Aniq mehnat motivi – bu shaxs tomonidan uning shaxsiy zarurati sifatida tushunilgan, aniq maqsadga erishish uchun ongli turtki.
Mehnatga yoʻnaltirilgan motiv – bu xodimning ehtiyojlarini toʻliq yoki qisman qondirish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni (ishni) toʻgʻridan-toʻgʻri ragʻbatlantirish.
Motivlarning qoʻzgʻatish xususiyati tashqi ta’sir etuvchi kuch – ragʻbatlantirishlar (stimullar) orqali yuzaga keladi. Stimullar ta’sir motivlari yoki "qoʻzgʻatish xususiyati" omillari tashuvchisi rolini bajaradi, ular xususiy motivlar harakatini faollashtiradi, samarali va yoʻnaltirilgan faoliyat uchun tashqi turtki beradi.
Mehnatni ragʻbatlantirishni tashkil qilish uchun ba’zi talablar mavjud:
1. Kompleks ragʻbatlantirish ma’naviy va moddiy, jamoaviy va individual ragʻbatlantirishning birligini nazarda tutadi, uning qiymati xodimlarni boshqarish yondashuvlari tizimiga bogʻliq.
2. Differensiatsiya yoki parchalanish deganda turli guruhlarni, ishchi sinflarni va umuman shaxsni ragʻbatlantirishga individual yondashish tushuniladi.
3. Samaradorlik va moslashuvchanlik ragʻbatlantirishning bozor strukturasi va ijtimoiy oʻzgarishlarga qarab doimiy ravishda qayta koʻrib chiqilishida namoyon boʻladi.
Ragʻbatlantirish quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
1. Ochiqlik – shaffofligi va bajarilish haqiqati bilan tavsiflanadi.
2. Asta-sekinlik – stimulyatsiya bir sifat holatidan ikkinchisiga silliq va sekin oʻtishi kerak.
3. Sezuvchanlik – ragʻbatlantirish har qanday koʻrsatkichlarga erishish uchun aniq namoyon boʻlishi va yetarli darajada sezgir boʻlib, maqsadga erishish uchun yanada ulkan istak tugʻdirishi kerak.
4. Mehnat natijasi va uning mukofoti oʻrtasidagi farqni minimallashtirish kerak.
5. Ham ijobiy, ham salbiy ragʻbatlantirishning kombinatsiyasi.
6. Moddiy, nomoddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish kombinatsiyasi.
Soha vakillari Nadler va Loulerning nazariyalariga koʻra, tashkilot menejerlari quyidagi vazifalarni bajarganda, xodimlarning mehnat unumdorligi oshirilishi mumkin:
1. Har bir xodimni qoniqtiruvchi mukofot miqdorini aniqlash.
2. Uning unumdorligiga teng maqbul darajasini aniqlash.
3. Shu darajaga erishishni mumkin qilish.
4. Mukofot va mehnat unumdorligi oʻrtasida oʻzaro bogʻlanishni oʻrnatish.
5. Shu mukofotning yetarli miqdorini ta’minlash.
Bundan tashqari, Uolter Nyusom 9 omil tushunchasini kiritib, Kutish nazariyasini yanada rivojlantiradi. Bu omillar ushbu nazariyaning asosiy qoidalarini belgilaydi va muvaffaqiyatga erishgan rahbarlarning uni amalda qoʻllashga zarur boʻlgan asosiy tavsiyalar vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |