SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Tarix о‘qitish metodikasi fanining hozirgi jamiyatdagi holatini tahlil eta olasizmi?
2. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda tarix fanini о‘qitishning ahvoli qanday bо‘lganligini bilasizmi?
3. Ikkinchi jahon urushi yillarida О‘zbekistonda tarix fanini о‘qitishning ahvoli qanday bо‘lganligidan xabaringiz bormi?
4. Mustaqil О‘zbekistonda tarix fanini о‘qitish metodikasining ilmiy pedagogik fan sifatida shakllanishi uchun qanday shartsharoitlar yaratilganligini tushuntirib bera olasizmi?
Mavzu: Tarix o’qitishda bosma matnlar bilan ishlash.
Reja.
Tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan matnlarga – darslik matni, tarixiy hujjatlar, ilmiy – ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar kiritilishi. Bosma matnlarga a) tushuntirib va izohlab o‘qish; b) darslik matni mazmunini o‘zlashtirish; v) o‘quvchilarni bob, paragraf va undagi joylarni bir – biridan ajrata bilishga o‘rgatilishi.
Qo‘llanilidagan ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum.
Adabiyotlar: А3; А 4; А 5;А6;А7;Q8; Q9; Q10; Q11;Q13;Q18;Q20;Q21; Q 25.
Maktabda tarix o'qitishda qo'llaniladigan matnlarga-darslik matni, tarixiy hujjatlar, ilmiy-ommabop, badiiy tarixiy adabiyotlar kiradi.
Bosma matnlar o'quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo'lgani kabi o'qituvchining bilim manbai og'zaki bayonining asosini tashkil etadi. o'qituvchi shu manbalardan to'g'ri va unumli foydalangandagina uning bayoni maktabda ta’limning yuksak talablariga javob berishi, o'qituvchi bayonining o'quvchilarga tushunarli, mazmunli, maroqli, g'oyaviy va ilmiy jihatdan yuksak, ishonarali, obrazli va ta’sirli bo'lishi mumkin.
Matnlar ustida ishlash o'quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi, dunyoqarashni shakllantiradi, tarixiy voqealarga obyektiv bo'lishga o'rganadi. Maktab o'quvchilari har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish ko'rish malakasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki materiallari bilan amaliy ravishda tanishadilar.
O'qituvchi dastur talabiga muvofiq bayon mazmuniga darslik matnini asos qilib oladi. o'qituvchi o'zining bayonini boshqa matnlar asosida yanada aniqlashtiradi va boyitadi, darslik matni o'quvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni o'rganish, o'zlashtirish va uni esda saqlab qolishning, bilish faoliyatining ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbalaridir. Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini jiddiy o'zlashtirishga va olingan bilimlarini hayotda, xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidagi ishlariga yordam beradi.
Darslik matni ustidagi ishlar o'quvchi materiallarini o'zlashtirish va uni esda saqlab qolish, o'quv matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik materiallarni va tarixiy faktlarni muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi.
Matn ustida ishlashda xronologiyani tayyor tarixiy tushunchalar ta’rifini o'zlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy faktlar va statistik ma’lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o'zlashtirish va aniqlashtirish, lug'at ishlarini, mazmunli suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bo'lmagan yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida dasurli ta’lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko'zda tutilgan.
Maktab tajribasida darslik matni ustida ishlashning quyidagi usullari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |