Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o



Download 3,94 Mb.
bet50/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

F S M U texnologiyasi
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
Tarix o`qitishning ko`rgazmali metodi.
Shunday qilib o`quvchilar xotirasida saqlab qolishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.O’qitish usuli deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma‘lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish usullari har ikkala faoliyatning ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashning shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi.
“Ta’lim to’g’risidagi” qonunda ta‘lim mazmunini takomillashtirish, uning g’oyaviy-tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga o’qitish usullarini ham faollashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi1.
O’qitish metodikasiga tarix ta‘limi usullari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi maktab tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keladi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya‘ni ularni oqitish ta’limini bir tomonini ko’zda tutib o’quvchilarning o’rganishi, ta‘limning ikkinchi muhim tomonlarini uyushtirish unga rahbarlik qilish bilim, malaka va qobiliyatlarini tizimli ravishda o’stirib borish kabi muhim jihatlarini e‘tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek o’qitishning usul va usullarini tanlash o’quv materiallarining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini o’quvchilarning bilimi, malakasini etiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma‘lum darajada o’quvchilarning tarix faniga qiziqishlari pasayishga umumiy ta‘lim-tarbiya ishlarini natijasiga salbiy ta‘sir ko’rsatdi.
Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgandan so’ng bu masalaga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Ta’lim standartlari qabul qilindi. Shu bilan birga maktab amalyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix fani vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta‘lim tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar o’tkazildi va umumlashtirildi.
Tarixchi metodist olimlar G’afforov Ya. G’afforova M.G ning (O’zbеkistоn xalqlari tarixini o’qitish usullari.T.,1996) uslubiy qo’llanmalarida o’qitish usullari yutuq va kamchiliklar batafsil ochib berilgan.
Ko’rsatmalilik deganda avvalo o’qitish va o’rganishning ko’rsatmali usuli, o’qituvchi bayonining ko’rsatmali bo’lishi, uning o’quchilardagi tayyor bilimlariga suyana bilishi, o’quv materialini bayon qilish vaqtida ko’rsatmali qurollardan foydalanish va ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va hodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushiniladi.
Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o’qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa, ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham qo’shiladi. Shu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.
Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Avvalo, ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Ko’rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi. Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy hodisalarini, tarixiy tushunchalarning ma‘nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi. Ko’rsatmali qurollar tarixiy tushunchalarni shakllantirishga, ularning nazariy xulosalar va umumlashgan yakunlarni, ijtimoiy rivojlanishning ob’yektiv qonuniyatlarini o’zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi, shuningdek o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
Shu tariqa ko’rsatmalilikni ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etishga va ular haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Shunday qilib, ko’rsatmalilik usuli:
1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo’lib xizmat qiladi;
2) o’quv materialining ta‘lim tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi;
3) o’qituvchi bayonining aniq obrazli va emotsional bo’lishiga yordam beradi;
4) o’quvchilarning o’quv materialini o’rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish faoliyatini faollashtiradi;
5) o’qituvchining bayonini va uning darsda qo’llagan boshqa o’quv usullarini o’quvchilarning tushunib olishini yengillashtiradi;
6) o’quvchilar fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o’stiradi;
7) o’quvchilar bilimning aniq, chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga yordam beradi.
Ko’rsatmali qurollar o’zining mazmuni, tarixiy obrazlarning Xarakteri, ularni tayyorlash texnika va foydalanish usullariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.

  1. Predmetli ko’rsatmalar: tarixiy yodgorliklar, estalik joylari, arxitektura yodgorliklari, qurol-yarog’lar, ro’zg’or buyumlari, shu jumladan arxeologik topilmalar.

  2. Tasviriy ko’rsatmalar: o’qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy kartinalar va albomlar, san’at asarlari, portretlar, rasmlar, fotohujjatar va fotokopiyalar, darsliklardagi illyustratsiyalar, o’quv kinofilmlari va hujjatli filmlari, maketlar, har xil modellar va boshqalar.

3) Shartli ko’rsatmalar: qurollar, tarixiy va kontur xaritalar, tarixiy atlaslar, sxemalar, grafika, diagramma , appilikatsiyalar va pedagogik rasmlar.
Predmet ko’rsatmalilik ta‘limda alohida kasb etadi. Fizika, ximiya yoki botaniqa o’qituvchilari o’rganilayotgan mavzuni o’quvchilarga formula, shakl va boshqalarni ko’rsatib tushuntirsalar tarix o’qituvchisi unday imkoniyatdan mahrumligiga sabab, masalan o’quvchilarga ibtidoiy odamlar hayoti va faoliyatining aynan o’zini ko’rsatib berolmaydi, faqat gapirib beradi. Ko’rsatsa faqat ba‘zi buyumlarni, insonlarning ko’rsatgan jasorati va qahramonliklarni emas, balki ular to’g’risida rassomlar chizgan ayrim rasm, kartinalarni ko’rsatishi mumkin xolos. Lekin har holda kishilarning o’tmishidan qolgan yodgorliklari tarixiy voqealar to’g’risida real tasavvur koldirishga so’zsiz yordam beradi. O’quvchilar oradan bir necha asrlar hatto necha-necha ming yillar o’tib ketgan zamonlardagi voqealar to’g’risida ma‘lumot beruvchi haqiqiy buyum va narsalarni juda qiziqish va hayajon bilan o’rganadilar. Masalan, Toshkent shahrida barpo etilgan “Shahidlar xotira maydonida”gi muzey eksponatlari hech bir o’quvchini beetibor qoldirmaydi. Shuning uchun hamma maktabda tarixiy o’tmishni o’rganishning asosiy manbalaridan biri bo’lgan bu yodgorliklarni to’plash va ulardan foydalanishga juda katta e‘tibor beriladi.
Tasviriy ko’rsatmali qurollar maktab tajribasida hammadan ko’p qo’llaniladi. Tasviriy ko’rsatmalar bir necha xil bo’ladi.
a) o’tmishdan qolgan haqiqiy asl nusxa hujjatlar asosida yaratilgan tasviriy ko’rsatmalar, hujjatli fotosuratlar va hujjatli kinofilimlar, predmet yodgorliklarining tasvirlar mexnat qurollari, madaniy yodgorliklarning tasvirlari va shakllari.
b) ilmiy jixatdan asoslab rekonstro’qtsiya qilingan arxitektura va boshqa yodgorliklar, tasviri, ro’zg’or buyumlari yoki ularning tasviri.
v) rassomning ijodiy faoliyati bilan qilingan tasviriy ko’rsatmalar, tarixiy san‘at asarlari, darsliklarda berilgan illyustratsiyalar, maketlar, modellar va boshqalar.
Ko’rsatmali qurollarni tanlash va ulardan foydalanishda o’qituvchi quyidagilarni e‘tiborga olishi lozim.
1.O’quvchilarning yoshi,bilimi va malakalari o’sib borgan sari ularning predmet va tasviriy ko’rsatmalarga qiziqishi ortib boradi.
Masalan sinf o’quvchilarini ko’proq o’tmishdagi voqea hodisalarning yaxlit manzaralari tasvirlangan kartinalar, maketlar va modellari qiziqtiradi. Yuqori sinflardagi o’quvchilarni esa predmet yodgorliklarining aynan o’zi va shartli ko’rsatmalar qiziqtiradi.
2. Har bir dars uchun tanlangan ko’rsatmali qurol mazmuni, g’oyaviyligi, ilmiyligi jihatidan talabga javob beradigan bo’lishi, sinf o’quvchilariga mos bo’lishi, soni ko’paytirib yuborilmasligi lozim. Agarda ko’rsatmali qurollar ko’payib ketsa, o’qituvchi va o’quvchilar ish qurollar bilan ovora bo’lib qolib, o’quvchilarning dars materialini o’zlashtirishlariga xalaqit berishi mumkin.
3. O’quvchilarning ko’rsatmali qurollarni ongli ravishda puxta o’zlashtirib olishlariga erishishi kerak.
4. Ko’rsatmali qurollar o’qituvchining bayoni jarayonida ko’rsatib boriladi.
Tarix o’qitishda qo’llaniladigan tasviriy ko’rsatmali vositalar ichida o’quv kartinalari muhim o’rin tutadi. Kartinalar o’rganilayotgan voqealar va hodisalar haqida o’quvchilarda yorqin tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi. Tarixiy mavzularga bag’ishlangan kartinalar syujeti va xarakteriga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.
1.Voqealik kartinalari. Ularda muhim voqealar ijtimoiy hayotdagi noyob faktlar, harbiy harakatlar voqealar yoritiladi. Bu kartinadan foydalanib o’qituvchi voqeani yorqin hikoya qilib berishi, voqeaning rivojlanishini ochib berishi, o’quvchilarga axloqiy va g’oyaviy-siyosiy ta‘sir etishi mumkin.
2. O’rganilayotgan davr uchun tipik bo’lgan voqealarni aks ettiruvchi kartinalar. Kartinaning bu turi katta bir voqeani yoki uning bir ko’rinishini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan hamma savollarga javob beradi. Ular ustida o’quvchilarning faol mustaqil ishlarini tashkil etishi ham mumkin.
3. Qadimgi shaharlar, qurilishlar, arxetektura yodgorliklari yoki ularning ansambli tasvirlangan tarixiy kartinalar. Kartinalarning bu turini o’qituvchi o’quvchilarga mufassal tasvirlab tushuntirib beradi. Masalan: o’quvchilarning “Oqsaroyga” xayolan ekskursiya qildirish.
4. Tarixiy portretlar. Ular ustida o’quvchilar mustaqil ish olib boradigan bo’lsa, ular tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini og’zaki va yozma ravishda hikoya qilib beradi.
Hozirgi vaqtdagi maktab tarix kursining deyarli hamma bo’limlari yuzasidan o’quv kartinalar yaratilgan, keyingi yillarda ularning soni yanada ko’paydi. Madaniyat va san‘atning ajoyib durdonalari yoritilgan albomlar nashr etildi. Masalan Buxoro, Qarshi, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarning ming yillik yubiley sanalariga bag’ishlangan kartina va al’bomlar.
Kartinalar bilan ishlash. Kartinalardan unumli foydalanishi ularning o’qitishdagi roli va o’rnini yaxshi tushunib olinishiga bog’liq. Kartinalar ko’rsatmali qurollarning hamma turlari singari o’quvchilar uchun bilim olish manbai xizmat qiladi.
Yuqori sinflarda kartinaning xarakteri va ularning vazifasi quyi sinflardagidan ko’ra bir muncha o’zgaradi. Kartina yuzasidan hikoya qilish usuli kamdan kam qo’llaniladigan bo’lib qoladi. Endi o’qituvchi kartinalardan bayon qilingan nazariy materialni aniqlashtirish, tarix kursining murakkab masalalarini tushuntirib berish uchun foydalanadi.
O’quv materiali bayon qilingandan keyin shu voqeaga doir kartinadan foydalanishda o’quvchilar o’zlaridagi mavjud bilimlarni ishga soladilar. Darsda olgan bilimlariga suyanib kartina mazmuni yuzasidan o’qituvchi bergan savollarga javob beradilar.
Tarixiy voqea ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir joyda sodir bo’ladi. O’quvchilarda voqea sodir bo’lgan joy haqida tasavvur yaratish ta‘limda muhim o’rin tutadi. Tarixiy xarita bilan ishlash geografik muhitga xarakteristika berishning asosiy usulini tashkil etadi.
Geografik muhit jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo’lmasada tarixiy rivojlanish tezlashishi va sekinlashishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatish mumkin.
Geografik muhitning jamiyat rivojlanishidagi roliga, ayniqsa qadimgi dunyo tarixi darsligida katta o’rin berilgan.
V-VI sinflarda o’quvchilarga geografik muhit bilan odamlarning mashg’uloti o’rtasidagi aloqani ochib berish, xalqlarning tarixiy rivojlanishiga geografik muhitning ta‘sirini ko’rsatish uchun katta imkoniyat bor.Xarita yordamida biror mamlakatning tarixiy bosqichlaridagi ahvolni aniq tasvirlab berish o’quvchilarda birinchidan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivolanishi haqida aniq tasavvur yaratishga ikkinchidan inson avlodlari mexnatining o’zgaruvchilik kuchini puxta tushunib anglab olishlariga yordam beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta ta‘limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Darsda xaritadan foydalanib tarixiy voqea sodir bo’lgan joyni ko’rsatish, o’quvchilarda geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish balki tarixiy voqealarning mohiyatini ularning qonuniyatlarini, o’zaro aloqalari, sabab-natijalarini ochib berishda ham muhim rol o’ynaydi.
Xaritadan tarixiy voqeani tushuntirib berishdagina, emas balki uni tahlil qilishda va umumlashtirishda ham foydalaniladi. Xarita yordamida tarixiy voqealarning sabab aloqalari ochib yuboriladi. Masalan, “Amir Temir davlatining yuksalishi” .
Xarita darsning boshida o’rganilgan materialni tahlil qilish, umumlashtirish tarixiy rivojlantirishning qonuniyatlarini ochib berishga yordam ko’rsatadi. Xarita bir qator tarixiy voqealar va hodisalarning natijalarini ko’rsatib o’rganishga imkon beradi.
Tarixiy xarita o’quv materialini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. O’qituvchi voqea bo’lib o’tgan joyini devorga osilgan Xaritadan ko’rsatgan vaqtda, o’quvchilarning o’sha joyni o’z Xaritasi yoki atlasidan izlab topishi, o’qituvchi rahbarligida Xaritaning tahlil qilinishi o’quvchilarning o’z daftarlaridagi eskizlar va darslikdagi Xaritalar ustida uyda mustaqil ishlashi, navbatdagi darsda berilgan savollarga Xaritadan foydalanib javob berishi, o’quv materialining puxta o’zlashtirilishiga va esda uzoq saqlanishiga yordam beradi.
Tarix o’qitish tajribasida tarixiy Xaritalarning uch turidan foydalaniladi.
1. Umumiy xaritalar. Ular bir mamlakat yoki bir gruppa mamlakatdagi tarixiy voqealarni, ularning mavqeini, tarixiy rivojlanishning ma‘lum bosqichidagi ahvolini aks ettiradi. Masalan, “XVIII asrning birinchi choragida Xiva xonligi”, “1789 yilda Yevropa” va boshqalar.
2. Obzor xaritalar. O’rganiladigan voqealar rivojlanishning izchilligini uzoq davr mobaynida hududning o’zgarganini aks ettiradi. Masalan: “Rim davlatining yo’qsalishi”.
3. Mavzuga oid xaritalar. Ma‘lum tarixiy voqealarga yoki tarixiy jarayonning ayrim tomonlariga bag’ishlanadi. Masalan, “Xonliklarning ijtimoiy - iqtisodiy ahvoli”, “1525 yilda Germaniyada dehqonlar urushi”. Mavzuiy xaritalarda ijtimoiy hayotga doir masalalar chunonchi, iqtisodiy masalaga, sotsial harakatlarga, sinfiy kurash yoki harbiy o’tmishga doir masalalar to’laroq yoritiladi. Darslik va atlaslardagi xaritalarning ko’pchiligi mavzuiy Xaritalardir. O’qituvchi bosma yoki qo’lda tayyorlangan osma mavzuiy xaritalardan ham foydalanadi. T.O’ Salimov, M.Muydinova, F. Sultonov. Jahon tarixi. 7-sinf. O’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalarida ham tarix darsining asosiy jihozi xaritaga alohida e’tibor qaratilgan16.
Tarix darslarida o’quvchilarni mamlakatimizning tabiiy sharoiti va iqtisodini rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi.
Birorta ham darsni xaritasiz tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng zaruriy qo’llanmasi bo’lib hisoblanadi. Xarita avvalo o’rganiladigan mavzuga mos bo’lishi lozim. O’qituvchi voqealar rivoji davomini bayoni jarayonida xaritadan ko’rsatib borishi ayni vaqtda o’quvchilar o’qituvchi ko’rsatadigan joyni qo’llaridagi xarita yoki atlasdagi Xaritadan izlab topishlari lozim. Har bir yangi xarita o’rgana boshlanganda unga qisqacha obzor berish unga o’rganilgan eski xarita bilan solishtirib o’quvchilarni yangi xaritadan o’zgarishlar bilan tanishtirish, ularning tarixiy rivojlanishining izchilligini har bir bosqichning o’ziga xos muhim xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. O’quvchilar ikki xaritani solishtirib mamlakat hududi toraygan yoki kengayganini, shaharlarning o’sganligi va boshqa o’zgarishlar yuz berganligini tushunib oladilar.
O’qituvchi xarita yuzasidan savollar va topshiriqlar berish yo’li bilan o’quvchnlarni V-VI - sinfdan boshlab xarita ustida ishlashga o’rgatib boradi 17.
Tarix darslarida ta‘limning texnika vositalaridan foydalanishi darsning samaradorligini oshiradi. Ta‘limning texnika vositalari o’qitish va o’rganish sifatini ko’tarishga, o’quvchilarning o’quv materialini qiziqib o’rganish, puxta o’zlashtirishga xizmat qiladi.
Tarix o’qitish tajribasiga ko’ra maktabda ta‘limning quyidagi texnika vositalardan foydalanilmoqda.
1. Oddiy texnika qurilmalari: Xarita va o’quv kartinalari ilinadigan yog’ochdan yoki boshqa materialdan yasalgan siljiydigan oddiy qurilmalar, ko’chma sinf doskasi, sinf devoriga ilinib ikki yoqlama ochiladigan doska.
2.Ovozli apparatlar, kompyuter texnikalari, radiopriyomniklar. Hozirgi kunda bir necha yillar avval qo’llanilgan texnika vositalari deyarli eslatilmay, o’rta umumiy ta’lim maktablarimiz nafaqat eng zamonaviy o’quv qurollari bilan ta’minlandi, balki eng chekka qishloq maktablarigacha internet tarmoqlariga ulandi. Mamlakatimizni Davlat mustaqilligiga erishuviga, madaniyatga doir mavzularni o’tganda hujjatli fil’mlarni ko’rish, eshitish darsni maroqli qiladi. Chunonchi, masalan: XX asr boshlaridagi tarixiy voqealar, Mustaqillik deklaratsiyasi, Andijondagi “Asaka” mashinasozligi zavodi ko’rinishi, temir yo’llar qurilishi.
3) Ovozli texnika vositalariga radio eshittirishlari ham kiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun radio orqali maxsus dastur yoki umumiy dastur bo’yicha tarixdan beriladigan eshittirishlarni, tashkil etadi.
Tarix darslarida texnika vositalaridan foydalanish uchun maktabda zarur texnik sharoit mavjud bo’lgan kabinet yoki texnika vositalaridan foydalanishga moslangan maxsus tarix kabineti bo’lishi kerak. Texnika vositalari bilan ta‘minlangan kabinet asosan o’quv talablariga javob berihsi lozim.
Kabinetda juda katta doska bo’lishi kerakki, uning bir qismi ekran bilan band bo’lsa, bir qismi yozish uchun bo’sh bo’lsin;
Xarita va kartinalar ilinadigan maxsus moslama bo’lishi zarur. O’quv kinofilmlari ham ta‘limning ko’rsatmali vositalari jumlasidandir. Tarix o’qitishda o’quv kinofilmlari eng ta‘sirchan va samarali ko’rsatmali vositasidir. Kinofilm o’quvchilar ko’z o’ngida tarixiy voqeaning jonli obrazini gavdalantiradi. O’quvchilar boshqa ko’rgazmali qurollar, kinofilmlar vositasida tarixiy o’tmishni jonlliroq idrok etadilar.
Tarixiy mavzularga bag’ishlangan badiiy filmlar o’zining mazmuni va tarixiy voqealarning jonli qilib ko’rsatish jixatdan tarixiy badiiy asarlarga o’xshab ketadi. Hujjatli filmlar esa, o’sha davrning ko’rsatmali hujjati bo’lib xizmat qiladi.
Kinofilmlar, ayniqsa badiiy filmlar o’quvchilarga emotsional ta‘sir ko’rsatish, estetik va axloqiy tarbiya berish vositasi hamdir. Kinofilmlar bilim olish vaqtini iqtisod qilishga ham yordam beradi. O’quvchilar oddiy sharoit o’qituvchining bayonidan muzey va har xil tarixiy joylarga ekskursiyalarda borib, soatlar sarf qilib oladigan bilimlarini 10-15 daqiqalik filmni ko’rib ham olishlari mumkin. Negaki o’quvchilar filmni tomosha qilib tarixiy obrazlarning butun qiyofasi, Xarakteri, psixologiyasi, dunyoqarash va boshqa tomonlarini ham ko’z bilan ko’radi, qulog’i bilan eshitadi. O’quv filmlarning emotsional, estetik ta‘siri ham boshqa ko’rsatmali qurollarga nisbatan shubxasiz kuchlidir.
Kinofilmni o’quvchilarga ko’rsatishdan oldin, o’qituvchining o’zi uni sinchiklab ko’rib chiqishi va o’rganishi lozim. Bu bilan o’qituvchi filmning umumiy mazmuni bilan asosiy diqqatni jalb qiladigan eng muhim kadrlar va tekst bilan tanishadi. Shundan keyin film ’quvchilarga ko’rsatiladi, so’ngra film yuzasidan suhbat o’tkaziladi, eng muhimi kadrlar yuzasidan o’quvchilarga savollar beriladi. Filmni mazmuniga bog’lab uyga vazifa topshiriladi. Hozirgi vaqtda tarix o’qituvchilari o’zlari mustaqil ravishda o’quv fil’mlari yaratishlari uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Darsda o’quv teleko’rsatuvlarning ikki xil turi qabul qilinadi:
a) 15 daqiqa teleko’rsatuv;
b) 30-40 daqiqa davom etadigan yangi materialni bayon qilishga bag’ishlangan mavzuiy teledars yoki takrorlash darsi.
Teleko’rsatuvga yirik olimlarni, yozuvchilar, tajribali o’qituvchilar hamda tarixiy voqealarning ishtirokchilarini jalb etish o’quv materialini qiziqarliligini va mazmundorligini oshiradi. O’qituvchi teleeshittirishni qabul qilishga puxta tayyorgarlik ko’radi, teledarsni suhbat bilan yakunlaydi.
Shunday qilib, teleko’rsatuv tarix o’qitishda ko’rsatmalilikning samaradorligini oshirib yuboradi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish