Qarshi davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi tarix falsafasi va tarix o


Geradot–ilmiy tarixning yaratilishi



Download 3,94 Mb.
bet5/186
Sana14.03.2023
Hajmi3,94 Mb.
#918884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
А Дустов Тарих фалсафаси Мажмуа 2 курс 22 23

Geradot–ilmiy tarixning yaratilishi. Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to'qqiz tomli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o'ziga xos tarixiy novellalarni o'z ichiga oladi. Geradot asarlari Plutarx, Yustin ijodlariga ham katta ta’sir o'tkazgan, taniqli tadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning ko'pgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning ko'pgina tasvirlari Fukididga yaqin to'rganligi qayd etiladi. Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot yoshligididan sayoxat qilishni yashi ko'radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq bilan shug'illanuvchi savdogarlar, yo'lovchilar shahri bo'lgani uchunmi o'spirinlik yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va sayohlari tilidan g'aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda–juda yoqtiradi. “Eron tarixi kitobi” Geradot e’tiborini ayniqsa o'ziga tortadi. Xaronning “Eron tarixi” kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo'lgan Osiyodagi ko'pgina malumotlar haqida qimmatli malumotlar bor. Gerodot tug'ilgan o'lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni ko'p eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bo'lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi ko'tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg'in qilinadi. Shundan so'ng bo'lajak tarixchi Osiyo bo'ylab safarga chiqishga qaror qildi. Geradot Qora dengiz qirg'oqlari bo'ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida talaygina kitoblarni o'qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bo'lib, Osiyo bo'ylab safarga jo'naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bo'lgan Suza shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida bo'ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiyadagi Efrat va Tigr daryolaridan o'tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy bo'ylarida ko'chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go'shti, parranda va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bo'lishgan. Aytishlaricha Eron shohi Kir ham ularni o'ziga bo'ysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya o'lkalarining tabiatiga ham keng to'xtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bo'lib, ayrim tadqiqotchilar bu o'lkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O'rta Osiyo haqida muhim ma’lumotlar keltiradi. Bu yerda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, so'g'dlar, saklar, xorasmiylar va oriylar, bu o'rinda izoh talab nomlardan oriylar Afg'onistonning g'arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o'sha vaqtda Balh shahri bo'lgan Kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi-g'arbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan. Xorazmiylar xorazmliklar, so'g'dlar Politmet (Zarafshon) bo'ylarida, saklar Tyanshan tog'ining g'arbiy etaklarida joylashgan edilar. Shundan so'ng Geradot Hindiston o'lkasida sayohatini davom ettirib, Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli malumotlar to'playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o'lkalarini ham keng tasvirlaydi. Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko'rsatuvchi etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaxo va qadrli. Geradotning “skiflar” asari jahon xazinasida munosib o'rin tutgan, bu asar juda ko'plab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bo'lib, jahonga tanitgan ham Geradotdir, XVII-XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning “Skiflar” asarini juda katta qiziqish bilan o'qishgan va juda ko'p nushalarda tarjima qilishga buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham yozganlar, lekin skiflarning haqiqiy va birinchi targ'ibotchisi Geradot edi. Geradotning “Skiflar” asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “Geradot va uning asari” Vitold Klingerning “Hikoyachilik motivlari” asarlari shuningdek, “Sharq xalqlarini tarixiy hikoyalari” kabi juda katta axamiyatga ega bo'lgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta ishga qo'l uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi ko'pgina qabilalarning hayotiga oid malumotlarni aks ettiradi. Geradot ijodi Tarix nomli To'qqiz kitobi katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning har qaysisi yuzlab hikoyalarni o'z ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. O'z hayotini taxlikaga qo'yib bo'lsada ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne - ne xavf xatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u avval o'z ko'zi bilan ko'rib, qulog'i bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Xar qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo'ladi. Yuzlab daryolarni kechib o'tadi. o'sha paytda xech bir olimning qadami etmagan uzoq o'lkalarni kezadi.xali ko'p ko'rilmagan mavzularni birinchi bo'lib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot nomi tariximizda alohida axamiyat kasb etadi. Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning yaratilishida Geradotning Tarix asari muxim axamiyat kasb etadi.
Polibiy. Er. av II asrning ikkinchi yarimida Polibiy “Umumiy tarixni” yozgan. Unda er. Av 264-146 yillardagi voqealar bayon qilingan. Uning bu asari ilmiy tadqiqotdir. Polibiy grek istoriografiyasining eng yaxshi ananalariga amal qilgan. Ammo uning siyosiy qarashlari Rim jamiyatidagi konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning O'rta dengiz sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o'rnatilishi muqarrar degan hulosaga kelgan. U o'zining asrida Rimning bir qancha qabilalar va halqlarni o'ziga bo'ysundirilishining sabablarini ko'rsatib berishga, yani rim davlatining vujudga kelish tarixini yaratishga xarakat qilgan. Polibiy Rim davlatining qudratini uning davlat tuzumidagi xususiyatlaridan deb bilgan, uning nazarida bu tuzumni idora qilishining aristokratik, demokratik va monarxik shakllari ajoyib tarzda bir – biri bilan qo'shilib ketgan. Polibiy manbalarni juda sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik xolati va uning iqlimini o'rgangan. U antik davr tarixining odat xukmidagi adabiy usullaridan foydalangan. U voqeaning bayonotida voqeada ishtirok qiluvchi nutqlarini kiritgan. Polibiy bu bilan ularning gaplariga mumkin qadar “haqiqiy” tus berishga xarakat qilgan. U manbalarning naqadar rostligini aniqlab, tarixiy voqealarning sabablarini ayrim shaxsning ish va xarakatlarida ko'rgan xolos. Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning keyinchalik taraqqiyot yo'lini belgilashga imkon beradi. Yani tarix “nasixat berishi” “o'rgatishi” mumkin amaliy jihatdan foydali bo'lishi mumkin deb faraz qilgan.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish