Nazorat uchun savollar:
Tarix falsafasi atamasi kim tomonidan fanga kiritilgan?
Tarix falsafasining maqsadlari va vazifalari nimalardan iborat?
Tarix fanining vujudga kelishi ayting?
Tarixning ahamiyati tushuntirib bering?
2-mavzu. Antik davr tarix falsafasi
Yunon-rim mutafakkirlari tarixning tabiati to'g'risida. Teokratik tarix va afsona. Gerodot tomonidan ilmiy tarixning yaratilishi. Yunon tafakkuridagi tarixga qarshi tendentsiya. Tarixning mavzusi va mohiyati haqida yunoncha ta'limot. Yunonistonning tarixiy usuli va uning chegaralari. Logograflar. Gerodot - "tarix otasi". Fukidid. Ellin davri va uning Yunon olamiga ta'siri. Antik faylasuflar va tarixchilar tomonidan ilgari surilgan tarixga ta'sir ko'rsatuvchi omillar: moddiy va ijtimoiy omillar, psixologik, axloqiy va ma'naviy sabablar, inson tabiatining xususiyatlari, tarixiy fatalizm. Tarixni tushunish ellinistik an'anasinining Rimga o'tishi. Polibiy "Tarix". Tit Liviyning asarlari. Tatsitning "Annallar" va "Tarix" asarlari. Ammian Martsellin - "so'nggi Rim tarixchisi".
Tayanch iboralar: Antik ongda tabiat va tarix antitezasi. Antik kosmos: fazo. Antik kosmos: vaqt. Teokratik tarix va afsona. Gerodot. Ilmiy tarixning yaratilishi. Yunoniston o'ylarida (hayolotida) tarixga qarshi tendentsyiya. Tarix fani va ahamiyati to'g'risida yunon ta’limoti. Yunoniston tarixiy usuli va uning chegaralari. Fukidid. Ellin davri. Polibiy. Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy. Tatsit. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari. Insonparvarlik.
Qo‘llanilidagan ta’lim texnologiyalari va metodlari: (aqliy hujum, mantiqiy fikrlash)
Adabiyotlar:А1;А2;А3;А4;Q1;Q3;Q4;Q12;Q18;Q23;Q26;Q27;Q28;Q29;Q30;Q315;Q34;Q35
Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarixning ham o'z muzasi bor, bu muza Kliodir (Qadimgi yunon ... Clio, "ulug'vorlik"). Klio boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bo'lgan, deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar to'g'risida chiroyli va pand – nasixatli hikoyani hammadan ko'proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand – nasixatdan iborat deb hisoblaganlar.
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (logos-so'z, grafo-yozaman) shaharlarning odatda o'zlari tug'ilgan shaharlarning tarixi to'g’risida yozganlar. Logograflar er. av VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar, o'z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |