Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


-rasm. Davlat tashkilotlarida ehtiyoj orqali aniqlanadigan qiziqtirish modeli



Download 2,31 Mb.
bet68/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

7.4-rasm. Davlat tashkilotlarida ehtiyoj orqali aniqlanadigan qiziqtirish modeli

Mohiyat boʻyicha qiziqtirish nazariyalariga quyidagilarni keltirish mumkin. S.Bernard nazariyasiga muvofiq:


1. Korxona mehnat jamoasi a’zolari boʻlgan shaxslar oʻzaro bir-birlariga bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadigan tizimni tashkil etadi.
2. Tashkilot oʻz mehnat jamoasi a’zolariga ragʻbatlantirish orqali ta’sir koʻrsatadi, ana shu ragʻbatlantirish hisobiga davlat xizmatchilari tashkilot maqsadlariga erishish uchun oʻzlaridan talab qilinadigan mehnat ulushini qoʻshadilar.
3. Davlat xizmatchilarini ragʻbatlantirish ularning tashkilot rivojlanishiga qoʻshayotgan hissalariga mos kelsa yoki bu hissadan ortiq boʻlsagina ularning mehnat samaradorligi yuqori boʻladi.
D.Mak-Klelland nazariyasi insonning uch ehtiyojiga asoslangan: Maqsadga erishish ehtiyoji. Bu insonning oʻz oldida turgan maqsadga avvaldagiga qaraganda samaraliroq erishishga intilishini anglatadi.
Sheriklik ehtiyoji insonning atrofdagilar bilan doʻstona munosabatda boʻlishga intilishida namoyon boʻladi.
Davlat sektorida ehtiyoj insonlarning jamoaga rahbarlik qilish, resurslarni taqsimlash va hukmronlik qilishning boshqa vositalariga intilishlarida seziladi. Yuqoridagi nazariyaning asosiy mohiyati quyidagichadir:
D.Mak-Klellandning ehtiyojlar nazariyasida koʻrsatilgan “hokimiyatga ehtiyoj” boshqa insonlarga ta’sir koʻrsatish xohishi sifatida namoyon boʻladi. Shu ma’noda boshqaruv hokimiyatidan foydalanish, bunday ehtiyoj sezayotgan insonlarning oʻz maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan jalb etadi. Bu toifa insonlar shijoatli, irodali, qat’iyatli shaxslar boʻlib, ular oʻz nuqtai nazarlarini qattiq turib himoya qiladilar, oʻzgacha fikrlarga qarshilik koʻrsatadilar. Ular koʻp hollarda yaxshi notiq boʻlib, boshqalarni oʻziga jalb eta oladilar. Maqsadga erishish ehtiyoji esa koʻzlangan, rejalangan narsaga erishish jarayoni orqali qondiriladi. Ya’ni bunga ehtiyoj sezuvchilar faqat muayyan lavozimni egallash (bu koʻp hollarda roʻy bersa ham) bilan qanoatlanib qola olmaydilar. Ana shunday shaxslar tavakkalchilikni ehtiyotkorlik bilan qiladilar. Ular muammoni hal qilish mas’uliyatini oʻz zimmasiga olishdan choʻchimaydilar. Ayni vaqtda bunday davlat xizmatchilari erishgan natijalari uchun aniq ragʻbatlantirishni xohlaydilar. Ular ishda tashabbuskorlar. Bu shaxslar erishilgan natijalariga qarab muntazam taqdirlanib turishlari kerak.
Sheriklik ehtiyoji hamkasblar, jamoa a’zolari bilan doʻstona munosabatlar oʻrnatishda, boshqalarga yordam koʻrsatishni yoqtirishda namoyon boʻladi. Bu toifa kishilar doimiy muloqotda boʻlish imkoniyatini beradigan ishlarni xush koʻradilar. Rahbarlar bunday shaxslarga koʻproq e’tibor qaratishlari, jamoada doʻstona munosabat oʻrnatishlari, oʻzaro fikr almashib turish uchun ularni tez-tez birga yigʻib turishlari lozim.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish