i) eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish sohasida: o‘z amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda davlat fuqarolik xizmatiga saralab olishning asosiy parametrlarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
mustaqillik, odillik va shaffoflik tamoyillari asosida Milliy kadrlar zahirasiga kadrlarni tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi;
davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida saralab olishni o‘tkazish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari ishini muvofiqlashtiradi;
tanlov asosida davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan davlat xizmatchilarining xizmatga oid faoliyatini monitoring qiladi, shu jumladan ularni davlat xizmatidan bo‘shatish to‘g‘risidagi masalani kelishadi;
j) davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish sohasida: davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasini, korrup-stiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘radi;
davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatchilariga yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni singdirish dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining oilasida sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirish, oilaviy mojarolarning davlat fuqarolik xizmatini o‘tashga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli tushuntirish ishlarini tashkillashtiradi;
k) davlat fuqarolik xizmatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni takomillashtirish hamda davlat fuqarolik xizmatchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish sohasida: davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahliliy tizimi faoliyat yuritishini ta’minlaydi;
Milliy kadrlar zahirasi, bo‘sh ish o‘rinlari va lavozimlarni egallash uchun tanlovlar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining son va sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;
inson resurslarini boshqarish va kadrlar salohiyati darajasini oshirish milliy axborot tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
davlat xizmati elektron axborot-tahliliy tizimining boshqa davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
davlat xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralarni ko‘radi;
l) davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish sohasida: davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun talabini buzgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrastiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritadi;
davlat fuqarolik xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.