O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI
KASBIY TA’LIM KAFEDRASI
5111000- Kasb ta’limi (5310600-Yer usti transport tizimlari va ularni
ekspluatasiyasi) ta’lim yo‘nalishi
talabasi
Haydarov Husniddinning
«Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan tiklashda
qo’llaniladigan payvandlash materiallari tahlili » mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
“Himoyaga tavsiya etilsin”
Fizika matematika fakulteti
dekani __________ prof. A.Tashatov
“____” _____________2016 yil
Ilmiy rahbar: I.Qosimov
Qarshi – 2016 yil
KIRISH……………………………………………………………………………3
I.UMUMIY QISM
1.1. Mashinalar ishonchliligi bo’yicha asosiy tushunchalar…….....…………..….5
1.2. Detallarni qayta tiklash tajribasidan qisqa ma`lumotlar …..………………….5
1.3. Payvandlash, qoplash usullari bo’yicha umumiy ma`lumotlar………………10
II. ASOSIY QISM
2.1. Payvandlash, qoplash va purkash usullarida qo’llaniladigan
materiallar xaqida umumiy ma`lumotlar…………………………...……….........25
2.2.Payvandlash, qoplash, purkash simlari va lentalari. .………………...............25
2.3. Payvandlash, qoplash, purkash kukunlari va kompozitsion materiallar..........29
2.4. Ayrim istiqbolli usullar bilan qoplashda va purkashda qo’laniladigan
aralashma materiallarning taxlili………………………………………….............32
2.4.1. Gaz alangasi bilan kukunli materiallarni qoplash…………………..............32
2.4.2. Kontakt payvandlash usuli bilan kukunli materiallarni qoplash…...............34
2.4.3. Plazma yoyi yordamida kukunli va simli materiallarni qoplash tahlili.36
2.5. Payvandlash usullarida qo’llanadigan ishchi gazlar xaqida umumiy
ma`lumot…………………………………………………………………………38
III.ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH QISMI
3.1. Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini hisoblash.................... 41
IV. IQTISODIY QISM
4.1. YAngi usul bilan detallarini qoplash, qayta tiklash va puxtalashning
iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash………………………..............46
V. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI
5.1.Umumiy ma`lumotlar………………………………………………………...50
5.2.Payvandlash, qoplash va purkash usullarida texnika xavfsizligi….............57
VI. XULOSALAR VA TAKLIFLAR…………….…………………………......54
VII. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………...………………….56
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Transport vositalarini jadal
rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish, yoki
boshqacha aytganda, ilmiy-texnik rivojlanishning yutuqlariga asoslangan yangi
texnika va texnologiyalarni avtomobil ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish
hisoblanadi.
Ushbu muammoni echish maqsadida oxirgi yillarda O’zbekiston
xududiga AQSH, Germaniya, Koreya, Xitoy, Rossiya davlatlarida zamon
talablariga javob beradigan va u yerlarda ishlab chiqilgan avtomobil jihozlari va
qismlari olib kelinmoqda. Lekin, O’zbekistonga yangi texnika olib kelinishi
texnikaga bo’lgan ehtiyojini yaqin o’rtada bari-bir qoniqtirmaydi. SHu sababli
mavjud texnikalarni yangi texnologiya, texnikalar yordamida tiklash, ularning
mustahkamligini oshirish va ishlash muddatini uzaytirish dolzarb masala bo’lib
qolmoqda.
Tadqiqot predmeti va ob’ekti: Transport vositalaida ishlatiladigan detallar
va uzellarni tiklash, avtotransport korxonalari va MTPlar hududlarida tashkil
qilinadi.
BMIning
maqsadi:
Yeyilgan
detallarni
tiklashda
qo’llaniladigan
payvandlash materiallarini tahlil qilish va detallarni tiklashning istiqbolli
usullaridan avtomobilsozlikda ishlab chiqarishini yangi namunadagi mashina
va jihozlar bilan texnik va texnologik yangilashda, ularni son jihatidangina emas,
balki, sifati va ishonchliligini ham oshirish, ayniqsa, buzilmasdan ishlashi, xizmat
muddati va saqlanuvchanligini oshirish ham ko’zda tutiladi.
BMI ning vazifasi:
1.Mashinalar ishonchliligi bo’yicha asosiy tushunchalarni ilmiy va nazariy jihatda
tahlil qilish.
2. Payvandlash, qoplash usullari bo’yicha umumiy ma’lumotlarni o’rganib chiqish.
3. Payvandlash va qoplash ishlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan jihoz va
uskunalarni konstruksiyasi, ishlash prinsipini o’rganish.
4. Payvandlash, qoplash va purkash usullarida qo’llaniladigan materiallar haqida
umumiy ma`lumotlar to’plash va fizik,kimoyiy tarkibini o’rganish.
5. Istiqbolli usullar bilan qoplashda va purkashda qo’laniladigan aralashma
materiallarning taxlil qilish.
6. Ta`mirlash korxonasining asosiy ko’rsatkichlarini hisoblash.
7. Payvandlash, qoplash va purkash usullarida bilan ishlashda texnika xavfsizligi
va gigenasi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Mavzuni o’rganilishining qiyosiy tahlili: Bugungi kunda xalq xo’jaligining
avtomobilsozlik, avtomobillar yo’llarini hamda binolar qurilish kabi
sohalarida ishlab chiqarilayotgan mashina, jihoz va asbob-uskunalarda ilmiy-
texnik rivojlanish yutuqlarini joriy etish, yangi turdagi istiqbolli materiallardan
keng foydalanish natijasida ularning sifat va ishonchlilik ko’rsatkichlari tez
sur`atlar bilan ortib bormoqda. Avtomobilsozlik sohasida ham mavjud
texnikalarga texnik xizmat ko’rsatish va ta`mirlash bo’yicha yangi tizim joriy
etildi..Ammo hukumatimiz tomonidan mashinalar sifatini va ishonchliligini
oshirish borasida amalga oshirilayotgan yangi va samarali chora-tadbirlarga
qaramasdan qishloq xo’jaligida xizmat muddati tugagan, sifati va ishonchliligi
bugungi kun talabiga javob bermaydigan texnikalardan ham foydalanilmoqda.
Bunga detallar resursini mashinaning umumiy resursidan kamligi asosiy sabab
bo’lmoqda.
BMI ning ilmiy yangiligi.
Yeyilgan detallarni istiqbolli usullar bilan tiklashda
qo’llaniladigan payvandlash materiallari tahlili bo’yicha,
tarkibida qattiq
qotishmalari bo’lgan kukun kompozitsion materiallar, qayta tiklangan yuzaning
geterogen strukturali bo’lishini taminlab, o’zining yuqori qattiqligi va boshqa
o’ziga xos xossalari tufayli, qayta tiklangan detallarning abraziv va boshqa
eyilish mexanizmini yaxshi tomonga o’zgartirib ularning eyilishga chidamliligini
o’nlab martoba ortishini taminlashi aniqlandi.
BMI ning amliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida qayta tiklangan detallarni
mashinaning butun xizmat davrida almashtirilmaydigan detalga aylantirish
mumkin bo’ladi.
I.UMUMIY QISM
1.1. Mashinalar ishonchliligi bo’yicha asosiy tushunchalar
Har qanday avtomobilni ishlatish samaradorligi ko’pincha ularning yig`ish
birliklari va detallarning ishonchliligiga bog`liq.
Ishonchlilik birinchi ishga tushirilgan yangi mashina uchun xam,
kapital remont qilingan mashina uchun xam muxim.
Mashinaning ishlashi jarayonida uning detallari ish sirtlarining shakli turli
yuklamalar va atrof-muxit ta`sirida asta o’zgara boradi; qo’zg`aluvchan
birikmalardagi oralik masofasi o’zgaradi va qo’zg`almas birikmalardagi
taranglik buziladi;
detallarning elastikligi, magnitlanuvchanligi va boshqa xususiyatlari
yo’qoladi;
ularning o’zaro joylashi buziladi; natijada shesternyalarning tishlashish
sharoitlari yomonlashadi, qo’shimcha yuklar va titrashlar paydo bo’ladi;
qurum va quyqa qatlamlar xosil bo’lib, qizigan detallardan issiqlik chiqib
ketishi susayadi va xakazo. Natijada mashina ishonchliligniing asosiy
ko’rsatkichlari pasayadi va yomonlashadi.
1.2.Detallarni qayta tiklash tajribasidan qisqa ma`lumotlar
Transport vositalarini ta`mirlash jarayonida 70% xarajatlar yangi zaxira qismlarni
olish va ularni ishdan chiqqan detallarni almashtirishga sarflanadi. Detallarni 85
% da eyilish chegaralari 0,3 mm dan oshmaydi. Ularning qoldiq resurslari 60%
va undan yuqori bo’ladi, faqat 20% ni qayta tiklash imkoniyati yo’q.
Tiklangan zaxira qismlar, rivojlangan mamlakatlarning bozorida, aksariyat
ko’pchilikni tashkil etadi va ularning narxi yangi detallarga nisbatang 1,5-2,5
barobar orzon bo’ladi hamda ishlash muddati yangiga nisbatan kam emas.
Hozirda texnikalarni va zaxira qismlarning narx-navosi ancha yuqori
bo’lganligi sababli transport vositalari mahsulatlarini ishlab chiqaruvchi
korxonalar qayta tiklangan detallardan foydalanishga majbur bo’lmoqda. Transport
vositalarini ta`mirlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishda detallarning
qoldiq ish muddatidan foydalanish katta axamiyatga ega.
Avtotraktorlar va qishloq xo’jalik mashinalarining barcha detallarni ish
muddatlariga qarab uch guruxga bo’lish mumkin.
Birinchi guruxga o’z ish muddatini to’liq o’tagan va ta`mirlash paytida
yangisi bilan almashtirilishi lozim bo’lgan detallar kiradi. Bunday detallar
nisbatan oz bo’lib, barcha detallar sonining 25-30 % tashkil etadi.
Bu guruh detallarga porshenlar, porshen xalqalari, podshibniklarning
vkladishlari, turli vtulkalar, dumalanish podshibniklari, rezinatexnik buyumlar
va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh detallarni (25-30 %) ta`mirlamasdan yana ishlatish
mumkin. Bu guruh detallarga ish sirtlari joiz chegarada eyilgan detallar kiradi.
Uchinchi guruhga detallarning asosiy (40-50%) kiradi. Ulardan
ta`mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruhga ancha
qimmat va murakkab shakldagi detallar, masalan, tsilindrlar bloki, tirsakli val,
uzatmalar qutisining karteri, orqa qo’prik, taqsimlash vali va shular kabi qisimlar
va detallar kiradi. Bu detallarni tiklash narxi ularni tayorlash narxining 10-50
% dan oshmaydi.
Transport vositalarini ta`mirlash, iqtisodiy samaradorligini oshirishning
asosiy manbai ikkinchi va uchinchi guruh detalarining qoldiq
ish muddatidan foydalanishdan iborat.
Adabiyotlardagi malumotlarga ko’ra qayta tiklanuvchi detallar geometrik
shakli, nuqsonining xususiyati va texnologik xususiyatining umumlashganligiga
qarab xam klassifikatsiyalanishi mumkin. Detallarni klassifikatsiyalash
namunaviy va boshqa turdagi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, bir-biriga
o’xshash detallarni tiklashda qo’llash uchun universal texnologik jihoz va
moslamalar yaratish, qulay ish joyini yaratish, ishlab chiqarishni ratsional
tashkil etish kabilarga imkon beradi. Akademik SH.U.Yo’ldoshev qayta
tiklanishi mumkin bo’lgan detallarning quyidagi (1.1-rasm) sodda va qulay
geometrik shakllarini ko’rsatgan.
Rasm 1.1. Detallarining ishchi yuzasi bo’yicha klassifikatsiyasi
SHakli bo’yicha detallar sirtining eyilishi quyidagicha taqsimlanadi:
tsilindrik sirt 52 %, konussimon va sferik sirt 3 %, shlitslar 3 %, pazlar,
ariqchalar, lisonlar 5 %, rezbalar 10 %, tekis sirt 1 %, shesternya tishlari
2 %, profil va fason sirtlari 1 % tashkil etadi.
A.V.Polyachenko texnik xujjatlarda transport vositalarining qayta tiklash
ko’zda tutilgan 430 nomdagi detallarning eyilish turlarini o’rganish natijasida
ularni asosiy turlari bo’yicha quyidagi taqsimlanishini aniqlagan: abraziv,
gidroabraziv va gazoabraziv eyilishlar 47 % ni, fretting-korroziyadagi
eyilishni 16 %, adgezion va erozion eyilishlar 14 %, toliqib eyilish 12 %,
boshqa eyilishlar 11 %.
Mashina detallarida uchraydigan nosozliklarning turlari bo’yicha tarqalish
darajasi esa 1.2. rasmda keltirilgan.
Rasm 1.2. Mashina detallarida uchraydigan nosozliklarning
turlari va tarqalish darajasi
Qashqadaryo viloyati avtotraktor, qishloq xo’jalik mashinalarining tez
eyiluvchi, hamda eyilish natijasida ishdan chiqib, mexanizm va mashinalarning
ish resursini kamaytiruvchi detallari, jumladan,
GAZ-53A, ZIL-130, MAZ-500
,
DAMAS avtomobillari uzatmalar qutisi vallari, VOM (kuch uzatish vali),
etaklovchi g`ildirak yarim o’qi, rezbali detallar, taqsimlovchi val, oldingi
ko’prik yarim o’qi, tirsakli vallar, plunjer juftliklari, Isuzi avtobuslari suv
nasoslarining vallari, roliklari, shlitsali vallari va h.k. kabi 50 dan ziyod nomdagi
detallarning eyilish darajasi aniqlandi va adabiyotda bor malumotlar bo’yicha
barcha materiallar tahlil qilindi.
Unga ko’ra ATK va xo’jaliklarda qo’llanilayotgan avtotraktor, qishloq
xo’jalik texnikalarida eyilgan detallarning aksariyat qismi, ya`ni 85-87%
“val” shaklidagi detallardir. Ayniqsa, transmissiya, shassi vallari murakkab
shaklga va ko’p metall sig`imiga egaligi, hamda, nisbatan qimmatbaholigi
bilan ajralib turadi. Bularda eyilish asosan 0,3 mm gacha
ekanligi aniqlandi.
Uch xil markadagi avtomobillar qayta tiklanuvchi detallarining
konstruktiv-texnologik ko’rsatkichlari bo’yicha tarqalish darajasi 1.3.1.4.
rasmlarda keltirilgan.
Rasm 1.3. Qayta tiklanuvchi detal materiali tarkibidagi uglerod miqdori
bo’yicha tarqalishi
Rasm 1.4. Qayta tiklanuvchi detallarning qattiqligi bo’yicha tarqalishi
Avtotraktor va boshqa texnikalar detallarining asosiy metall bo’yicha
tarkibi o’rganilganda (1.1-jadval) po’lat detallar 79,9 % ni, cho’yan detallar
18,5 % ni tashkil etar ekan. Ularning ichida eng ko’p tarqalgani 45 markali
po’lat ekan.
Po’latlarning asosiy markalar bo’yicha taqsimlanishi
Jadval-1.1
1.3. Payvandlash, qoplash usullari bo’yicha umumiy ma`lumotlar.
Payvandlash va qoplash usullari mashina detallarini ta`mirlashning
eng asosiy usullari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta`mirlash korxonalarida
payvandlash va qoplash usullari bilan 55% dan ortiq detallar qayta
tiklanmoqda. Eyilgan detallarni qayta tiklashda qo’llaniladigan usullar
bo’yicha ma`lumotlar jadval 1.2. keltirilgan.
Detallarni qayta tiklash usullari
Jadval- 1.2
Ta`mirlashda shu usullarning keng qo’llanishi quyidagi omillar
bilan ifodalanadi: ularning unumliligi va jarayonning nisbatan
oddiyligi, qoplangan qatlamning asosiy metall bilan mustahkam birikishi,
sifatli qoplama olish imkoniyati (yuqori qattiqligi, eyilishga
chidamliligi, oshirilgan qayishqoqligi va xakazo).
YUqoridagi jadvalda keltirilgan ayrim payvandlash, qoplash usullar
bo’yicha qisqa taxliliy ma`lumotlarga to’xtalamiz. Flyus qatlami ostida avtomatik
va yarim avtomatik payvandlab qoplash. Jarayon yuqori unumdorligi bilan
xarakterlanadi, bir soatda 35 kg metallni, 2 daqiqada esa 30...40 sm2 gacha yuzani
qoplash mumkin. Usulning afzalligi shundaki, qoplangan metallni legirlash
yo’li bilan kerakli fizik-mexanik xossalarga ega bo’lgan qatlamni olish
mumkin.
Avtomatik va yarim avtomatik payvandlab qoplashda kukunsimon
kompozitsion materialdan foydalanish mumkin. Bolgariyada detallarning
yuzasini kompozitsion material bilan qoplashda quyidagi texnologiyadan
foydalaniladi (rasm 1.5.)
.
Rasm 1.5. Kompozitsion qatlam olish usuli.
1- payvandlanayotgan detal; 2- suyuqlanuvchi elektrod;
3- kukunsimon material bunkeri; 4- rolik; 5- sovutish suyuqligi.
Val shaklidagi detalning eyilgan yuzasiga suyuqlanuvchi elektrodni
avtomatik payvandlab qayta tiklashda, yoydan ma`lum masofa orqada qattiq
qotishma kukuni uzatiladi. Qattiq qotishmaning kukuni uning orqasidan
kelayotgan rolikning bosim kuchi ta`sirida payvand qatlam ichiga bosib
kiritiladi. Rolik orqasidan esa sovutuvchi suyuqlik berilib payvand qatlam
toblanadi. Ushbu usul payvandlangan metallda qattiq qotishmaning erib ketishidan
saqlab, kompozitsion qatlam olishni ta`minlaydi. Lekin bu usul qattiq qotishma
zarralari qatlam yuzasida joylashganligi uchun qatlam qalinligi bo’yicha fizik-
mexanik xossalarning bir xil bo’lishini ta`minlay olmaydi.
Qattiq qotishmali kukunsimon materialni suyuqlanuvchi elektrod
orqasidan payvandlash vannasiga yuborish usuli Belorussiyada sinovdan
o’tkazilgan (rasm1.6.)
Rasm 1.6. Kukunsimon materialni payvandlash vannasiga
uzatish sxemasi.
1 - suyuqlanuvchi elektrod; 2 - kukunsimon material bunkeri;
3 - payvandlash vannasi; 4 - payvand qatlam.
Kukunsimon materialni suyuq metall vannasiga yuborish turli usullarda:
uning o’z og`irligi yordamida, maxsus uzatuvchi moslama yordamida,
gaz oqimi yordamida amalga oshirish mumkin. O’tkazilgan tajribalar oxirgi
uzatish usulini yaxshiroq ekanligini ko’rsatgan. Kompozitsion qatlam tarkibini
matritsa sifatida asosiy va elektrod metali aralashmasi, hamda
to’ldiruvchi sifatida esa qattiq qotishmalar tashkil etadi.
Flyus ostida payvandlash usulining bir qator kamchiliklari mavjud:
-kichik diametrli detal yuzasida (50...60 mm dan kam) erigan metalni flyusli
vannada ushlab qolishning qiyinligi;
-shlak qatqalog`ini chiqarishning qiyinligi;
-ishlash sharoitini nazorat qilishning qiyinligi (flyus bo’lganligi uchun);
Karbonat angidrid muhitida avtomatik va yarim avtomatik payvandlab
qoplash. Karbonat angidrid muhitida qoplash bir qator muxim
afzalliklarga ega. Ulardan asosiylari flyus ostida avtomatik payvandlashga
nisbatan yuqori unumdorligi (18...20 sm2/min) va yuqori
qoplash koeffitsientiga egaligi. Ushbu usul bir qator texnologik afzalliklarga
ega:
-qoplash jarayonini kuzatib turish mumkinligi;
-jarayonni to’xtatmasdan bir necha vallarni qoplash mumkinligi;
-kichik diametrli detallarga qo’llash mumkinligi;
-yupqa qatlam (0,8...1,0 mm) qoplash mumkinligi.
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
-katod elementlarining kuyib, bug`lanib ketishi;
-erigan metal vannasida vodorod va azot bug`langanligi tufayli chokda
g`ovaklar xosil bo’lishi;
-elektrod materiallarining ko’p qismi (10...15 % gacha) sachrab ketishi;
-yuqori qattiqlikka ega bo’lgan qatlamni faqat yuqori legirlangan sim yoki kukunli
sim va keyinchalik, termik ishlov berish bilan olish mumkinligi.
1.3.1.Purkash va metallash usullari.
Purkash—tiklanadigan detallarning eyilgan sirtlariga metall koplashning
yangi zamonaviy bir usulidir. Bu jarayonning moxiyati shundaki, oldindan
suyuqlantirilgan metall detalning maxsus tayyorlangan sirtiga siqilgan gaz
(xavo) oqimi bilan purkaladi. Purkalgan metall detalning sirtiga urilganda
deformatsiyalanadi, sirtdagi g`ovaklarni va notekisliklarni to’ldirib, koplama
xosil kiladi. Metall zarrachalari detal sirtiga va o’zaro asosan mexanik
birikadi. Fakat ayrim nuktalarda ular payvandlanadi. Detallarni metall purkab
tiklash jarayonining yukori unumliligi, detalning biroz (120-180°S) kizishi,
koplamaning eyilishga yaxshi chidamliligi, texnologik jarayonning va
qo’llaniladigan uskunalarning oddiyligi; xar kanday metall va kotishmalardan
kalinligi 0,1-1,5mm koplamalar olish
mumkinligi bu usulning afzalligidir. Koplamaning unchalik mustaxkam
bo’lmasligi va detalning sirtiga sust ilashishi bu jarayonning kamchiligidir, bu
kamchilikni bartaraf etish uchun qoplangan materiallarni eritish uchun
qo’shimcha ishlov berish lozim.
YUkori chastotali purkash suyuqlantiriladigan ashyo (kukun) ni induktsion
kizdirib suyuklantirishga asoslangan. Suyuklantirilgan metall detal sirtiga
sikilgan xavo okimi bilan purkaladi. YUkori chastotali purkash apparatining
kallagi (1.7-rasm) yukori chastotali tok generatoridan ta`minlanadigan induktor
va tok kontsentratori (to’plagichi) bilan jixozlangan. Tok kontsentratori sim
uchining suyuklanishini ta`minlaydi.
Rasm 1.7. YUkori chastotali purkash apparataning to’zitish (purkash) kallagi
1-detal sirti; 2—gazmetall okimi; 3 — tok kontsentratori; 4-suv bilan sovitiladigan
induktor; 5- xavo kanali; 6-sim; 7— surish mexanizmining roliklari; 8-
yo’naltiruvchi vtulka.
YUkori chastotali purkashning afzalligi shundaki, bunda metalning kizish
xaroratini rostlash mumkin bo’lganidan u oz mikdorda oksidlanadi va
koplamaning mexanik mustaxkamligi etarli darajada yukori buladi. Ish
unumining nisbatan pastligi ishlatiladigan uskunaning murakkab va juda
kimmatligi bu jarayonning kamchiligidir.
Detanatsion purkash atsetilen va kislorod gazlari aralashmasining portlashiga
asoslangan (rasm 1.8).
Metallni purkashda apparatning suv bilan sovitiladigan stvolidagi
kamerasiga ma`lum nisbatda atsetilen 8 va kislorod 2 beriladi. Zarrachalarining
yirikligi 50—100° mkm bo’lgan purkaladigan metall kukuni 4 azot 3 okimi
bilan kiritiladi.
Gazlar aralashmasi elektr sham 1 bilan yondiriladi. Portlash to’lkini
kukun zarrachalarini juda katta tezlikda xaydaydi, stvol uchidan 75 mm oralikda
kukun tezligi 800 m /s ga etadi.
Rasm 1.8. Detonatsion purkash sxemasi
1-elektr svecha; 2-kislorod; 3-azot; 4-metal kukun; 5-stvol; 6-purkab yotkizilgan
metall katlami; 7-portlash kamerasi; 8-atsetilen.
Kukunlar detalga urilganda uning kinetik energiyasi issiklik energiyasiga
aylanadi. Kukun zarrachalari 4000°S gacha kiziydi. Kukunning xar bir kismi
purkalgach, yonish maxsullarini ketkazish uchun apparatning stvoli azot bilan
puflab tozalanadi. Bu jarayon avtomatik tarzda xar sekundda 3—4 marta
takrorlanadi. Bir davrda detal sirti kalinligi 6 mkm li metall katlami bilan
koplanadi.
Bu usulda purkash afzalliklari: jarayon juda yukori unumli bo’ladi, stvol
diametri 20—25 mm bo’lganda 15 sekund ichida 5 sm 2 sirtni kalinligi 0,3 mm
gacha bo’lgan qatlam bilan koplash mumkin, koplama detal sirti ga juda
mustaxkam yopishadi, detal sirtidagi xarorat 200°S dan oshmaydi.
Jarayonning kamchiliklari: ish vaktida shovkin baland (150 detsibellgacha)
bo’ladi, binobarin tovush o’tkazmaydigan maxsus xona zarur bo’ladi.
Metallash (metall purkash) jarayoni metall simni yoki kukunni
kizdirish, suyuqlantirish va mayda zarrachalarga parchalab, uni sikilgan xavo
yoki inert gaz okimida detalning tiklanadigan sirtiga yotkizishdan iborat.
Metallni suyuklantirish usuliga karab elektr yoyli, gazli, yukori chastotali va
plazmali metallash buladi. Metallash usulida xar kanday ashyodan
tayyorlangan detal sirtini ortikcha kizdirib yubormay, xar kanday metalldan
kalinligi 0,3-3mm katlam xosil kilib, koplash mumkin. Koplash jarayoni bir
necha boskichda bajariladi, xar boskichda kalinligi 0,3 mm li katlam xosil kilinadi.
Metallash usulida tiklangan sirt eyilishga juda chidamli bo’ladi.
Metallash tsilindrik va yassi sirtlarning eyilgan katlamini boshlang`ich
o’lchamlargacha to’ldirish, korpus detallardagi darzlarni va chukurlarni
to’ldirish, eyilishga chidamli, ishkalanishni kamaytiradigan, olovga bardoshli,
zanglashdan saklaydigan va pardoz koplamalarni yotkizish uchun ko’llaniladi.
Metallash sifati koplamaning tuzilishi, kattikligi va eyilishga chidamliligi,
suyultirilgan metallning asosiy metallga puxta yopishishi bilan aniklanadi.
Suyultirilgan metallning asosiy metallga ilashish puxtaligi detal sirtini
tayyorlash va metallash tartibiga bog`lik. SHuning uchun
detallar metallash oldidan kir, moy va zangdan yaxshilab tozalanadi.
Purkaladigan metall zarrachalarining asosiy metallga yaxshi
yopishishi uchun detalning sirtiga dastlabki mexanik ishlov berib, to’g`ri
geometrik shaklga keltiriladi va g`adir-budur kilinadi.
Rasm 1.9. Elektr yoyli metallash uskunasi va elektrometallizatorning sxemasi
1-kompressor; 2-moynam tutgich; 3-ressiver; 4-moynam ajratgich; 5-tarmok; v-
transformator; 7-sim galtak; 8- elektrometallizator; 9-dumalok sirt; 10-sim uchlari;
11- yunaltiruvchi mexanizm; 12-yo’naltiruvchi uchliklar; 13-soplo; 14- suyultirish
zonasi; 15-tekis sirt.
Elektryoyli metallash. Bu usulning moxiyati shundaki, suyultirib
purkaladigan diametri 1—2 mm li sim g`altak 7 dan (1.9-rasm, «a») mexanizm 11
yordamida elektrometallizator 8 ning (1.9- rasm, «b») yo’naltiruvchi uchliklari
12 orkali uzluksiz uzatib turiladi. Tarmok 5 dan transformator 6 orkali keladigan
elektr toki ta`sirida sim 10 uchlari orasida elektr yoyi paydo bo’lib, ularni
suyuklantiradi. Ayni vaktda soplo 13 orkali suyultirish zonasi 14 ga
kompressor 1, tutkich 2, ressiver .7, ajratgich 4 orkali bosim ostida xavo
beriladi. Xavo suyuklangan metallni diametri 10—50mkm va zarrachalarga
parchalaydi va ularni 60—250 m/s tezlikda dumalok 9 yoki tekis 15 sirtga
purkab yotkizadi. Kiyin suyuklanadigan metallardan xosil kilingan koplama
kalinligi o’rta xisobda 1,0—1,5 mm, oson suyuklanadigan metallarniki esa
2,5—3,0mm bo’ladi. Elektromexanik ishlov berishda detalga tok uzatuvchi
asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning qayta taksimlanishi sodir bo’ladi.
Spiralsimon chiziklar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4
mm dan oshmaydi. Termik ta`sir bo’lgani uchun val bo’yinlari toblanib qoladi.
Detalning charchashga mustahkamligi 10...12 % gacha ortadi. Hosil
bo’lgan ariqchalarni har xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim
payvandlash, tavsiya etiladi. Sim payvandlash tok uzatuvchi rolik bilan
bajariladi. Metallografik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sim ariqchalarni yaxshi
to’ldirar ekan va qo’shilgan metallning birikish mustahkamligi 10...20 kg/mm
ga etar ekan. Eyilishga chidamliligining ortishiga erishiladi. Ushbu usul keng
laboratoriya tadqiqotlaridan o’tmoqda, hamda ta`mirlashda qo’llanilishi
bo’yicha bir necha misollar mavjud.
Kontakt payvandlab qoplash usuli bosim ostida payvandlash usullariga
kirib, uning po’lat lenta, sim va metall kukunlarini suyuqlantirmasdan va
suyuqlantirib qoplash turlari mavjud. Ushbu usul faqat metallarni payvandlashda
qo’llaniladi va unda asosiy energiya manbai bo’lib birikuvchi detallarning
kontakt yuzasidan elektr toki o’tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik xizmat
qiladi.
Kontakt payvandlashda bosim kuchi turg`un elektr kontaktini
shakllantirish va payvand chok strukturasini yaxshilash, hamda deformatsiya
va ichki kuchlanishni kamaytirish maqsadida beriladi.
Payvandlanuvchi metallar uchun elektr qarshilik odatda juda kichik bo’ladi
(mikroomlarda), tok o’tish vaqtini ham metallni gazga to’yinib
qolishi mumkinligi hisobiga katta olib bo’lmaydi (odatda u sekundning
qismlarini tashkil etadi). Natijada kontakt payvandlashda etarli miqdordagi
energiyani hosil qilish uchun tok kuchini katta olish kerak bo’ladi. Bu esa
kontakt payvandlash jihozining o’ziga xosligini belgilaydi. Ushbu o’ziga xoslik
kontakt payvandlash mashinasining qisqa muddat ichida tarmoqdan katta miqdorda
(o’nlab va yuzlab kilovatt) elektr energiyasi olishini talab etadi. Bu elektr nuqtai
nazaridan foydasiz bo’lgani uchun kontakt payvadlashni elektr ta`minotida
energiya yig`ish tizimi kiritiladi. Natijada boshqa payvandlash usullariga
nisbatan o’rtacha elektr energiya sarfi ancha kamayadi. Ammo kontakt
payvadlash jihozi murakkab va qimmatroq bo’ladi.
Kontakt payvandlashda jarayon ikki xil variantda olib borilishi mumkin:
1) metallni suyultirmasdan yuqori plastik holatgacha qizdirib;
2) payvand nuqtada metallni suyuqlanguncha qizdirib, quyma strukturasini
hosil qilib. Ikkala jarayon ham ishlab chiqarishda qo’llanilib keladi. Ammo
suyuqlantirib payvandlash energetik va texnologik nuqtai nazardan samaraliroq
hisoblanadi. CHunki unda elektr energiya sarfi kam, payvand chok esa
mustahkam bo’ladi.Elektr kontakt usulini amalga oshirish uchun quyidagi
(rasm 1.10.) jixozdan foydalanish mumkin.
Ushbu usul bilan po’lat, cho’yan va rangli metallardan iborat valsimon
detallarning eyilgan yuzalarini va podshipnik o’rnatiladigan korpus
detallarini qayta tiklash mumkin.
Rasm 1.10. Kontakt payvandlash dastgohi.
Usulni jihozining murakkabligi bilan birga olinadigan payvand
qatlam qalinligining cheklanganligi kabi kamchiliklari mavjud. Galvanik
qoplash usuli elektr toki ta`sirida metall tuzlarining eritmasidan metallarning
ajralib chiqishi xossasiga asoslangan.
Galvanik qoplamalar detalning eyilgan yuzasini qoplash uchun olinadi.
Galvanik usullar yordamida kam eyilgan detallarni qayta tiklash imkoniyati
mavjud. Bu usullarning afzalligi shuki, elektroliz jarayoni
rejimlarini o’zgartirish yo’li bilan tanlangan metallning mexanik xossalarini
o’zgartirish mumkin.
Jarayon yordamida olingan qatlamning ishqalanishga chidamliligi past
va qattiqligi yuqori chastotali tok bilan toblangan po’lat 45
qattiqligining 75 foizini tashkil etishi, charchash mustahkamligining
25...30 % kamligi, tayyorgarlik operatsiyalarining murakkabligi va katta
mehnat talab qilishi, katta hajmdagi ishlab chiqarish maydonining kerakligi,
xizmat qiluvchilar salomatligiga zararliligi kabi kamchiliklari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |