Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet43/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

2) ko'rsatmali ta’lim metodi (jadvallar, shartli-grafik illyustratsiyativ ko'rgazmalilik, surat tahlili, rasm, tarixiy xaritalar bilan ishlash); Ko'rsatmali metod. ―Ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan yaxshi, - degan naqlga amal qilgan holda faqat og'zaki bayon metodli darsda materiallarni o'zlashtirish ko'rsatkichi 10% bo'lgan sharoitda dars o'tish samarasiz bo'ladi. Mashg'ulotlarda o'quv materialni ko'rgazmali shaklda taqdim etish lozim. Ayniqsa tarix fanida an’anaviy didaktik materiallardan tashqari zamon bilan hamnafas bo'lgan holda namoyishli (kompyuter va axborot kommunikatsiya texnologiyalari) ko'rsatmalik bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Ko'rsatmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo'lib, uning yordamida ko'ruv o'quvi va va tafakkur o'zaro uyg'unlashadi. Ko'rsatmali metodlar eshitish va ko'rishni o'zaro uyg'unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli undan bilimlarni og'zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalanish tarix ta’limining samaradorligini oshiradi.
Ko'rsatmali metodning quyidagi turlari mavjud:
Illyustratsiya metodi – (matndan boshqa barcha komponentlar) xaritalar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, sxemalar, diagrammalar, doskadagi yozuvlarga diqqatni tortish.
Namoyish (demonstratsiya) metodi – kinoapparat, AKT va boshqa videotasvirlardan foydalanib turli tasvirlarni namoyish qilish. Tabiiy ko'rsatmali qurollar – narsalarning o'zi, predmetlar, mulyajlar, odamlar tomonidan tayyorlangan ish qurollari, maket, mulyaj va boshqalarni ko'rsatish. Ko'rsatmalilik deganda, avvalo o'qitish va tarixiy bilimlarning o'rganishning ko'rsatmali usuli, o'qituvchi bayoninng manbai va uni ko'rsatmali bo'lishi, uning o'quvchilardagi aniq, tayyor obrazlarga suyana bilishi, o'quv vositasi materialini bayon qilish vaqtida ko'rsatmali qurollardan foydalanish va ko'rsatmali qurollar vositasida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o'rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va hodisalarni aynan o'zini yoki ularning tasvirlarini ko'rish yordamida o'rganishlari tushuniladi. Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o'qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa, ko'rsatmali qurollar vositasida o'quvchilarda o'tmish to'g'risida yorqin va aniq tasavvur hosil bo'ladi, o'quvchilarning eshitish faoliyatiga ko'rish va sezish organlarining faoliyati ham qo'shiladi. Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi. Tarix o'qitishning ko'rsatmali bo'lishining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Avvalo ko'rsatmali qurol o'quvchilarning bilim olishida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. o'qituvchining bayoni har qancha to'liq bo'lganda ham o'quvchilarning voqealar to'g'risidagi tasavvurlari to'la bo'lmaydi. Shuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, o'rganilayotgan davrning manzarasini ham to'la, aniq va chuqur tasavvur qilib bo'lmaydi. Ko'rsatmali qurollar o'quvchilarning tarixiy tasavvurlariga aniqlik kiritish va bu tasavvurlarni aniqlashtirishga yordam beradi. Ko'rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko'rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi. Ko'rsatmali qurollar o'quvchilarning murakkab tarixiy hodisalarni, tarixiy tushunchalarning ma’nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi. Ko'rsatmali qurollar o'quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirishga, ularning nazariy xulosalash va umumlashtirishga, yakunlarini, ijtimoiy rivojlanishning obyektiv qonuniyatlarini, o'zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek, o'quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Shu tariqa, ko'rsatmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko'rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni haqqoniy tushunishga yordam beradi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish