Yapon Orollari-Sharqiy Osiyoning Yapon dengizi orqali ajralib turgan Yapon orollari 4-ta yirik orol- Xokkaydo,Xonsiyu ,Sikoko,Kyussyularni uladan janubda joylashgan Ryukyu arxipelageni va boshqa mayda orollarni o`z ichiga oladi.Yapon orollari shimoldan janubga tomon 2300 km ziyod masofaga cho`zilgan,maydoni 384000 km2.Yapon orollari Aleut, Kuril va Filippin orollari bilan birgalikda Tinch okean geosinklinal mintaqasiga kiradi.Orollar o`zining shakllanish tarixida paleozoydan boshlab so`ngi davrgacha bir necha burmalanish bosqichlarini boshdan kechirgan.Tog` hosil bo`lish jarayoni ayniqsa Mezozoyda kuchli bo`lib Vulkanlar faol harakat qilgan.Kaynozoyga kelib Mezozoy qurilmalari qaytadan burmalangan.Miogen va antropogenning boshida yuz bergan vertical harakatlar Yapon orollarining hozirgi relif shakllarini vujudga keltirgan.Bu davrda vulkanlar faoliyati kuchli bo`lgan.Yaponiyada mavjud bo`lgan 150 vulkanda 40 tasi hozir ham harakatdagi vulkan hisoblanadi.Aksariyat vulkanlarning konuslari orollar reylefining tuziishida yetakchi ro`l o`ynaydi va ularning eng baland nuqtalari bo`lib xizmat qiladi.Bu yerda seysmik harakatlarning intensivligi yer yuzasining doimiy ravishda o`zgarib turishiga ham ta`sir ko`rsatadi.
Yaponiya orollari tog`lik va servulkan orollar bo`lib , pasttekisliklar kam uchraydi.Orollardagi barcha tog`lar uchun bo`ylama yo`nalish harakterli.Xokkaydo (77,7 ming km2) orolida joylashgan o`rtacha balandlikdagi Kitami va Xidaka tog`lari shimoli-g`arbdan janubi-sharqqa tomon jo`zilgan.Ular granit, kvarzit,ohak tosh va slanslardan tuzilgan.Orolning eng baaland nuqtalari Asaxi (2290 m) Tarumae (1893 m), Maekan (1503m )va boshqa harakatdagi vulkanlar hisoblanadi.Isikari Maekan (1503) va boshqa harakatdagi tog`larni Osima yarim orolidagi tog`lardan ajratib turadi.
Xonsyu Yaponiyaning eng katta oroli bo`lib, uning maydoni 223,4 ming km2, qirg`oq chizig`ining uzunligi 8298 km. Yaponiyaning 75% aholisi shu orolda joylashgan.Uning relefida past va o`rtacha balandlikdagi tog`lar ustunlik qiladi.Tog`lar alp burmalanishi natijasida ko`tarilgan qadimiy tekislangan yuzalaridir. Orolning shimoliy qismidagi tog`lar vodiylar va boltiqlar bilan ajralgan uchta bo`ylama tizmadan iborat.Markaziy qismida Oybosh tizmasi joylashgan.Tizmadagi Ivate vulkani dengiz sathidan 2040 m baland.Bosh tizmadan g`arbda Deva tog`lari, shrqda Kitamaki va Abukuma tog`lari sohil bo`ylab cho`zilgan.Orolning o`rta qismida shimoliy va janubiy tog` tizmalarini birlashtirib turgan Yaponiyaning eng baland, servulkan, seysmik harakatchan,chuqur tektonik uzilmalar bilan kesilgan yirik tog` massivi joylashgan.Bu massivni Buyuk graben deb ataluvchi tektonik cho`kma Tinch okean sohilidan Yapon dengizi sohiligacha kesib o`tgan.Cho`kma vulkanik jinslar bilan to`lgan (3776 m) hamda Yarigatake (3190m),Ontake (3063m),Xunusan(2702m) vulkanlari ajoyib tabiati bilan yuksaklikka qad ko`tarilgan.Buyuk grabendan janubi-g`arbda Yaponiya Alpi deb nom ogan va alp relef shakllari xos bo`lgan Akaisi,Kiso va Xida tog`lari joylashgan.Orolning dengiz sohillarida va tog`oralig`i botiqlarida uncha katta bo`lmagan tekisliklar mavjud.Bular Kanto,Nobi, Kinki,Etigo va boshqa tekisliklardir.Sikoku orolida Surugi (1955m) vulkani va Kyusuyu orolida Kudzyu (1788m), Aso (1592m) va Kirisima (1700m) vulkanlari past tog`lar ustidan yuqoriga bo`y cho`zib turadi.Orollardan janubda 98 ta mayda orollardan tarkib topgan yoysimon shakldagi Ryukyu arxipelagi joylashgan.Yapo orollarining iqlimi mo`tadil va subtropik musson iqlim.Xokkaydo oroli va Xonsyuning shimoliy qismi mo`tadil mintaqada, Xonsyuning oroli va Xonsyuning shimoliy qismi mo`tadil mintaqada, Xonsyuning janubiy qismi,Sikoku, Kyusyu va Ryukyu orollari subtropik mintaqada joylashgan.Yozda tropic musson ta`sirida havo issiq va dim bo`ladi.Shimolda Oyya-Sivo sovuq oqimi tufayli harorat biroz pasayadi.Iyulning o`rtacha harorati shimolda Xokkaydo orolida +170, +210 S ni,janubda Kyusyu orolida +250,=270 S ni tashkil etadi.Qishda suvuq havo massalari Yaponiyaning shimoliy qismiga ko`proq ta`sir etadi va haroratni pasaytiradi.Yanvarning o`rtacha haroratini pasaytiradi.Yanvarning o`rtacha harorati Xakkaydoda -30 , -100 S, Kyusyu orolida +80 S ga teng.Yaponiyaning janubiy qismida tayfunlar tez-tez takrorlanib,Juda katta talofatlar keltiradi.
Yaponiyada daryolar va ko`llar juda ko`p,ammo ular qisqa va kichik.Xokkaydodagi Tesio (491 km) va Iskari(365km) daryolari Yapon dengziga quyiladi.
6.Tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilish
Sharqiy Osiyoning zaminida eng qadimgi kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari yotadi. Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi daryolari keltirgan allyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu hudud Buyuk Xitoy pasttekisligiga mos keladi. Pasttekislikning markaziy qismida uncha baland bo‘lmagan Shandun tog‘i ko‘tarilib turadi.
Buyuk Xitoy pasttekisligining shimoliy qismi iqlimi mo‘'tadil, mussonli, janubi subtropik mussonli iqlimdir. Shimolda qish quruq, sovuq (-6°C), janubda iliq (+3°C) bo‘ladi. Yozi issiq, dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati +26°C. Yillik yog‘in miqdori shimolda 500 mm, janubda 1000 mm. Yog‘inning qariyb 80% i yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Musson yomg‘irlari vaqtida tekislik daryolari juda to‘lib oqadi. Suv toshqinlarining oldini olish maqsadida daryo bo‘ylariga damba - to‘siqlar qurilgan. Bu pasttekislikdan Xuanxe, Yanszi va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Pasttekisliklarda ko‘llar va suv omborlari ham ko‘p. Eng yirik ko‘llardan biri Tayxu ko‘lidir.
Buyuk Xitoy pasttekisligida unumdor qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Ular insonning ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyati natijasida to‘liq o‘zlashilrilgan. Shuning uchun o‘lkaning sharqiy qismidagi fasliy (musson) nam o‘rmonlar zonasi, g‘arbidagi dasht zonalarida antropogen landshaftlar tarkib topgan. Oz bo‘lsa-da, mangra, qarag‘ay, eman, paporotnik, magnoliya o‘simliklari uchraydi. Dehqonlar pasttekislikning shimolida yiliga ikki marta, janubida hatto uch marta hosil yetishtiradilar.
Sharqiy Osiyo o‘lkasining janubiy qismlarini Janubiy Xitoy past burmali tog‘lari egallagan. Bu kichik o‘lka balandligi 2000 m gacha ko‘tarilgan Nanlin va Uishan tog‘laridan tarkib topgan. Bu hududlar iqlim sharoitiga ko‘ra subtropik va qisman subekvatorial mintaqada joylashgan. Musson shamollari past tog‘larga ko‘p yog‘in keltiradi.
Buyuk Xitoy pasttekisligining shimoliy qismi iqlimi mo‘'tadil, mussonli, janubi subtropik mussonli iqlimdir. Shimolda qish quruq, sovuq (-6°C), janubda iliq (+3°C) bo‘ladi. Yozi issiq, dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati +26°C. Yillik yog‘in miqdori shimolda 500 mm, janubda 1000 mm. Yog‘inning qariyb 80% i yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Musson yomg‘irlari vaqtida tekislik daryolari juda to‘lib oqadi. Suv toshqinlarining oldini olish maqsadida daryo bo‘ylariga damba - to‘siqlar qurilgan. Bu pasttekislikdan Xuanxe, Yanszi va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Pasttekisliklarda ko‘llar va suv omborlari ham ko‘p. Eng yirik ko‘llardan biri Tayxu ko‘lidir.Buyuk Xitoy pasttekisligida unumdor qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Ular insonning ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyati natijasida to‘liq o‘zlashilrilgan. Shuning uchun o‘lkaning sharqiy qismidagi fasliy (musson) nam o‘rmonlar zonasi, g‘arbidagi dasht zonalarida antropogen landshaftlar tarkib topgan. Oz bo‘lsa-da, mangra, qarag‘ay, eman, paporotnik, magnoliya o‘simliklari uchraydi. Dehqonlar pasttekislikning shimolida yiliga ikki marta, janubida hatto uch marta hosil yetishtiradilar. Sharqiy Osiyo o‘lkasining janubiy qismlarini Janubiy Xitoy past burmali tog‘lari egallagan. Bu kichik o‘lka balandligi 2000 m gacha ko‘tarilgan Nanlin va Uishan tog‘laridan tarkib topgan. Bu hududlar iqlim sharoitiga ko‘ra subtropik va qisman subekvatorial mintaqada joylashgan. Musson shamollari past tog‘larga ko‘p yog‘in keltiradi. Qadimda bu yerlarda o‘simlik qoplami bargini to‘kadigan va doimiy yashil aralash o‘rmonlardan tashkil topgan. Keyinchalik, bu o‘rmonlar insonning xo‘jalik faoliyati tufayli kesib yuborilgan va ularning o‘rnini madaniy ekinlar egallagan. Faqat tog‘larning baland qismlarida ayrim o‘rmonlar saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |