IV. Aqliy hujum:
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
Tarix darslarida ta’lim vositalari haqida tushuncha bering?
Ta’lim vositalarining turlarini aytib bering?
Ta’limning texnik vositalari. Yordamchi ta’lim vositalari. O‘quv-uslubiy materiallar. Zamonaviy ta’lim vositalari. Chizmali organayzerlar haqida tushuncha bering?.
V. Mashg’ulotlarni yakunlash:
Talabalar javoblariga qo’yilgan ballar e‘lon qilinadi.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob olinadi.
VI. Savollar va topshiriqlar:
Mavzu yakunidagi savollarga javoblar tayyorlash.
Kelgusi mashg’ulot mavzu mazmuni bilan tanishib kelish.
5- Mavzu: Tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayoni va tarix darslarini samaradorligini oshirish yo‘llari
Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish:
Reja:
1.Muammoli ta’lim-tarbiya. Tarix darslari samaradorligini oshirishda va tarixchi pedagoglarni tarbiyalab yetishtirishda pedagogik amaliyotlarining ahamiyati.
2.Ta’lim-tarbiya tizimida tarix o‘rganishga integratsion yondoshish.
3.Yoshlarni milliy qadriyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifalari.
Kutilayotgan natija: Talabalarga Tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayoni va tarix darslarini samaradorligini oshirish yo‘llari haqida tushunchalar hosil qilish.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, tarixiy xarita, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar:
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo’yicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni
Maktab ta’limida tarixiy bilimlarni shakllantirish uchun ta-rix fani tizimida jamg'arilgan, tahlil etilgan va umumlashtirilgan ulkan materiallardan faqatgina minimumi, ya'ni maktabda ta’-limiy tarbiyaviy va rivojlanib boruvchi ta’lim vazifalarini hal etish uchun pedagogik jihatdan zarur bо‘lgan tushunchalargina tanlab olinadi.
Kо‘p hollarda tarix ta’limida bilimlar adaptatsiya qilingan, ya'ni soddalashtirilgan va bir tizimga solingan holda bayon etiladi.
Tarixni bilish kо‘pincha sezish va qabul qilish, kо‘rib va eshitib idrok etishga asoslanadi.
Tarixiy voqealar to’g’risidagi bilimlar turli tarixiy axborotlardan olinadi. Shuning uchun ham tarixiy bilimlar manbai turlicha bо‘lishi mumkin. Bu borada kо‘rgazmalilikni (u yoki bu predmetga doyr), shuningdek tasviriy kо‘rgazmalar (masalan, I. N. Kramskiyning «Sahrodagi Iso», 1872 yil, «Yupanmas qayg'u»; V. G. Perovning «Pasxada qishloqqa krest yurishi», 1861 yil; «Moskva yaqinidagi Mitishchidagi choyxо‘rlik» 1862 yil; «Marhumni kuzatish» 1865 yil; «Qishloqi qizning savdogar uyiga kelishi» 1866 yil; «Instituta о‘qiydigan qizning kо‘r otasi ho’zuriga kelishi» 1870 yil, va hokazolar), tematik xaritalar («Stalingrad jangi», «Moskva ostonasidagi jang», Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlari xarita chizma va xokazo), shuningdek, tarixiy hujjatlarning roli beqiyos kattadir.
Boshqa predmetlarga nisbatan tarixiy bilimlarni shakllantirishda tarixiy voqealarni og'zaki bayon etish (hikoya formasi) va yozma ravishda bayon etish (referatlar tayyorlash) katta rol о‘ynaydi.
О‘quvchilar tomonidan faktik bilimlarni о‘zlashtirib olish uchun ularni tafakkur etishdan ajratilgan holda emas, balki bir butun uyg'unlikda, yagona bir jarayon sifatida amalga oshirilib boriladi.
Tarixiy bilimlarning shakllanishida tarixiy faktlar mohiyati quyidagicha namoyon bо‘ladi:
- tarixiy hodisalar genezisi, ya'ni ularning vujudga kelishi va rivojlanishida;
- ijtimoiy hayotda о‘ziga xoslik va umumiyliqda; tarixiy jarayon va boshqa shunga о‘xshash bilimlar qonuniyatlarini tarix fani tomonidan ochilishi va о‘qish jarayonida о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirib olinishi lozim. Bu bilimlar о‘quvchilarga о‘qituvchi tomonidan Dars jarayonida yoki ularning о‘qituvchi rahbarligida olib borgan mustaqil ishlari jarayonida о‘zlashtirib olinishi kerak.
Shuni alohida qayd etib о‘tish kerakki, tarixiy tushunchalarni shakllantirish birinchi galda tarixiy faktlarni bilishga, shuningdek aniq yirik obrazlarga suyanmoqni taqozo etadi.
Tarixni bilish jarayoni tarixiy faktlarni о‘zlashtirishdan boshlanadi. Tarixiy faktlarning о‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular hech qachon aynan takrorlanmaydi. Shu bilan birga о‘quvchilar tomonidan alohida tarixiy faktlarni bilib olish - tarixni о‘zlashtirdi degan tushunchani ifoda etmaydi. Faktlar orasida mantiqiy aloqadorlik bо‘lmasa, u holda faktlarning oddiy majmuasi bilimlarni bir xillashtiradi va tarixiy materiallarni ongli ravishda о‘zlashtirilishiga halaqit beradi. Shunday qilib, tarixni о‘rganish jarayonida faktlar shunchaki о‘rganilmasdan, balki ular orasidagi zarur aloqalarni taqqoslash, aniqlash va ma’lum darajada tizimlashtirib о‘zlashtirishni ta’min etmog’i kerak.
. IV. Aqliy hujum:
Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
1. Tarixiy bilimlarni shakllantirishda ilmiy bilimlarga nisbatan qisqartilgan va soddalashtirilgan yо‘llar mavjud. Siz shular haqida batafsil gapira olasizmi?
2. Bugungi kunda о‘quv-tarbiyaviy ishlari samaradorligini oshirib borishning vazifalari va muvaffaqiyatlari sabablari nimalarda deb bilasiz?
3. Dars samaradorligini oshirishga salbiy ta’sir kо‘rsatayotgan kamchiliklar bormi? Siz ularni kо‘rsatib bera olasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |