘zan qiynalishadi. Ular matnlarni xoxlagan vaqtlarida qayta-qayta o’qib chiqishlari mumkin, ammo o’qituvchi bayonini qayta eshita olmaydilar. Shunga ko’ra o’quvchilarning o’rganishi ustidan o’qituvchining nazorat va raxbarlik qilishi ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi bayonini o’quvchilarning o’rganib olishi va uning ustidan o’qituvchining raxbarlik qilishida umumdidaktik talablar bilan birga tarixiy materiallarning o’ziga xos xususiyatlarini, tarixiy xodisalarning o’ziga xosligini o’quvchilarni o’rganilayotgan voqealarga tarixiy nuqtai nazardan qarashga o’rgatishning marakkabligidan kelib chiqadigan talablarni nazarda tutishi kerak.
O’qituvchi bayonini puxta o’rganish va uni o’zlashtirilishi ustida rahbarlik qilishida:
O’qituvchi tarixiy materialni og’zaki bayon qilish formalarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini qanchalik aniq tushunsa, ulardan shunchalik maqsadga muvofiq foydalana oladi. Tarix o’qitishning og’zaki usullari, ya‘ni o’qitishda o’qituvchi jonli so’zining qanday usullarda o’quvchilarga yetkazish masalasini uslubchi olimlar turlicha talqin etadilar.
Vazifa shundan iboratki, o’qituvchining bayoni o’zining xarakteri bilan bayon qilingan umumiy voqeaning ichki aloqalarini o’quvchilarning tushunib olishlariga yordamlashish. Buning uchun o’qituvchi iloji boricha materialni bayon qilish rejasiga muvofiq muntazam va izchil suratda so’zlab berishi, bir masalani tamomlab, unga yakun yasab keyingi masalaga o’tishda o’quvchilar oldiga tegishli savollarni qo’yib borish ham o’qituvchi bayoninnng tushunarli bo’lishiga yordam beradi. (Masalan, nima sabablarga ko’ra mo’gul bosqinchilari O’rta Osiyoda o’zlarining hukmronligini o’rnatishga muvaffaq bo’lsalarda, O’rta Osiyo xalqlarining kurashi to’xtab qolmadi, nima uchun ular O’rta Osiyo xalqlarining irodasini bo’qa olmadi?).
Tarix o’qitishning hamma pallalarida ham o’qituvchi darsni bayon qilib berishi va hatto uni doskaga yozib qo’yishi, materialni shu reja asosida bayon etishi lozim bo’ladi. Bu birinchidan, o’qituvchi bayonining muntazamligini ta‘minlasa, ikkinchidan o’quvchilar olgan bilimning ham aniq, ishonchli va mustahkam bo’lishini, eng muhimi uning tizimli ravishda izchillik bilan yaxlit o’zlashtirishini ta‘minlaydi.“…Bizga sobiq tuzumdan meros bo’lib qolgan maorif tizimining eng noma’qul tomoni shundan iborat ediki, unda o’quv jarayonida o’quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashga yo’l qo’yilmas edi”1 .Tarix o’qitishdan maqsad o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.Tarixiy bilimlar ikkita asosiy usul hikoya va suhbat yordamida bayon qilinadi. Yuqori sinflarda qo’llaniladigan hikoyani ko’pincha maktab ma’ruzasi deb ham yuritiladi .
Uslubchilardan A.A. Vagin bu masalani birmuncha mukammal ishlab chiqdi.
U shu muammoga doir tarixiy uslubiy adabiyotni chuqur o’rganib va maktabda tarix o’qitish tajribalariga suyanib turib og’zaki bayon usullarini ko’rsatmali asosda quyidagi turlarga bo’ldi.
Tarix o`qitish og`zaki usullari klassifkatsiyasi
|
Darsda jonli nutq
|
Tarixiy materialni bayon qilish
(monolog formada)
|
Tarixiy materialni o`quvchilar bilan muhokama qilish (dialog formada)
|
Bayon
|
Ta’riflash
|
Harasteristika
|
Tushuntirish Muhokama Suxbat
|
|
|
|
|
|
|
|
Qisqacha bayon, hikoya
|
Suratlar
vositasida
ta‘riflash.
Tahliliy ta‘riflash
|
Ta‘rifiy
Harakteristika. Umumiy
Xarakteristika
|
Jonli tasvirlash
(o`tmishni og`zaki nutq yordamida gavdalantirish)
|
Materialni o’qituvchining o`zi tahlil etishi. Suhbat
yordamida tahlil etish
|
O’qituvchi o’qitishning maqsad va vazifalarini, materialning mazmunini sinf o’quvchilarining umumiy tayyorgarligini e‘tiborga olib, N.Vagin klassifikatsiyasi jadvalidagi og’zaki bayonning tegishli formalarini tanlab ola bilishi, ularning ilmiy-nazariy asoslarini bir biridan ajraladigan xususiyatlarni yaxshi tushunib, bilib ulardan foydalanishi lozim. O’qituvchining bayoni jonli nutqi jadvalda ko’rsatilganidek manolog yoki dialog formasida bo’lishi mumkin.
Monolog qisqacha bayon, hikoya ta‘riflash, xarakteristika, tushuntirish, muhokama, maktab ma’ruzasi va boshqa shu kabi formalarda, dialog ham ochiq yoki yopiq formada olib boriladi9.
Qisqacha bayonning hikoyadan farqi shundaki, unda biror tarixiy voqea haqida qisqa axborot berish bilan chegaralanadi.
Hikoyada esa, tarixiy voqeaning to’liq kartinasi beriladi. Hikoya usulining asosiy didaktik vazifasi o’quvchilarda tarixiy voqea haqida aniq va ishonchli tasavvur yaratishdan iborat, hikoya o’zining mazmuni jihatdan aniq va ishonchli va ko’rsatmali bo’ladi. Hikoyaning aniq va ishonchli bo’lishi o’quvchilarning tarixiy xodisalar mohiyatini, xususiyatlarini tushunib olishlariga yordam beradi. Hikoya yorqin, eng tipik muhim tarixiy faktlar asosida tuziladi.
Hikoya tarixiy materialni bilish usuli sifatida quyidagi hollarda:
1) ta‘lim-tarbiya jihatidan muhim va ularni o’rganish o’quvchilar ongida chuqur va yorqin iz qoldiradigan yirik tarixiy voqealarni bayon qilishda;
2) o’quvchilar yangi tarixiy xodisalar haqida mazmunli va aniq tasavvur yaratish zarur bo’lgan paytda qo’llaniladi.
Tarix o’qitish tajribasida hikoya voqea xodisalarni bayon qilish usuli sifatidagina emas, balki u murakkab tarixiy voqealarni tushuntirish, ularning mohiyatini qonuniyatlarini ijtimoiy munosabatlar Xarakteristikasini ochib berishda, tarixiy tushunchalarni shakllantirish va o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishda muhim usul bo’lib ham xizmat qiladi.
Maktabning yuqori sinflarida o’quvchilarning umumiy saviyasini oshib borganligidan o’qituvchi bayonining mazmuni ham murakkablashib boradi. Hikoya o’qituvchi bayonining boshqa murakkab turlari (taxlil qilish. Haraktirestika berish, nazariy jihatdan umumlashtirish, ma’ruza formasi) bilan albatta birga qo’shib olib boriladi.
Bu sinflarda hikoya ko’pchilik hollarda murakkab nazariy masalalarni tushuntirish, o’quvchilarni jiddiy xulosa va umumlashmalarga olib kelishga qaratiladi.
O’qituvchi bayonida tavsiflash usuli ham muhim o’rin tutadi. O’qituvchi tarixiy xodisalarning muhim belgilari yoki xususiyatlarini, uning tuzilishi va ko’rinishini tavsiflab beradi.
Masalan byuk vatandoshimiz shoh va shoir Zahriddin Muhammad Boburga Hindiston davlat arbobi J. Neru ”Bobir dilbar shaxs” deb bergan ta’rifi misol bo’ladi.
Bu o’rinda o’qituvchi bayonidagi qisqacha xarakteristika uni aniq va ishonchli vositasi bo’lib xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, qisqacha xarakteristika darsda o’qituvchi bayonining asosiy elementi, yoki yakuniy umumlashmasi bo’lib xizmat qiladi.
O’qituvchi bayonidagi keng xarakteristikalar ham xuddi shu funksiyalarni o’taydi. O’qituvchi bayonining tarkibiy qismi sifatida, Ulug’ tarixiy arboblarning shaxsiga berilgan mufassal xarakteristikalar o’quvchilarga tarixiy fakt sifatida taqdim etiladi.
O’qituvchi mufassal Xarakteristika berayotganda xodisaning muhim belgilarini ma‘lum tartibda tavsiflashning hikoyadan farqi shundaki, unda syujet bo’lmaydi. Tavsiflash usulining aniq ob‘yekti bo’ladi. Mehnat, urush qurollari, tarixiy voqealar bo’lib o’tgan joy, xo’jalik komplekslari, arxitektura qurilishlari, kishilarning qiyofasi, kiyimlarini tafsiflab beriladi.
O’qituvchi o’zining bayonida tarixiy voqealarning muhim belgilarini ularning ichki aloqalarini xususiyatlarini tarixiy shaxslar, siyosiy partiyalar mamlakatlarning ma‘lum davrdagi iqtisodiy axvoli, siyosiy tuzilishining aniq ifoda etish uchun xarakteristika berish usulidan foydalaniladi.
Hikoya qilish san‘atining egallash tarixiy xodisalarini tavsiflash va xarakteristika bera bilish tarix o’qituvchisining pedagogik maxoratini egallashda muhim bosqichdir. Biroq o’qituvchi bayonining mazmuni, hikoya tavsiflash va xarakteristika berish bilan chegaralanmaydi. O’qituvchi bayon qilish jarayonida tarixiy materialni idrok, tasavvur qilishnigina emas, uni tushunib olinishini ham uyushtiradi. O’qituvchinipg hikoyasi tarif tavsiflar va bergan xarakteristikalar davomida o’quvchilar voqeani ma‘lum darajada o’zlashtiradi albatta. Ammo bu vazifa kifoya qilmaydi. O’qituvchi o’z bayonida tushuntirish usulidan ham foydalandi.
Bayon etilgan va tushuntirilgan faktik materiallar asosida ba‘zi nazariy xulosalarning mazmunini ochib berish va ularni asoslab berishga to’g’ri kelgan vaqtda o’qituvchining bayoni muhokama yuritish xarakterini muxokama yuritish yo’li bilan o’quvchilar ma‘lum xulosalariga olib kelinadi, ularga nazariy xulosalarning mohiyati ochib beriladi. Tarixiy fikrlashga o’rgatiladi. O’qituvchi bayonidagi muxokama aniq va ishonchli tarixiy materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida olib boriladi.
Tahlil qilish, umumlashtirish, tizimga solish va muhokama yuritish usullari ma’ruza usulining eng muhim tomonlarini tashkil etadi.
Maktab ma’ruzasi bayon qilingan material yuzasidan yakuniy suxbat bilan tugaydi. Maktab ma’ruzasining eng muhim joylarini o’quvchilar yozib ulgurishi uchun ma’ruza nisbatan sekin o’qiladi.
Maktab ma’ruzasiga qo’yiladigan asosiy talablar uslubchi V.N. Bernadskiyning “Yuqori sinflarda tarix o’qitish usullari” nomli kitobida yaxshi ifoda etilgan.
1.Ma’ruza ilmiy jihatdan mukammal bo’lishi kerak.
2.Ma’ruza darslik mazmunidan keng, uni ko’p jihatdan aniq va ishonchlilashtirishi lozim. Ma’ruza mazmuni darslik mazmunidan qisqa yoki aynan shu mazmundan iborat bo’lib qolsa, uni o’quvchilar butunlay tinglamay qo’yishadi.
3.O’quvchilarni o’tmishni fikrlashga o’rgatish tarixiy voqealarni taxlil qilish va umumlashtirish namunasini ko’rsatish, o’quvchilarning tarixiy fikrlashini tarbiyalashi lozim.
4. Ma’ruzaning o’quvchilarga yetib borishi uchun o’qituvchi o’zining nutqi ustida ko’p ishlashi lozim.
Uslubchi V.N. Bernadskiy tomonidan maktab ma’ruzasi oldiga qo’yilgan asosiy talablar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yuqotgan emas. Maktab taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ta‘limning yangi mazmuni amalga oshirilayotgan bugungi sharoitda o’qituvchining bayoni va maktab ma’ruzasi oldiga yuksak talablar qo’yilgan ta’lim tizimi tubdan isloh etildi. O’quv jarayonini samarali va natijali bo’lishini ta’minlaydigan interfaol uslublar ya'ni (inglizcha so’z bo’lib-“inter”-“o’zaro” va “akt”-“harakat qilmoq” ma’nosini anglatib) ularning turlari metodist olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va o’qituvchilarga tavsiya etilgan 1.
Bu talablar birinchi navbatda ma’ruzaning saviyasini, ta‘sirchanligini oshirishdan, ishonarli va emotsional bo’lishini ta‘minlashdan iboratdir.
Shunday qilib, darsda tarixiy bilimlar o’qituvchining bayoni va suhbat yordamida o’zlashtiriladi. O’qituvchining bayoni qisqacha tavsiflash hikoya, ta‘riflash xarakteristika tushuntirish, muhokama yuritish va maktab ma’ruzasi formalarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning bilish faoliyati va uni o’qituvchining boshqarish haqida so’z borganda ularning:
1) tayyor bilimlarni olish jarayonidagi faoliyati bilan;
2) o’quvchilarning mustaqil fikrlash faoliyati asosida bilimni o’zlashtirish jarayonidagi faoliyati nazarda tutiladi.
Bu muhim masalaning mohiyatiga tushunib olish juda katta nazariy tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak ko’p xollarda mazkur masalaning mohiyatiga yaxshi tushunmaslik xollari tarix o’qitish saviyasiga uning xayot bilan mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishi bilan bog’lab olib borilishi ma‘lum darajada ijobiy ta‘sir ko’rsatayotganligini tushunib olish qiyin emas.
Ba‘zi o’qituvchilar eng samarali manba darslik teksti va hujjatlar degan xulosaga keldilar. Darsda ana shu manbalarni o’rganish bilan mashg’ul bo’lib, o’quvchilarning asosiy va bosh bilim manbai ya‘ni o’qituvchining bayoni roliga putur yetkazdilar. Ammo bu usulning ham ko’zlangan maqsadga olib bora olmasligini darslik teksti o’qituvchi bayonining o’rnini bosa olmasligini tezda tushunib olishdi. Ayrim o’qituvchilar dars strukturasini o’zgartirish yo’li bilan ta‘limning samaradorligini ko’tarishga harakat qildilar. Ammo maktab tajribasi va ilmiy-tadqiqot ishlari har qanday stro’qturada o’tkazilgan dars ham yomon yoki yaxshi dars bo’lishi mumkinligini dars strukturasini o’zgartirishning o’zi dars sifatini belgilay olmasligini tasdiqlab berdi.
O’quvchilarning bilim darajasi va umumiy saviyasi fan asoslari vositasida yo’qsaltirish muommosi ustida didaktlari va psixologiyalari muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar. Olimlar bu masalani har xil fanlar sohasida turlicha hal qilayotgan bo’lsalarda, umumiy fikrlar mavjud.
1) Ta‘lim jarayonida o’quvchilarning bilish va faoliyatini boshqarish.
2) O’quvchilar faoliyatining eng yaxshi namunalarini rivojlantirish.
3) O’quvchilarning o’qituvchidan ibrat olib unga taqlid qilish bosqichidan mustaqil ijodiy o’quv faoliyatiga o’tishga yordam beradigai bilim.
4) O’zlashtirilgan bilim va malakalarni amaliy vazifalarni hal qilishga yordam beradigan faol faoliyat usullariga aylantirish.
O’qituvchi o’quv materialining mazmunidan, vazifalaridan, sinfning umumiy tayyorgarligiga muvofiq bayon qilishning turli forma va usullaridan foydalanib, o’quvchilar ko’z o’ngida ijtimoiy xayotning yaxlit manzarasini gavdalantiradi. Tarixiy jarayonning muhim ichki jarayonlarini tushuntiradi, o’rganilayotgan o’quv materialiga mos o’quv faoliyati usullarini va ularni qo’llash metodikasini ko’rsatib beradi. O’quvchilar eslab qolishi faoliyatining dastlabki paytlarida materialni o’zlashtiradi, esda saqlab qoladi, so’zlab beradi, o’qituvchi ko’rsatgan usullar yordamida o’quv materialini tegishli ko’lamda va mantiqiy izchillikda qo’llay oladi.
O’qituvchining o’quv materialini bayon qilish va o’quvchilarning mustaqil ravishda boshqa bilim manbalaridan foydalanishi ijodiy izlanish-ta‘limning asosini tashkil etadi. Bayonning bu turiga o’qituvchi o’quvchilar ko’z o’ngida yaxlit tarixiy obrazlarni gavdalantiradi, biroq ular mohiyatini tushuntirib bermaydi. Faktik materialni bayon qiladi, xodisalarni ta‘riflaydi.
Muammoli bayon yoki muammoli o’qitishning afzalligi shundaki bunda o’quvchilarning o’rganilayotgan yangi materiallarni va undan kelib chiqadigan xulosalarni tayyor holda o’zlashtirishiga yo’l qo’yilmaydi, o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida ”muammoliar”ni mustaqil hal qiladi.
Shunday qilib, muammoli bayon o’quvchilarning bilish faoliyati va qobiliyatini o’stiradi, ularning aqliy rivojlanishiga yordam beradi ijodiy fikrlashga o’rgatadi. Shuningdek, o’quvchilarning darsda aqlan ishtirok etishi, mustaqilliklarining o’sishi o’qitishning samaradorligini oshiradi, o’quvchilar bilimining puxta, ongli va mustahkam bo’lishini ta‘minlaydi.
Hozirgi vaqtda o’qituvchi bayonining faol formasi sifatida muammoli ta‘limga katta e‘tibor berilib, maktab amalyotida uning ommaviy ravishda qo’llanilayotganligi va uslubchilar ilg’or o’qituvchilar diqqatini o’ziga tortayotganligini boisi ham shundadir.
O’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtirish, mustaqilligini o’stirishning muhim vositasi bo’lgan ta‘limning nazariy asoslarini T.V.Kudryavtsev, A.M.Matyushin, A.Sa‘diev, R.Ishmuhammedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev, M.Ochilov kabi yirik metodist, psixologlar va didaktik olimlar o’zlarining asarlarida ishlab chiqdilar.
Muammoli ta‘lim deganda muammoli vaziyatning vujudga keltirish ya‘ni o’quvchilarning ko’z o’ngida psixologik jihatdan qarama-qarshi vaziyat ba‘zi qiyinchiliklar tug’dirish shu yo’l bilan ularni ko’rilayotgan masalaga qiziqtirish tushuniladi. Odatda bunday holatlar o’quvchilarnnng yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish yoki bilish usullarini aniqlashini talab qiladigan o’quv topshiriqlarni bajarish jarayonida yuzaga keladi. Muammo texnologiyasining maqsadi o’quvchilarga mavzu yuzasidan kelib chiqqan turli muammoli masala yoki vaziyatlarning echimini to’g’ri topishga o’gatish, ularda muammoning mohiyatini aniqlash bo’yicha malakalarni shakllantirish, muammoni echishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni echishda mos uslublarni to’g’ri tanlashga o’rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini va muammoni echishdagi hatti-harakatlarni to’g’ri aniqlashga o’rgatish1.
Ko’rsatmalilik og’zaki uslubga og’zaki usul ko’rsatmali uslubga asoslanganidek, o’quvchilarning mustaqil fikrlash, amaliy faoliyatini ham o’qituvchining og’zaki va ko’rsatmali tasvirlariga suyanadi. O’quvchilarning o’quv amaliy faoliyati og’zaki va ko’rsatmali o’qitish usuli bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |