Rivojlantiruvchi ta’lim
Boshlang’ich asosiy maqsadi shaxsni rivojlantirish, jahon standarti talabiga javob beradigan, о‘ziga, boshqa insonga, jamiyatga, davlatga, tabiatga va mehnatga о‘zining tо‘gri munosabatini bildiradigan, mustaqil faoliyat yuritadigan, ijodkor, tadbirkor shaxsni tayyorlash, mustaqil ishlash va fikrlashga о‘rgatish, о‘z-о‘zini tarbiyalashga sharoit yaratish.
Kо‘rsatma. Fan sohasida berilayotgan savollarga о‘zi mustaqil javob topa olishi, yodlash emas, fan mazmunini о‘zi tushunib yetishi, kerakli bilimni qidirib topa olishi.
Ta’limiy (didaktik) maqsadlar. Dars jarayonida o’quvchilarni о‘z fikrlarini mustaqil bayon etishga о‘rgatish, kerakli adabiyotlardan mohirona foydalanish. Ularni izlashga va topishga о‘rgatish.
Takrorlash uchun savollar
1. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim-tarbiya vazifalar.
2. Tarix o’qitishda ta'lim bilan tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va vositalar nimalardan iborat?
3. Tarix darslarini turlarini ayting?
4. Tarix darslarining klassifikatsiyasini keltiring
5. Metodist P.S.Leybengrub ta'limning asosiy tashkiliy formasi bo’lgan dars tuzilishi va tarix o’qitish oldiga qo’ygan vazifalarini ayting.
Mavzu: Tarix o'qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi
Men eshitaman va unutaman, men ko'raman va eslab qolaman, men bajaraman va tushunaman.
Konfutsiy
Reja.
Tarix o'qitish usullari va metodlari. Metod – tarixiy tadqiqotlar jarayonida aniq maqsadga olib boruvchi usullar va jarayonlar yig'indisi ekanligi. Usul – metodning tarkibiy qismi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda o'qitish metodlariga berilgan ta’riflar. Ta’lim metodlari o'quv tarbiya jarayonining tarkibiy qismi. Tarix o'qitish metodlari klassifikatsiyasi. Og'zaki o'qitish metodi. Ko'rsatmali ta’lim metodi. Ta’limning amaliy metodi. Ta’lim metodlarining bir-biriga bog'liqligi.
Tarix darslarida ko'rsatmali qurollar vositasidan keng foydalanish darsning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi. Tarix darsida ko'rsatmalilik va uning ilmiy-amaliy jihatdan ahamiyati. Tarix o'qitishning ko'rsatmali metodi. Tarix darsining ko'rsatmali qurollar vositasida o'tish va ularning tahlili. Tarix o'qitishning ko'rsatmali usullari va ulardan foydalanish.
Ko'rsatmali qurollar klassifikatsiyasi. Ko'rsatmali qurollardan foydalanishning metodik usullari. Bezaklar bilan ishlash. Ko'rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o'qituvchining o'rni va vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |