Ilmiy tadqiqotchilik metodi – o'z navbatida quyidagi muayyan o'quv topshiriqlarini bajarishda qo'llaniladi:
1.Hujjatlar, tarixiy yozma manbalar bilan ishlashda;
2.Surat, illyustratsiyalar bilan ishlashda;
3.Atlas, xaritalar bilan ishlashda;
4.Jadval, chizma, diagrammalar bilan ishlashda;
5. Moddiy (arxeologik) manbalar bilan ishlashda.
MUAMMOLI VAZIYATLAR VA ULARNING PEDAGOGIK YECHIMLARI
Muammo, muhokama qilinadigan masalalar yoki munozarali savol qo'yish
|
Muhokamaga talabalarni jalb qilish
|
Bildirilgan fikr va g’yalarni to’plash
|
g'oya, fikrlarni saralash, guruhlarga ajratish va to'ldirish
|
Ularni tahlil qilish va baholash
|
Eng maqbul va samarali yechimni tanlash
|
Og’zaki o’qitish metodi.
REJA:
1. O`qituvchi jonli nutqining ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati.
2. Og'zaki jonli bayon qilish va yning turlari.
O’qitish uslublari tizimiga asos qilib olingan bilim manbalarida o’qituvchining jonli so’zi, nutqi asosiy rol o’ynaydi. O’qituvchining jonli nutqi o’quvchilarning ko’z o’ngida tarixiy o’tmish va hozirgi ijtimoiy hayotning yorqin manzarasini, xalq ommasining mehnati va qudratini, kishilarning yorqin obrazlarini gavdalantiradi. O’qituvchining jonli nutqi puxta bilim va malaka manbai bo’lishi bilan birga juda katta tarbiyalovchi kuchga ega. O’qituvchining nutqida mantiq, intonatsiya, urg’uning kuchi, dalillarining jonli va ishonarli bo’lishi o’quvchilarning ongiga, his tuyg’ulariga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Ularni fikrlashga o’rgatadi, ma‘lum xulosalarga olib keladi, tarixiy jarayonning qonuniyatlarini to’g’ri tushunishga yordam beradi.
Ma’ruza jarayonida o’qituvchi quyidagi tavsiyalarga1 amal qilishi maqsaga muvofiq:
O’qituvchining jonli nutqi o’quvchilarning bilim olishdagi boshqa manbalar, ko’rsatmali qurollar va matnlarning mazmunini tushunish, ular ustida mustaqil ishlashi va fikr yuritishiga ham yo’l ochib beradi.O’qituvchi dars jarayonida o’quv materialini og’zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib qolmasdan, har xil ko’rsatmalar (qurollar, rasm suratlar, ilyustratsiya, xaritalar, ekran va boshqa texnika vositalari)dan ham foydalanadi. Ko’rsatmali qurollardan foydalanish ularni shunchaki ko’rsatish, oddiygina namoyish qilishdan iborat emas. O’qituvchi o’zining jonli nutqi bilan tarixiy voqealar mazmunini o’quvchilarning ko’z o’ngida gavdalantiradi. O’quvchilarga puxta bilim berish ularni qurollantirishda ko’rsatmali qurollar va texnika vositalari o’qituvchining eng ishonchli yordamchisi bo’lib xizmat qilsada, ular o’quvchilarga beriladigan ta‘lim-tarbiyaning asosiy manbai bo’lgan jonli so’z o’rnini bosa olmaydi. Oquvchilar ekranda tasvirlangan voqea yoki Xaritani jonli so’z yordamida tushunib oladilar. Hattoki teledarsning mazmunini ham o’qituvchi o’z jonli so’zi yordamida izoxlab beradi.
O’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarning o’quv materiallarini puxta o’zlashtirib olishni ta‘minlashga yordam beradigan har xil matnlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ma’ruzalati, vaqtli matbuot va boshqalardan foydalanishi lozim. Ularning mazmunini bayon qilib beradi, izoxlaydi, taxlil etadi va tegishli xulosalar chiqaradi.
Har bir dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilarning bilim olishining barcha manbalaridan foydalanishini taqozo etadi.
O’qituvchi o’quvchilarga ma‘lum ko’rsatmali qurol va har xil matnlar ustida mustaqil ishlashni topshirishdan oldin ularning mazmunini tushuntirib beradi va mustaqil ish usullarini ko’rsatadi.
O’quvchilar mustaqil ishlashi, fikrlash qobiliyatini o’stiruvchi, ularning aqli va qalbiga yo’l ochuvchi jonli so’z qanday didaktik talablarga javob berish kerak?
Jonli nutqni keng ma‘noda tushunmoq kerak. Jonli nutq deganda ta‘limning og’zaki usuligina emas, balki o’qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so’zi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol javobi, yakunlovchi so’zi, uyda ishlab kelish uchun berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarishning yo’llarini izoxlashga doir so’zi, darsni boshlashdan oldin bo’ladigan kirish so’zi va boshqalarni tushunmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |