Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, tarixiy xarita, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar:
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo’yicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Mustaqil ta’lim - belgilangan o'quv topshiriqlarini talabalar tomonidan mustaqil va ijodiy (yoki professor-o'qituvchining ko'rsatmasiga muvofiq) bajarish mavsadiga yo'naltirilgan o'quv faoliyati bo'lib, uning negizini ta’lim oluvchining mustaqil ishlari tashkil etadi. Mustaqil ishlar o'quv – biluv faoliyatining bir turi, o'quv faoliyatining tashkiliy shakl – usuli, bilim o'zlashtirish yo'li, vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, talabalarning mustaqil ishlari didaktik maqsadi, mustaqil o'quv faoliyatining darajasi, yakka kishiga yoki guruhga mo'ljallanganligi, axborot manbai, bilim olish metodlari, shakl va bajarish o'rniga ko'ra ham tasniflanadi, farqlanadi. Mustaqil ish – muayyan mavzuni va fanni butunlay o'rganish jarayoni vaqtida amalga oshiriladi, talabalar muammoli savollarni hal etishlari, ma’ruza va seminar mashg'ulotlarida olingan bilimlarini mustahkamlashlari talab qilinadi. Mustaqil ish davomida metodik materiallarda belgilangan muammoli savollarni kursantlar mustaqil ravishda hal etadilar. Mavzu bo'yicha tavsiya etilgan adabiyotlarni o'rganib chiqish orqali ishni ma’ruza mashg'ulotiga tayyorgarlik ko'rish bilan boshlash zarur, chunki mavzuning mazmunini tashkil etuvchi savollar to'g'risida umumiy tasavvurlarga ega bo'ladilar, so'ng esa mustaqil ish paytida mazkur metodik materiallarda ko'rsatilgan ma’ruza savollarini o'rganib, ularning mazmunini chuqurroq tushunib oladilar. Mustaqil ish barcha o'quv ishlarining yakunlovchi shaklidir. Mustaqil ta’lim jarayonida u yoki bu fan sohasiga doir axborotlarni to'plash, o'zlashtirish, tahlil qilish, umumlashtirish, ularni mustahkam bilimga, barqaror malaka va ko'nikmalarga aylantirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq bakalavriat sva magistratura ta’limi o'quv rejalarida mustaqil ta’lim, mustaqil ishlarga nisbatan ko'proq vaqt (soat) ajratilgan.
Oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlari: kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy ta’lim shakllarida o'zlashtirishni mumkinligi nazarda tutilgan (Meyoriy hujjatlar, 1-qism, Toshkent, 1988. 88-bet). Shuningdek, oliy ta’lim haqidagi nizomda:―Talabalar bilim egallashi, belgilangan muddatlarda o'quv rejalari va ta’lim standartlarida ko'rsatilgan topshiriqlarning hamma turlarini bajarishi shart (Meyoriy hujjatlar, 1-qism, Toshkent, 1988. 90-bet) deyilgan. 5. O'zbekiston Respublikasi oliy ta’limni isloh qilishga doir meyoriy davlat hujjatlaridan keltirilgan ushbu talablar, fikrlar oliy o'quv yurtida mustaqil ta’lim olishga katta e’tibor berish, talabalarni mustaqil ishlash metodikasi bilan qurollantirish zarurligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |