Ishning qulay grafigi. Ishning qulay grafigi – ishchi-xodimlar ish boshi va yakunini mustaqil belgilay oladigan ish tartibi.
Mehnat resurslarining o‘zgarishi bilan insonlar turmush tarzi va ehtiyojlari ham o‘zgarib qoldi. Ishlayotgan er-xotinlar, farzandlari o‘z vaqtida maktabga yoki enaga oldiga, o‘zlari esa ishga yetib borishlari uchun aniqlik mo‘’jizalarini sodir etishlari kerak. Yoki ota, yoki onasi bor oilalarda esa, imkoniyatlar ikki hissa kam, muammolar ikki hissa ko‘pdir. Ko‘p odamlar o‘ziga uy yoki avtomashina olishlari uchun qo‘shimcha ishda ishlashga majburlar. Shuning uchun, ko‘pchilikka qulay ish grafigi zarurdir. Hammaga o‘xshab, haftada besh kun ertalab to‘qqizdan kech soat beshgacha ishlamay, ishchi imkoniyatlariga qarab o‘ziga qulay vaqtni belgilab oladi. Masalan, kompaniya hamma xizmatchilaridan soat 10 dan 14 gacha ishda bo‘lib, ishlab berish vaqtlari 8 soatni tashkil etsa bo‘ldi, qolgan vaqtda ular o‘zlari xohlagan narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishlari mumkin. Bunday qulaylik, odamlarga o‘zlarining mushkul hayotlarini osonlashtirish imkoniyatini beradi. O‘z ish vaqtlarini mustaqil rejalashtirganliklari tufayli nazoratdan halos bo‘lganlik hissi ko‘p insonlar uchun asoslanishning muhim omili hisoblanadi.
Milliy so‘rovnoma natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, keksa yoshdagi 78% ishchi xizmat zinasidan ilgarilash qadamlarini sustlashtirish evaziga oila bilan birga bo‘lish vaqtlarini ko‘proq qoldirish imkoniyatini beradigan bunday grafiklar ularni qoniqtirishini aytdilar. Xizmatchilarning bu takliflariga javoban tobora ko‘proq kompaniyalar qulay ish grafigini taqdim etyaptilar. O‘tkazilgan so‘rovnomalardan 259 ta yirik firmalarning 42%i xizmatchilar uchun qulay ish grafigini taqdim etganliklari ma’lum bo‘ldi. Bunday grafiklar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ma’lum vaqt ajratish zarur bo‘lmagan, "oq yoqachalar" ishlaydigan firmalarda kengroq tarqalgan. "Ko‘k" yoki "pushti yoqachalar" ishlaydigan: iste’molchilarni kutib olish va kuzatish, ularning qo‘ng‘iroqlariga javob berish uchun xodim doimo joyida bo‘lishi shart bo‘lgan firmalarda esa, bu grafik kam uchraydi. Qulay grafikning boshqa kamchiliklari ham bor: 1) rahbarlar boshqaruvda ba’zi noqulayliklar his etib, qo‘l ostidagilarining kelib-ketishini kuzatish va nazorat qilishi qiyinroq bo‘ladi; 2) ularning kasbdoshlari ko‘pincha bunday xodimlardan norozi bo‘lib, ularni ishiga nisbatan mas’uliyatsizlikda ayblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |