2.4.3. Plazma yoyi yordamida kukunli va simli materiallarni qoplash tahlili.
Hozirda xaydov traktorlarining yurish qismidagi tutib turish katoklari,
turli o’qlari va qishloq xo’jalik mashinalarining ishchi qismlari asosan po’lat-
45,40X,50G,60G lardan tayyorlanadi. Qayta tiklash jarayonida turli qattiq
qotishmalarning kukunlaridan hamda legirlangan po’lat simlardan va lentalardan
foydalanib kelinmoqda.
Ushbu texnika detallarini plazma yoyi yordamida qayta tiklashda, eyilish
mustaxkamligiga, qoplama materialning qalinligi va sifatiga
asoslanib kukun va sim qoplama materiallari qo’llaniladi.
Kombinatsiyalashgan plazma yoyi yordamida qoplashda koplangan metall
sifati va xossalariga ta`sir ko’rsatadigan asosiy faktorlaridan bir bu ximoya
muxitini to’g`ri tanlashdir.
Plazma oqimini ishlatish bilan qayta tiklanayotgan yuzalarga materiallarni
qoplashda materiallarda kechadigan o’zgarishlarni xar tomonlama o’rganish
maqsadida, hamda qiyosiy baholash ko’rsatkichlarini olish uchun,
kombinatsiyalashgan qoplashda simli qoplama material sifatida
Np -30XGSA va Sv-08G2S markadagi simlar ishlatilgan. Bularga mos
ravishda ishchi gaz sifatida argon, karbonat angidrid va azot gazlari
ishlatilgan. Kukunli material tarkibini tanlashda quyidagi asosiy talablarga
amal qilish kerak:
a) qoplangan qatlamni qo’shimcha legirlash;
b) kukunli materialni uzatish uchun aktiv ximoyalovchi gazlarni qo’llashda
tarkibga ko’p miqdorda oksidsizlantiruvchi elementlarni (kremniy, alyuminiy.
marganets va boshqalar) qo’shish.
Kombinatsiyalashgan qoplash uchun kukunli qoplama material sifatida asosini
temir tashkil etuvchi (sormayt-1, US-25 va FBX-6-2) va nikel asosli (PG-
XN80SR3) kukunli qattiq qotishmalar qo’llanilgan. Lekin, ayrim holatlarda
ijobiy natijalarga erishilmaganligi uchun ijobiy natijaga erishish maqsadida
ularning tarkibiga alyuminiy va kremniy kukunlari qo’shilgan.
Bu moddalarning kukunlarini qo’shilish sabablari quyidagilardan iborat:
1. Kombinatsiyalashgan qoplashda gaz kukunli oqim tarkibi juda katta
axamiyat kasb etadi. Agar qoplashda kukunli materialni tashuvchi hamda
ximoyalovchi muhit vazifasini argon bajarsa, yuqori sifatli qatlam xosil bo’ladi.
Ammo amaliyot ta`mirlash ishlari uchun inert gazlarni qo’llanilishi
xar doim ham iqtisodiy tomondan maqsadga muofiq emas.
2. Argon gazini azot va karbonat angidrid gazlariga almashtirish bo’yicha
qilingan tadqiqotlar yaxshi natija bermadi. Suyultirilgan metall
bilan aktiv gazlarning o’zaro ta`siri suyuq vannani qaynashiga va par xosil
bo’lishiga hamda koplama materialni ko’p miqdorda chachrashiga olib keldi.
3. Bunday nuqsonlarni yo’qotish uchun kombinatsiyalashgan ximoyani
ya`ni ximoyalovchi gaz bilan kukunli qattiq qotishmaga aktiv
oksidsizlantiruvchi moddalar(kremniy, alyuminiy. marganets va boshqalar)
qo’shish zarur. YUqoridagilardan kelib chiqib quyidagi tarkibdagi
kompozitsiyalar: yordamida kombinatsiyalashgan qoplash qo’llanildi va ijobiy
natijalarga erishildi.(jadval 2.9.)
Qoplangan materiallarning eyilishga chidamliligini qisqacha tavsifnomasi
Jadval 2.9.
Plazma yoyi yordamida detallarni turiga qarab turib qoplashda
quyidagi tavsiyalar berish mumkin. Traktor va avtomobillarning tirsakli vallarini
sormayt 80% va PG-XN80SR4 20% kukunlari aralashmasi bilan
foydalanish mumkin. Ushbu moshinalarning va boshqa turdagi texnikalarning
o’qlarini, vallarni ta`mirlash va puxtalash uchun quyidagi kukun aralashmasini
(sormayt 77% + PG-XN80SR4 20% + Alyuminiy 4%), qo’llash mumkin.
Alyuminiy kukuni qo’shilishi natijasida uglerod va boshqa
legirlovchi moddalarning kuyib ketishi sezilarli darajada kamayadi, g`ovaklarni
paydo bo’lishini oldini oladi va katlamni yuqori sifatini
ta`minlab beradi.
Alyuminiy kukuni qo’llanilganda plazma yoyi yordamida qoplash
jarayonini ximoya gazlarisiz amalga oshirishni imkoni yaratiladi va detallarni
tiklash uchun bo’lgan sarflarni ancha kamaytiradi.
Ta`minlovchi (ximoya) gazi sifatida uglerod angidridi SO2 gazini xam ishlatish
mumkin. Bu xollarda alyuminiy kukunini o’rniga ferrosilitsiy kukuni
ko’shiladi 3-6%. Turli detallarni yuzalarini plazma yoyi yordamida qoplash va
purkash jarayonini iqtisodiy tamonlarini ancha kamaytirish maqsadida qoplash
materialining quyidagi optimal tarkibdan tuzilgan – sim Np-30XGSA (72%)
va kukun Sormayt-1 (28 %). foydalanish mumkin: Qoplama metalning qattiqligi
NRS-55 gacha bo’ladi.
2.5. Payvandlash usullarida qo’llanadigan ishchi gazlar
haqida umumiy ma`lumot.
Payvandlash bilan qoplash va purkash usullarda qo’llanadigan ishchi
gazlar asosan ikki xil vazifani bajarishga mo’ljallangan, ya`ni ximoya
muxitini yoki yonuvchi gaz vazifasini.
Payvandlashda, qoplashda va purkashda ishlatiladigan ximoya gazlari
barchasi ikkita guruxga bo’linadi: faol gazlar, ya`ni ular metallarda eriydi
va ular bilan riaktsiya beradi (azot, vodorod, karbonat angidridi SO2) xamda inert
gazlari (argon, geliy).
Karbonat angidridi SO2 asosan qora metallarni payvandlashda va
qoplashda qo’llanadi. Bu gaz asosan ximoya muxitini bajaradi va kerak
bo’lganda kukun materiallarni uzatuvchi vositasini bajaradi.
Sanoatda karbonat angidridi gazi suyuq xolatda ishlab chiqiladi va po’lat
ballonlarda 7,5 MPa bosimda tarqatiladi.
Vodorod N2 gazi asosan po’latdan tayyorlangan buyumlarni gaz alangasi
yordamida payvandlashda va qoplashda qo’llanadi. U kislorod bilan
aralashgandan so’ng portlovchi aralashmani xosil qiladi. Vodorodni suvdan
elektroliz, vodorod tarkibiga kirgan gaz aralashmalaridan yoki suv bug`idan
parchalash yo’li bilan olinadi.
Vodorodni saqlash va kerakli joylarga etkazish uchun po’lat ballonlarga
15 MPa bosimda qadaladi. Vodorod gaz alangasi yordamida xamda plazma
yoyi yordamida ko’prov kesish jarayonida qo’llanadi. Azot N mis, uning
qotishmalaridan va po’latlardan tayyorlangan detallarni payvandlashda va
qoplashda qo’llanishi mumkin. Bu gaz payvandlash yoki qoplash jarayonida
metall bilan reaktsiyaga kirishganda erimaydigan nitridlar hosil qiladi yoki
metall chokida erib ketadi.
Sanoatda azot gaz xolatda ishlab chiqiladi va po’lat ballonlarda 15
MPa bosimda tarqatiladi. Istiqbolli usullarda bu gaz ko’proq ximoya muxitini
vazifasini bajaradi.
Argon Ar asosan qora va rangli metallardan tayyorlangan detallarni
payvandlash, qoplash va purkash usullarida qo’llanadi.
Sanoatda argon gaz xolatda ishlab chiqiladi va po’lat ballonlarda 15 MPa
bosimda tarqatiladi. Argon gazi nisbatan qimmat bo’lganligi uchun uni boshqa
gazlar bilan aralashmasini qo’llash tavsiya etiladi.
Geliy inert gazi bo’lganligi sababli uni ko’p istiqbolli usullarda ishlatish
mumkin. Geliy gazini qo’llashda yuqori sifatli qoplamalar olish
mumkin. Lekin, bu gaz nayob va narxi ancha yuqori bo’lganligi sababli uni
faqat qimmatbaxo va ta`mirlash uchun nozik bo’lgan detallarni qoplashda
qo’llanishi tavsiya etiladi.
Gaz alangasi yordamida payvandlashda, qoplashda va purkashda yonuvchi gaz
sifatida atsetilendan tashqari metan, propan, koks, shaxar gazlaridan kerosin
bug`idan xamda ularning aralashmasidan foydalanish mumkin. YOnuvchi
gazlarning tasnifi 2.10 jadvalda keltirilgan.
Sanoatda alangani xosil qilish uchun yuqorida keltirilgan gazlardan
tashqari turli portlovchi moddalardan ham foydalanish mumkin. Bu
moddalarga asoslangan usullar turli sabablarga xozirda unchalik tarqalmagan.
YOnuvchi gazlarning tasnifi
Jadval-2.10.
Ayrim payvandlash uchastkalarida yuqorida keltirilgan gazlarni
quvurlardan foydalanib uzatib beriladi. Aksariyat gazlar esa ballonlarga damlab
yoki quyilib payvandlash uchastkalariga olinib kelinadi. Gaz ballonlarining
umumiy ko’rinishlari rasm 2.5. keltirilgan
Rasm 2.5. Ayrim gaz ballonlarining umumiy ko’rinishi
III.ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH.
3.1. Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini xisoblash.
Ta`mirlash korxonasining asosiy parametrlari jumlasiga kuyidagilar
kiradi: TXK va ta`mirlash soni bilan ifodalanadigan dastur, bajariladigan
ishlarning ish vaqti soatlaridagi sermexnatliligi; ish tartibi va vakt fondlari;
ishlab chikarish maromi, mashinalarni ta`mirlash muddati; ishchi o’rinlari,
ishchilar, uskunalar va maydonchalar soni.
Qishloq xo’jalik texnikasini ta`mirlash yillik dasturini aniklash usullari.
Fermer xo’jaliklarning va boshka turdagi ish yuritish sub`ektlarining traktorlar,
avtomobillar, kombayinlar va qishloq xo’jalik mashinalarini ta`mirlash yillik
dasturi mashinaning xar kaysi markasi bo’yicha ta`mirlash va murakkab texnik
xizmat ko’rsatish turlari soni va muddatlarini xisoblash asosida tuziladi.
Kuyidagilar xisoblashlarni tuzish uchun dastlabki ma`lumotlar sifatida xizmat
kiladi: fermer xo’jaligi yoki MTP xo’jaligi mexanizatsiyalashtirilgan
guruxining yillik ishlab chiqarish topshirigiga muvofiq mashinani ish bilan rejali
ta`minlash; mashinaning oxirgi kapital yoki joriy ta`mirlashdan (agar oxirgisi
joriy bo’lgan bo’lsa) rejalanadigan yil boshigacha bajargan ish xajmi;
mashinaning texnik xolati; mashinaning ta`mirlashlar orasida bajargan ish xajmi.
Ta`mirlanadigan mashinalar sonini (ishlab chikarish dasturi) kuyidagi
usullarning biri yordamida aniklash mumkin: analitik, grafik va jadval usuli.
Analitik usul mashinalarni ish bilan rejali ta`minlash va ularning
ta`mirlashlar orasida bajargan ish xajmi orasidagi bog`lanishni xisobga oladi.
Topilgan xisoblash ma`lumotlarini jamlab, bir yilda ta`mirlanadigan
mashinalar sonini topamiz.
Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini (parametrlarini) xisoblash
uchun:
1. Hisoblanayotgan xudud yagona o’lchagichlar xisobida yoki xudud bo’yicha
traktorlar va mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning umumiy xajmini aniklash.
2.Mashinalar va uskunalarga TXK va ta`mirlashdada solishtirma mexnat sarfi
normalarini aniklash xamda tanlash.
3.Ko’rib chikilayotgan zona yoki xo’jalikda foydalanish taxmin kilingan
traktorlarning markalari bo’yicha traktor ishlari xajmini taksimlash.
4.Solishtirma normalarga ko’ra mashinalarga TXK va ta`mirlashda
sarflanadigan umumiy mexnatni xisoblash.
5.Mashinalar va uskunalarga TXK va ta`mirlash ishlarining umumiy xajmini bu
ishlar bajariladigan joyda taksimlanishi va tuzatishlar kiritilishi
(ixtisoslashtirilgan korxonalarda ishlar samaradorligining ortishi tufayli mexnat
sarfining kamayishi).
6.Ta`mirlash bazasi turli zvenolarining etishmaydigan kuvvatlari va talab
kilinadigan kapital mablag`larni aniklash.
Traktor va mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning umumiy xajmi zonadagi turli
tuman dala ekinlarining fizik (tabiiy) maydonlarini tegishli ko’chma
koeffitsientlarga ko’paytirib olinadi. Viloyat (respublika), tuman yoki fermer
xo’jalik bo’yicha traktor va mexanizatsiyalashtirilgan boshka ishlar xajmi besh
yillik muddatga yoki belgilangan boshka xisoblash sanasi uchun olinadi.
Ishlar xajmini bajariladigan joyda taksimlash. Mashinalarga TXK va
joriy ta`mirlash sodda bo’lgan ishlar xajmi 50-52%ni, kapital ta`mirlashni o’z
ichiga oladigan murakkab ta`mirlash ishlarining xajmi 48-50%ni tashkil kiladi.
Kishlok xo’jaligida MTPga TXK va ta`mirlash tajribasidan umumiy
ishlar xajmini kuyidagi ravishda taksimlash mumkin:
1.kismlarga ajratish, yig`ish, rostlash va sinash ishlari-60%;
2.mashina va detallarni tashki yuvish-6%;
3.chilangarlik—mexanik ishlar-8%;
4.payvandlash usullardagi va temirchilik ishlar -24 %;
5.bo’yash-2 %.
Korxonaning vakt fondlari kuyidagicha aniklanadi:
a) ishchilar va uskuna ishining yillik nominal vakt fondi
Fi.u=(di*tsm-dd*tk)*n, (3.1)
bu erda di-yildagi ish kunlari soni (6 kunlik ish xaftasida
di =305);
tsm-smenaning uzunligi (8 soat);
dd-dam olish va bayram kunlari soni (dd = 58 kun);
tk-dam olishdan oldingi va bayramdan oldingi kunlarda
smenani kiskarish vakti;
n-smenalar soni (n=1 da Fi.u.=207 soat, Fi=207 soatga teng).
b) ishchilar ish vaktining xakikiy yillik fondi
Fi.x= (Fi.u.+ d0*tsm)ηi.v. (3.2)
bu erda d0-bir yilda otpuska ish kunlarining umumiy soni:
ηi.v.-ish vaktidan foydalanish koeffitsienti (ηi.v=0,97).
(Fi.x.=1840 soat)
v) uskunalar ish vaktining xakikiy yillik fondi
Fu.i.=Fi.u-ηo-n, (Fu.i.=2030 soat) (3.3)
bu erda ηo uskunadan foydalanish koeffitsienti (ηo=0,98).
Kuyida ta`mirlash korxonalarining ishlab chikarish
ishchilari sonini xisoblash keltirilgan:
1)ishchilarning bir yildagi o’rtacha soni
Ro’.r.=Tj/Fi.x. (3.4)
bu erda Tj— korxona ishi yilda talab kiladigan jami
mexnat, kishi-soat;
F — ishchining yillik vakt fondi, soat,
2) i.x — ishlab chikarish ishchilarining ro’yxatdagi soni
Ro’.r.=Tj/Fi.u. (3.5)
3)ishlab chikarishda ishga kelgan ishchilar soni
Ri.k.=Tj/Fi.x.*ηi.v. (3.6)
Ish o’rinlari sonini xisoblash:
1)xar bir ish o’rni bo’yicha ishchilar soni kuyidagi formula
bilan aniklanadi:
Ri.o’.=Ti.o’/τ (3.7)
bu erda Ti.u—ma`lum ish o’rnida ishlarni sermexnatliligi,
kishi-soat;
τ—umumiy ta`mirlash maromi;
2)xar bir ish joyida ishchining ish bilan ta`minlanishi
kuyidagicha aniklanadi;
It=Ri.k./Rr*100% (3.8)
3)ish o’rinlari (It) soni
Io’=Ti.o’./τ*Ri.o’. (3.9)
bu erda Ri.o’.-ayni ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan
ishchilarning umumiy soni, kishi;
Ti.o’. — xar bir ish o’rni bo’yicha ishlarning sermexnatliligi, kishi-soat.
3.2.Eyilgan detallarni qayta tiklash ishlab chiqarish uchastkasini tashkil etish
Mavjud mashina traktor parklarida va AGROMASHSERVIS korxonalarida,
qoidalarga asosan, ishdan chiqqan va eyilgan detallarni qayta tiklash
uchastkalari bo’lishi kerak. Uchastkalar MTPning yoki AGROMASHSERVIS
korxonasining xajmiga va ta`mir qilinadigan mashinalarning turiga bog`liq
bo’ladi.
Uchastkalar odatda xilma-xil shakl va turdagi detallarni qayta tiklashga
mo’ljallangan universal stanoklar bilan jixozlangan bo’ladi. SHu turdagi
uchastkalar jixozlari xam slesar-mexanik uchastkalari jixozlarni
joylashtirishning qoida va normalari kabi qoidalar asosida joylashtiriladi.
Payvandlab qoplab qayta tiklash uchastkasining tuzilishi, ishlab
chiqarish maydonining xajmi, ish joylarining soni bartaraf etiladigan
nuqsonlarning
xususiyatiga,
qo’llaniladigan materiallarga, payvandlash
usullariga, qayta tiklanadigan detallarning vazifasi, o’lchamlari va shakliga,
AGROMASHSERVIS korxonasi yoki MTPning turiga, uning quvvatiga va
mutaxassislashtirilganlik darajasiga bog`liq bo’ladi.
Eyilgan detallarni qayta tiklash uchastkasida umumiy ishlarga
mo’ljallangan tokarlik stanogi, jilvirlash stanogi, charxlash dastgoxi, slesarlik
stoli, turli asbob-uskuna va shkaflar bilan bir qatorda turli payvandlash
qurilmalari bo’ladi.
Detallarni qayta tiklash uchastkasining ish xajmi, ishchilar soni,
jixozlarning turi va soni, ishlab chiqarish maydoni va shunga o’xshash asosiy
ko’rsatkichlarini ta`mirlash korxonalarini loyixalashdagi kabi uslublarda
xisoblanadi.
Eyilgan detallarni qayta tiklashning yillik ish xajmi quyidagicha
aniqlanadi:
Tyx=WTdA
bu erda: W – qayta tiklanadigan detallarning yillik soni,
Td – bitta detalni qayta tiklashga sarflanadigan ish xajmi, a – yillik dasturning
o’zgarishini xisobga oluvchi koeffitsient. Donali vaqt quyidagicha aniqlanadi:
Td = Ta + Ttt/n
bu erda: Ta – bitta letalni qayta tiklashga ketgan asosiy vaqt;
Ttt – detalni qayta tiklashga tayyorlash va tugatishga ketgan qo’shimcha vaqt.
Asosiy vaqt quyidagilardan tashkil topadi:
Ta = To + Tq + Ttxk + Tdt
bu erda: To-operatsiya vaqti; Tq-qo’shimcha vaqt; Ttxk-ish joyiga texnik xizmat
ko’rsatish vaqti; Tdt-dam olish va tanaffuslar vaqti. SHundan so’ng umumiy
ish xajmi yillik qayta tiklashlar soni bo’yicha aniqlanadi.
Ishchilaring yillik vaqt fondi - yillik ish kunlari soni, smenaning davomiyligi,
smenalar soni, dam olish va bayram kunlari soni, otpuska kunlari soni,
qisqartirilgan kunlar soni, ish vaqtidan foydalanish koeffitsientlari kabilar
asosida xisoblab topiladi.
Stanoklar va uskunalarning yillik ish vaqti fondi – yillik ish vaqti,
uskunadan foydalaish koeffitsienti, smenalar soni kabilar asosida xisoblab topiladi.
Ishchilar soni eyilgan detallarni qayta tiklash uchun talab etiladigan yillik umumiy
ish xajmini bir ishchining xisoblab topilgan yillik ish xajmiga bo’lish orqali
topiladi.
bu erda: ΣΤ - eyilgan detallarni qayta tiklash uchun talab etiladigan yillik
umumiy ish xajmi; F
Y
- bir ishchining hisoblab topilgan yillik ish hajmi.
SHu asosida stanok va dastgoxlar soni va ishlab chiqarish maydonlari
xisoblab topiladi. Ishlab chiqarish maydonini hisoblashda stanokning
egallaydigan maydoni, ishchining egallaydigan maydoni, qo’shimcha
jixozlarning egallaydigan maydoni va ularga o’tishni xisobga oluvchi o’tish
koeffitsientlari kabilar xisobga olinadi.
Misol tariqasida, gaza alangasi yordamida qoplash va purkash uchastkasining
jixozlarning joylashish sxemasini keltiramiz.
Qayta tiklash uchastkada jixozlarning joylashish sxemasi rasm 3.1. keltirilgan
Rasm 3.1. Qayta tiklash uchastkada jixozlarning joylashish sxemasi.
1- gaz ballonlari; 2-asbob uskunalar uchun shkaflar; 3-gaz alangasi yordamida
qoplash (purkashsh) uskunasi; 4-kukun quritish pechi; 5- qayta tiklanadigan
detallar uchun stellaj; 6-tiklangan detallar uchun stellaj; 7-tokarlik stanogi; 8-
jilvirlash stanogi; 9- charxlash dastgohi; 10-slesarlik stoli.
Boshqa usullar uchun qayta tiklash uchastkasining xajmi, jixozlarning
joylashish sxemasi va jixozlarning turlari o’zgarishi munosabati bilan bu
uchastkani loyxasi o’zgaradi.
IV. IQTISODIY QISM
4.1. YAngi usul bilan detallarini qoplash, qayta tiklash va puxtalashning
iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash.
Eyilgan detallarni biz tanlagan yangi usulda qayta tiklash iqtisodiy samarasi
ushbu usulning turli va ko’p qirrali afzalliklari hisobga olinadi. Bunda bir-
biridan tubdan farq qiluvchi va aniq detallar guruhiga xos bo’lgan holatlarni
belgilab olish kerak. YOki iqtisodiy samaradorlikni xisoblashda quyidagi
yo’nalishlardan foydalanish mumkin.
1.Qayta tiklashning mavjud va yangi taklif etilayotgan usullarini bir-biriga
solishtirish orqali .
2.Taklif etilayotgan usul yordamida qayta tiklangan detalning texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarini yangi detalning ko’rsatkichlari bilan solishtirish orqali.
3. Taklif etilayotgan usul yordamida eyilgan detallar qayta tiklanibgina
qolmay, ularning eyilishga chidamliligi ham bir necha marta ortishi va buning
oqibatida detallarning ishlash muddati sezilarli darajada ortirishiga erishilishi.
4.Tiklamoqchi bo’lgan detallarimizni yangi va eski usullari bilan qoplash
imkoniyati mavjudligi.
Donali vaqtni, ish razryadini, bir vaqtning o’zida ish bilan mashg`ul
ishchilar sonini va tarif setkasini bilgan holda ish hajmining puldagi ifodasini
topish mumkin. Bu ko’rsatkichlar ishlab chiqarish normativlarida berilgan bo’ladi.
Qayta tiklash tannarxi mehnat sarfidan tashqari, yana elektroenergiya, payvandlash
materiali, qo’shimcha materiallar, jihoz va binolar amortizatsiyasi kabi qator
harajatlarni o’z ichiga oladi. Har bir sarf-xarajat o’lchashlar, kuzatishlar va
normativlar asosida aniqlanadi.
Aniqlangan tannarx asosida taklif etilayotgan qayta tiklash usulining
mavjud usullarga nisbatan yoki loyihalanayotgan boshqa yangi usullarga
nisbatan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Usulning maqsadga
muvofiqligini aniqlash iqtisodiy samaradorlik orqali amalga oshiriladi.
YAngi texnologik jarayon mavjud texnologiyaga nisbatan mahsulot sifatini
ortishini ta`minlagani uchun (masalan, mashinaning xizmat muddatini), yillik
iqtisodiy samaradorlik quyidagicha aniqlanadi:
bu erda: S1 ,S2 - mavjud va yangi texnologiya bo’yicha qayta tiklangan
detal yoki birikmaning tannarxlari; K1 ,K2 – mavjud va yangi texnologiyani joriy
qilish uchun qo’shimcha kapital ajratmalar; T1 va T2 – mavjud va yangi
texnologiya bo’yicha qayta tiklangan detal yoki birikmaning xizmat
muddatlari; Nkt – mavjud va yangi texnologiya bo’yicha qayta tiklanadigan
detal yoki birikmalarning yillik hajmi; En – kapital ajratmalarning normativ
koeffitsienti (En = 0,15).
Mavjud va yangi texnologiya bo’yicha qayta tiklangan detal yoki
birikmaning tannarxini hisoblashda uni metallomga topshirish narxi hisobga
olinadi va u quyidagicha hisoblab topiladi:
bu erda Six – ish xaqi harajatlari, so’m
bu erda Ssix – ishchilarning soatlik ish xaqi, so’m
Td - bitta detalni qayta tiklash uchun sarflangan vaqt, soat
Kd - qo’shimcha ish xaqini hisobga oluvchi koeffitsient
K2 - ish joyiga xizmat ko’rsatish koeffitsienti
Cm – material sarfi, so’m
bu erda Smb – payvandlash materialining narxi, so’m
Tm - detalni qayta tiklash uchun material sarfi, kg
Cqold – detalning qoldiq bahosi, so’m
Ca – amortizatsiya chegirmalari, so’m
Bino uchun
bu erda B - ishlab chiqarish maydoni, m2
S - bir kv. metr ishlab chiqarish maydonining narxi, so’m
a - binoning amartizatsiya chegirmalari
Jihozlar uchun
Jihozlarni joriy ta`mirlash uchun
Cjor. ta`m. – jihozlarni joriy ta`mirlash uchun harajatlar, so’m
Do'stlaringiz bilan baham: |