Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet226/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Nazorat savollar.

  1. Davlat mansabi tushunchasi qayerda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Davlat mansabi- bu dvlat xizmatchisining ish xizmat joyi xisoblanadi.

  2. Davlat mansabi- shijoat birligidir

  3. Davlat mansabi- lavozim darajasi

  4. Barcha javob to’g’ri

  1. Davlat xizmatchilari turlari nechta va ular qaysilar?

  1. 3ta rahbarlar, yordamchilar, ishchilar.

  2. 4 ta rahbarlar, asosiy ishchilar xizmatchilar, ma’muriy hokimiyat vakilllari

  3. 3 ta rahbarlar xizmatchilar menejirlar

  4. 3 ta rahbarlar xodimlar xizmatchilar

  1. Siyosiy sohadagi davlat xizmatchilariga misollar keltirilgan javobni toping.

  1. Ijro etuvchi qonun chiqaruvchi

  2. Xokimiyat xizmatchilar o’qtuvchi

  3. Sud, davlat xavsizligi

  4. Barcha javob to’g’ri

  1. Kotibiyat ishi kabi yordamchi vazifalar qaysi davlat xizmatchilari turiga kiradi?

  1. Siyosiy sohadagi davlat xizmatchilari

  2. Maxsus ma’muriy xizmatdagi davlat xizmatchilari

  3. Nokasbiy xizmatdagi davlat xizmatchilari

  4. Umumiy ko’rinishdagi davlat xizmatchilari

  1. Maxsus xizmatdagi davlat xizmatchilar misollar keltirilga qatorni toping.

  1. Vazirlar ularning o’rinbos lari

  2. Ilim texnik soxadagi xizmatchilar

  3. Prokurorlar o’qituvchilar

  4. Barchasi to’g’ri

  1. Shaxisni yuqori davlat fuqorolik xizmatchisi lavozimiga tayinlash vakolati kadrlarni boshqarish to’g’risiidagi nizomning nechanchi moddasida belgilangan.

  1. 6- moddasida

  2. 8- moddasida

  3. 7- moddasida

  4. 5- moddasida

Davlat xizmatchisi sifatida tayinlanmaydigan shaxislar ko’rsatilgan qatorni belgilang.

  1. Qamoqdagi maxkumlar

  2. OTM bitiruvchilari

  3. Xorijlik fuqorolar

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Boshqaruv kadirlarni malakasini oshirish muddati eng kamida necha soat bo’lishi kerak.

  1. 26 soat

  2. 18 soat

  3. 20 soat

  4. 24 soat

  1. Bank moliya soliq tizimlari boshqaruv kadrlarni malakasini oshirish qaysi tashkilotda amalga oshiriladi?

  1. Davlat boshqaruv akademyasida

  2. Ichki ishlar akademyasida

  3. Bank-moliya akademyasida

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash kasbiy faoliyatidan ajralgan holda necha haftani tashkil etadi.

  1. 18 hafta

  2. 20 hafta

  3. 40 hafta

  4. 16 hafta

O‘zbekiston Respublikasi da kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini takomillashtirish asoslari


Amaldagi me’yoriy hujjat19da ko‘rsatib o‘tilganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi va xo‘jalik funksiyalarini birga qo‘shib olib borish amaliyotidan voz kechish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash hamda ijtimoiy ta’minlashning zamonaviy tizimini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarining malakali mutaxassislar bilan yetarli darajada ta’minlanmayotganligiga, kadrlar malakasining yuklatilgan vazifalar va zamonaviy ehtiyojlarga nomuvofiqligiga, qabul qilinayotgan qarorlar sifatining pastligiga olib kelayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan, davlat fuqarolik xizmatini, shu jumladan nomzodlarni ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olish jarayonini kompleks huquqiy tartibga solishni ta’minlovchi, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish samaradorligi va kompetensiyasini baholovchi mezonlarni, ularning malakasini oshirishga bo‘lgan talablarni belgilovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir kuchiga ega qonun mavjud emas.
Davlat fuqarolik xizmati masalalari bo‘yicha vakolatli organning mavjud emasligi davlat organlari va tashkilotlarida yagona kadrlar siyosatini olib borishga, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zahirasini raqobat asosida shakllantirishga hamda ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida egallanishiga yo‘l qo‘ymayapti. Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatiga kirishda barcha fuqarolarning teng imkoniyatlardan foydalanishini hamda davlat fuqarolik xizmatida professional sifatlar va alohida xizmatlar asosida ko‘tarilib borishni ta’minlaydigan nomzodlarni saralab olishning shaffof mexanizmlari shakllantirilmagan. Shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar orasida barcha darajalardagi davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish, korrupsiyaning yuzaga kelishi, rasmiyatchilik va byurokratiyaga imkon beruvchi sharoitlarni yo‘q qilish maqsadida davlat fuqarolik xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilishning munosib darajasini kafolatlash choralari joriy etilmagan.
Davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida va O‘zbekiston Respublikasi da Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida Farmonda davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:
kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va ob’yektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish hamda ularning xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini qo‘llash;
kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilarini toifalash va ularga malaka martabalari (darajalari) berish orqali xizmat kar’yerasining lavozim pog‘onalaridan bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatining «kar’yeramodeli»ni joriy etish;
nomzodning barcha fazilatlari va ustunliklarini, shu jumladan uning ma’naviy-axloqiy va vatanparvarlik sifatlarini ob’yektiv baholash imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish;
davlat organi va tashkiloti darajasidan (respublika, viloyat, tuman va shahar), xodimning malaka martabasi (darajasi) va shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ish haqini belgilashga nisbatan unifikastiyalashtirilgan talablar o‘rnatilishini nazarda tutuvchi davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashning yagona tizimini joriy etish;
milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zahirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga eng malakali nomzodlarni saralab olish uchun xususiy bandlik agentliklarini faol jalb etish va zamonaviy autsorsing shakllaridan foydalanish;
davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson resurslarini rivojlantirish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, ularni o‘z kasb mahoratini va faoliyat samaradorligini oshirish uchun rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish.
Mazkur me’yoriy hujjat talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi) tashkil qilindi, u davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandi.
Quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari etib belgilandi:
davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish;
Milliy kadrlar zahirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish;
eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish.
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ixtiyoriga o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshida yuridik shaxs tuzmagan holda Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilishi belgilab qo‘yildi (2-ilova).
Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan yo‘nalishlar etib quyidagilar belgilandi:
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi ilmiy va boshqa tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqotchilik ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashovchi vatandoshlarni va xorijiy davlatlarning fuqarolarini jalb etish;
davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimidan foydalanish, texnik qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda tajriba orttirishlarini, shuningdek, geraldika fani rivojlanishi bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida o‘qitish tadbirlari, konferenstiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan chet ellarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirish, shu jumladan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining qaroriga binoan har oylik ustamalarni to‘lash;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar.
Me’yoriy hujjat20 talablariga muvofiq, quyidagi tartib belgilandi:
davlat organlari va tashkilotlari davlat fuqarolik xizmatchilarining ishlab chiqarishdan ajralgan holda har yili qisqa muddatli (30 – 60 soatli) malaka oshirish kurslaridan o‘tishini ta’minlashi shart;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni o‘rgatish qonun bilan belgilanadigan tartibda ajratiladigan Jamg‘armaning grant mablag‘lari, davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tegishli davlat organi va tashkilotining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchisining ish joyidagi lavozimi, o‘rtacha oylik ish haqi va mehnat staji saqlab qolinadi;
davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarga o‘rgatishni tashkil etishga shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, belgilangan tartibda Davlat xizmatini rivojlan-tirish agentligi tomonidan litsenziyalangan nodavlat ta’lim muassasalari jalb etiladi. Bunda, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, yangi kompetensiyalarni o‘rgatish bo‘yicha xizmatlarning davlat xaridlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan tuziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarga muvofiq amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi;
istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish bo‘yicha respublika «Taraqqiyot» tanlovini o‘tkazish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan majburiy tartibda kelishib olinadi.
PF-5843-son Farmonda O‘zbekiston Respublikasi da kadrlar siyosatini va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirishga oid birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, bu dastur quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi:



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish