Plazma yoyi yordamida purkash. Metall qoplama xosil qilishning bu usulida
metallni detalning sirtiga purkash va yopishtirish uchun plazmali oqimning
issiqlik (xarorat 15000-30000 0S) va dinamik xossalaridan
foydalaniladi.
Purkaladigan ashyo sifatida metall kukuni ishlatiladi.Kukun
meyorlagichdan plazmotronning soplasiga vaqt birligida aniq miqdorda
berib turiladi.Metall kukuni plazma oqimiga tushib, suyuqlashadi va
oqimga qo’shilib, detal sirtiga yopishadi.
Purkash quyidagi tartibda bajariladi: tok kuchi 350-400 A, kuchlanish 60-70
V, plazma xosil qiluvchi gaz sarfi 30-35 l min, kukun sarfi 5-28 kg soat, detal
sirtigacha bo’lgan oraliq 1,25 sm dan-150 sm gacha bo’lishi mumkin.
Purkashning bu usuli (rasm 1.11.) eng istiqbolli xisoblanadi. Uning
afzalliklari: jarayon yuqori unumli bo’ladi , qoplama detalning sirtiga juda
mustaxkam yopishadi (50 MP a gacha boradi), jarayonni boshqarish to’liq
avtomatlashtiriladi, xar qanday metall va qotishmalarni purkab qoplama hosil
qilish mumkin.
Rasm 1.11. yoyi yordamida detallarning tiklash jarayoni.
Detallarning metall purkab tiklash texnologik jarayoni uchta asosiy
ishdan: detall sirtini metall purkab qoplashga tayyorlash; purkash,
purkalgandan keyin detallarga ishlov berishdan iborat. Metall purkash oldidan
detall sirtiga purkab ishlov beriladi, shunda detall sirti g`adir-budir bo’lib,
qoplamaning detalga mustaxkam yopishishi taminlanadi.
Detallar sirtiga qoplama yotqizish qayta jixozlangan tokarlik stanoklarda
yoki maxsus kameralarda bajariladi.
Plazmali purkashning kamchiliklari.
1.Qoplangan qatlamning qalinligi 0,3 mm dan oshmaydi;
2.Plazma xosil qiluvchi va ximoyalovchi gazlarning savfi ancha yuqori (40
l/min gacha);
3.Qayta tiklanadigan detallarning turlari chegaralangan;
4.Qoplanadigan materiallarning xossalarini qoplash jarayonida o’zgartirish
imkoniyati yo’q. Plazma yoyi yordamida qoplash. Plazma yoyi yordamida
eyilgan detallarni yuzalariga qoplashda metall kukunlaridan va simlardan
foydalanish xozirgi kunda juda katta qiziqish uyg`otmoqda. Bu usulda
detallarni tiklash jaryonida bir qator afzalliklar mavjud:
-usulning ish unumining yuqoriligi va avtomatlashtirish imkoniyati borligi;
-talab etilayotgan qoplama qatlamini qalinligini bir o’tishda (0,3mm dan-12 mm
gacha) ta`minlab berishligi;
-xoxlagan turdagi materiallarni (sim, kukun, lenta) qoplash imkoni mavjudligi,
- qoplash jarayonida kerakli darajada ligerlangan qatlam olish mumkinligi;
- qoplash jarayonini kuzatib borish imkoniyati borligi;
-yo’nalishi o’zgarib turuvchi yuklanishga chidamliligi,
-mustahkam birikma hosil qilishligi.
Usulning kamchiliklari: Asbob-uskuna jixozlarning turlari kamligi va nisbatan
qiymatligi.
Gaz alangasi yordamida payvandlashda, qoplashda va purkashda
metallarni qizdirish va suyuqlantirish yonuvchi gazlarning kislorodda yonib
ajratgan issiqlik quvvati xisobiga bajariladi.
Bu usul o’zining oddiyligi, qimmatbaho uskunalar talab etmasligi,
alanga issiqlik quvvatining oson rostlanishi mumkinligi kabi afzalliklarga ega.
Amalda gaz alangasi yordamida payvandlash bilan yupqa po’latlar, rangli
metall qotishmalari, cho’yanlar, katta va kichik xajmdagi metall idishlar, turli
nuqsonlar darzlar, g`ovaklar payvandlanib tuzatiladi xamda qoplama materiallar
qoplanadi.
Gaz alangasi yordamida payvandlashda yonuvchi gaz sifatida atsetilen
yoki uglevodorod aralashmasi (koks gazi, tabiiy gaz, tehnik propan, metan va
boshqa gazlar) hamda suyuq yonilg`ilar (benzin, kerosin, benzol) ishlatilishi
mumkin.
Gaz alangasi yordamida eyilgan detallarni kukunli qoplama materiallar
bilan tiklash jarayoni 1.12. rasmda keltirilgan. Usulning kamchiliklariga
payvadlanayotgan metallni qizish va suyuqlanish tezligining kichikligi, issiqlik
ta`sir zonasining kattaligi, kukun materiallarni qoplashda detal yuzasidan
tashqariga qoplama materiallarni sachrab ketishi, qoplama material bilan
detalning ishchi yuzasidagi birikish kuchlanishi darajasining ancha pastligi.
Rasm 1.12. Gaz alangasi yordamida dvigatelining eyilgan tirsakli valini kukunli
qoplama materiallar bilan tiklash jarayoni.
II. ASOSIY QISM
2.1. Payvandlash, qoplash va purkash usullarida qo’llaniladigan materiallar
haqida umumiy ma`lumotlar.
Bugungi kunda mashina detallarini payvandlashda, qayta tiklashda va
puxtalashda juda ko’p (80 tadan ortiq) turli payvandlash va qoplash usullari
mavjud. Ular xaqida qisqacha ma`lumotlar bitiruv malakaviy
ishimizning birinchi qismida keltirilgan. Lekin, ushbu ishimizning mavzusi
asosan istiqbolli usullarda qo’llanilayotgan qoplama materiallarga
bag`ishlanganligi sababli asosiy qismdagi ma`lumotlar ushbu masalani
yoritishiga qaratilgan.
Istiqbolli payvandlash, qoplash va purkash usullarni amalga oshirish
uchun turli xil simlar va kukunli qoplama materiallardan foydalaniladi.
2.2.Payvandlash, qoplash, purkash simlari va lentalari.
Suyuqlantirib qoplangan materialning sifati va payvandlash jarayonidagi
yoki suyuqlantirib qoplashdagi ish unumi ko’pincha elektrod
materiali va ularning qoplamalariga qarab aniqlanadi. Payvandlash (qoplash)
usuliga qarab payvandlash simi, suyuqlanadigan va suyuqlanmaydigan elektrod
sterjenlar, plastina va lentalardan foydalaniladi.
Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan usuli qo’llanilganda qoplamasiz
simdan foydalaniladi, yoy yordamida dastaki payvandlashda esa sim 300...400mm
uzunlikdagi sterjenlarga qirqib bo’linib, ularning yuzasi
qoplama bilan qoplanadi. YUzasiga qoplama qoplangan suyuqlanuvchi sterjen
payvandlash elektrodi deb ataladi (rasm 2.1).
MDH davlatlarning sanoatida payvandlash po’lat simlari diametri
0,3 dan 8 mmgacha (0,3; 0,5; 0,8; 1,0; 1,2; 1,4; 1,6; 2,0; 2,5; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0)
qilib ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab payvandlash po’lat simi
kam uglerodli, legirlangan va ko’p legirlangan turlarga ajratiladi.
Rasm 2.1. Elektrodlarning umumiy ko’rinishi
Hammasi bo’lib 6 markada, tarkibida ko’pi bilan 0,12% uglerod bo’lgan Sv-
08, Sv-08A, Sv-08GA, Sv-10GA, Sv-10G2 va boshqa kam uglerodli simlar
kam va o’rtacha uglerodli, shuningdek ba`zi kam legirlangan po’latlarni
payvandlashga va qoplashga mo’ljallangan. Ayrim kam uglerodli simlarning
kimyoviy tarkibi 2.1.jadvalda keltirilgan Kam uglerodli simlarning kimyoviy
tarkibi
Jadval 2.1.
Hammasi bo’lib 30 markada Sv-08GS, Sv-08G2S, Sv-12GS, Sv-18XGS,
Sv-08XN2M, Sv-08XGSMFA va boshqa legirlangan simlar umumiy soni 6% dan
oshmaydigan oltitagacha legirlovchi elementdan iborat. Bu simlar uglerodli va
legirlangan po’latlarni payvandlash xamda suyuklantirib koplashda ishlatiladi.
Sv-15GSTYUTSA va Sv-20GSTYUA markadagi simlar sterjenlar tayyorlashda
va qo’shimcha ximoyalanmay payvandlashda ishlatilishi mumkin. Ayrim kam
legirlangan simlarning kimyoviy tarkibi jadval 2.2.da berilagan.
Kam legirlangan simlarning kimyoviy tarkibi
Jadval 2.2.
Hammasi bo’lib 41 markada Sv-12X13, Sv-06X19M9T va boshqa ko’p
legirlangan simlar tarkibida 6% dan ko’proq legirlovchi elementlar bor. Bu
simlar zanglamaydigan, issiqbardosh va boshqa maxsus po’latlarni
payvandlashda ishlatiladi.
Payvandlash elektrodlarini sanoatda xam suyuqlanadigan, xam
suyuqlanmaydigan xolatda ishlab chiqariladi. Suyuqlanmaydigan ko’mir
elektrodlar uzunligi 300 mmgacha va diametri 6 dan 30 mmgacha bo’lgan
sterjen tarzida tayyorlanadi.
Suyuqlanmaydigan volfram, gafniy elektrodlarining diametri 2 dan 10
mmgacha (2; 3; 4; 5; 6; 8; 10) bo’ladi. Volfram va gafniy elektrodlari asosan
elektro yoy yordamidagi dastaki va mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash,
qoplash va purkash usullarida o’zgaruvchan va o’zgarmas tok manbalarida
qo’llaniladi. Volfram elektrodlari asosan volfram elementidan xamda 1,5-
3%gacha ittriy oksidi, 0,01% tantal yoki 1-1,5% lantan oksidlaridan
tayyorlanadi.
Payvandlashda etakchi o’rinni egallagan suyuqlanadigan elektrodlar
payvandlash zonasini ximoyalash uchun turli elementlar bilan qoplangan
xolda ishlab chiqariladi. Elektrod qoplamalari vazifasiga qarab ikki gruppaga
bo’linadi: turg`unlashtiruvchi yoki yupqa va sifatli yoki qalin qoplamali.
Turg`unlashtiruvchi yupqa qoplamalar tarkibida atomlari oson ionlanuvchi
va yoyning turg`un yonishini ta`minlovchi, shuningdek, ayniqsa o’zgaruvchan
tokda payvandlashda yoyning uyg`onishini tezlatuvchi moddalar bo’ladi.
Kaliy, shuningdek, kaltsiy bug`i juda yaxshi ionlanadi. Kaltsiy marmar va
bo’r tarkibiga kaltsiy karbonat SaSo3 tarzida kiradi. Ancha oddiy va kengroq
tarqalgan turg`unlashtiruvchi qoplama - bo’rli qoplama bo’lib, massasi bo’yicha
15...20 ulush natriyli suyuq shishaga 80...85 ulush bo’r olinadi. Qoplama
elektrodga 0,1...0,3 mm qalinlikda qoplanadi va u elektrod massasining 1...2%
ni tashkil etadi. Turg`unlashtiruvchi qoplamalar suyuqlanadigan metallni
kislorod va xavo azotidan himoyalamaydi, shuning uchun xam payvand chok
nisbatan mo’rt, tarkibida begona moddalar bo’ladi.
Sifatli ximoya qoplamalari suyuqlantirib qoplangan qatlamni atrof
xavodagi kislorod va azotdan saqlaydi, qoplama tarkibiga kiruvchi legirlovchi
elementlar esa payvand chok xosil qilish imkonini beradi, bu chok asosiy
metalldan qolishmaydi, ba`zan esa mexanik xossalari jixatidan undan ustunlik
qiladi. Bu qoplamalar 0,7...2,5 mm qalinlikda elektrodga qoplanadi va ular
massasi jixatidan elektrod massasining 30...75%ni tashkil qiladi.
Sifatli ximoya qoplamalar tarkibidagi asosiy moddalarga qarab quyidagi
guruxlarga ajratiladi: A - kislota qoplamali; B - asosiy qoplamali; TS -
tsellyuloza qoplamali; R - rutil qoplamali; P - puxta ko’rinishdagi qoplamali.
YOy yordamida payvandlash elektrodlari bir necha tiplarga bo’linib,
ularning xar biriga payvand chokning ma`lum sifatli bo’lishini ta`minlovchi
bir necha markadagi elektrodlar kiradi.
E42, E42A, E46, 346A, E50 va E50A tipidagi (ANO-1, AMO-5, UONI-
13/45, UONI-13, 55 va xokazo markadagi) elektrodlar vaqtincha uzilish
qarshiligi 500 MPa bo’lgan uglerodli va kam legirlangan po’latlarni
payvandlash uchun mo’ljallangan. A xarfi plastikligi va zarbiy qovushoqligi
jixatidan yuqori sifatli payvand chok xosil qilishini bildiradi.
E55 va E60 tipidagi (UONI-13/55U va UONI-13/65 va xokazo
markadagi) elektrodlar vaqtincha uzilish qarshiligi 600 MPa bo’lgan
po’latlarni payvandlashda ishlatiladi. E70, E85, E100 va E150 tipidagi
(UONI-13/85, NIAT-3, NIAT-ZM va xokazo markadagi) elektrodlar vaqtincha
uzilish qarshiligi 600 MPa dan yuqori va mustaxkamligi yuqori bo’lgan po’latlarni
payvandlashda ishlatiladi.
E-09MX, E-09X1MF, E - 10XZM16F va xokazo tipidagi elektrodlar
legirlangan yuqori sifatli va issiqqa chidamli po’latlarni payvandlash
uchun mo’ljallangan. Bu tipdagi elektrodlarga TSL -55, TSL -20, TSL -36, TSL –
26M va xokazo markadagi elektrodlar kiradi.
E-10G2, E-12G4, E-30G2 XM va xokazo markadagi elektrodlar ko’pincha
zarbiy yuklamaliy va ko’p eyiladigan qiyin sharoitlarda ishlaydigan detallarni
suyuqlantirib qoplashda ishlatiladi.
Detallarni qoplashda va puxtalashda mexanizatsiyalashtirilgan va
avtomatlashtirilgan usullardan foydalanish jarayonida turli qoplama po’lat
simlardan foydalaniladi. Bu simlarning diametri xam 0,3 dan 8
mmgacha bo’ladi. Po’lat qoplama simlar 3 guruxga bo’linadi: uglerodli- Np-30,
Np-40, Np-50, Np-65, Np-80, Np-65G; kam legirlangan- Np-30XGSA, Np-
40X2G2M, Np-50XFA; yukori legirlangan- Np-X20N80T, Np-40X13.
Qoplama po’lat simlarning kimyoviy tarkibi 2.3 jadvalda keltirilgan.
YUqorida keltirilgan qoplama simlar asosan quyidagi detallarni yuzalarini
qayta tiklashda qo’llaniladi: Np-30, Np-40-turli o’q va vallar;
Np-50, Np-65-tayanch g`altaklar, tortish g`ildiraglari, tutib turuvchi roliklar,
g`altak o’qlari; Np-80, Np-65G-tirsakli vallar, kardan val krestovinalari,
traktor yurish kismi detallari, shlitsali vallar, tayanch roliklar; Np-30XGSA
po’latdan tayyorlangan tirsakli vallar, tirsakli o’qlar, tsapfalarning balansirlari;
Np-40X2G2M-tirsakli vallar,buruvchi kulachoklar, juft g`altak o’qlari (yukori
zarb kuchlanishlarda ishlaydigan detallar); Np-50XFA-shlitsali vallar,
dvigatelning tirsakli vallari; Np-40X13-transporterlarning detallari, traktorlarning
tayanch roliklari.
Qoplama po’lat simlarning kimyoviy tarkibi
Jadval 2.3
Bu po’lat simli qoplama ashyolardan tashqari turli markadagi kukunli
simlar xam qo’llanib kelinmoqda. Masalan, PP-AN1, PP-AN3, PP-AN4, 4M
tipidagi PP-AN8, 200X12M tipidagi PP-AN103, 10X14T tipidagi PP- AN106,
18X2G2M tipidagi PP-AN120, 20XGT tipidagi PP-AN121,
30X5G2SM tipidagi PP-AN122, 200X15S1GRT tipidagi PP-AN125,
80X20R3T tipidagi PP-AN170, 14GST tipidagi PP-TN250, PP-25X5FMS,
PP-U10X4G2R, 300X25M3N3G2 tipidagi PL-AN-101, 100X20R4S3G2
tipidagi PL-AN171 va boshqalar. Bu kukunli simlar ochik elektr yoy
yordamida xamda karbonat angidridi muxitida va flyus ostida detallarni
tiklash va payvandlash uchun ishlatiladi. YUqoridagi jadvallarda (2.1., 2.2., 2.3.)
keltirigan aksariyat simlarning narxi 0,4…1,2 dol/kg ni tashkil etadi.
Qoplash lentalari: Lentalar (rasm 2.2.) turli markali po’latlardan
maxsus qiyish moslamasi va shtamp yordamida qirqilib tayyorlanadi. O’ram
holidagi uzun po’lat lenta avval maxsus qiyish moslamasi bilan kerakli
kenglikda qiyiladi. Keyin shtamp yordamida kerakli uzunlikda kesib olinadi.
Oxirgi payitlarda kukunli lentalar xam qo’llanib kelinmoqda.
Ushbu lentalarni tayyorlash uchun plastikligi yuqori bo’lgan po’latdan
tayyorlangan lentalarni bukib bo’shliq xosil bo’lgan joylarga turli kukunli
materiallar to’ldiriladi. Kukunli lentani boshqa usul bilan xam tayyorlash mumkin,
ya`ni lentani ustiga maxsus elim surtilib kukun material unga yopishtiriladi.
Rasm 2.2. O’ram holidagi po’lat lentalardan namunalar
a- po’lat lentaning markasi- 45, b- po’lat lentaning markasi- 50,
v- po’lat lentaning markasi- 65G.
2.3. Payvandlash, qoplash, purkash kukunlari va kompozitsion
materiallar
Eyilgan yuzalarni qayta tiklashda qattiq qotishmali materiallardan
foydalanish qattiqligi abraziv kvarts donachalari qattiqligidan ortiq bo’lgan
qoplam olishni ta`minlab, detalning eyilishga chidamliligini keskin orttirish
imkonini beradi.
Eyilishga chidamli qoplam berish uchun bir komponentli metall
kukunlari va legirlangan qotishmalar hamda kompozitsion materiallar
kukunlaridan foydalanish mumkin.
Oxirgi payitlarda eng ko’p mashinasozlik va ta`mirlash ishlarida
qo’llaniladigan kukun qattiq kotishma materiallar xakidagi ayrim ma`lumotlar
2.4, 2.5, 2,6, 2,7 jadvallarda keltirilgan.
O’z-o’zi flyuslanadigan kukun qotishmalar
Jadval 2.4.
YUqori uglerodli legirlangan qotishmalar
Jadval 2.5.
Ayrim kukunsimon materiallarning kimyoviy tarkibi
Jadval 2.6
Kukunli materiallarning kiskacha tavsifnomasi
Jadval 2.7
YUkorida keltirilgan kukunsimon ashyolar asosan gaz alangasi
yordamida, elktr kontakt, argon ximoya muxitida yoy bilan, plazma yoyi
yordamida va boshqa bir necha turdagi usullar bilan qoplash va purkash uchun
keng qo’llanib kelmokda. Kukunlarni ishlab chiqarilgan korxonalardan
kerakli joylarga jo’natish uchun maxsus idishlarga solib tarqatiladi.
Rasm 2.3. Kukunsimon materiallar
Kukunsimon materiallarni qo’llash ayniksa kizdirib tayerlangan
(shakllashtirilgan) kattik kotishmalardan foydalanganda koplam beradigan
yuza kattikligini va eyilishga chidamligini bir necha marta orttiradi.
Kukun materiallarning aralashmasi esa qoplama materialining kerakli
tarkibini ta`minlab beradi, koplama materiallning tannarxini tushurishga
imkoniyat yaratadi va qatlamning sifatini xamda qalinligini xoxlagan variantini
tanlashga imkon beradi.
2.4. Ayrim istiqbolli usullar bilan qoplashda va purkashda qo’laniladigan
aralashma materiallarning taxlili.
2.4.1. Gaz alangasi bilan kukunli materiallarni qoplash.
Ishlab chiqarishdan olingan xamda adabiyotlarda keltirilgan malumotlarga
ko’ra xozirda gaz alangasi yordamida eyilgan detallarni kukunli qoplama
materiallar bilan tiklash keng qo’llanilmoqda. Masalan qishloq xo’jalik
mashinalarining tuproqqa ishlov berish organlari (omochlarning lemexlari,
kultivatorlarning panjalari, boronalarning ishchi organlari, soshniklar va
xakazo), traktor va avtomobillar dvigatelining qismlari. Kukun materiali
sifatida PG-XN80SR4, PG- XN80SR3 qo’llanganda kultivatorning panjaralari
eyilishga chidamliligi va mustaxkamligi 5...6 barobar ortadi. Lekin bu
kukunlarning narxi ancha yuqori bo’lganligi tufayli ushbu kukunlarning yuqori
legirlangan cho’yan kukunlari yoki temir kukunlar (jadval 2.7.,2.8.) bilan
aralashmasini ishlatish mumkin. SHuning natijasida kukun materialining
tannarxi 2...5 barobar kamayadi.
Ayrim kukun aralashmalarining tarkibi
Jadval 2.8
Gaz alangasi yordamida eyilgan detallarni kukunli qoplama materiallar
bilan tiklash jarayoni 3 ta asosiy texnologik operatsiyadan tuziladi: detallarni
yuzalarani qoplashga tayyorlash, detallarni eyilgan yuzalarini qoplama
material bilan qoplash, qoplamalarga mexanik ishlov berish. Xar bir guruh
detallarni qoplash uchun rejimlari va kukun aralashmalari tajriba sinovlar
orqali aniqlanadi.
2.4.2. Kontakt payvandlash usuli bilan kukunli materiallarni qoplash.
Kontakt payvandlash usuli kukunsimon kompozitsion materiallarning
bebaho xossalari va xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Kukunsimon materiallar yordamida NSH nasoslarning shesternyalarini,
tsilindr golovkalarini, klapan uyalarini va klapan faskalarini qayta
tiklash mumkin bo’ladi. Bu usulning boshqalaridan farqi kukunsimon qoplama
material eyilgan yuzaga bir xil qalinlikda sepiladi yoki erkin holda oqizib
turiladi. Lekin valsimon detallarni qayta tiklashda bu usulni qo’llash
texnologik jihatdan qiyinchiliklar tug`diradi, ya`ni eyilgan yuzada kerakli
qatlam bir xil bo’lmaydi va kerakli sifatni bermaydi. Bunday kamchilik turli
kukunsimon qattiq qotishmalar aralashmasini qo’llashni amalga oshirish uchun
qo’shimcha konstruktorlik va texnologik echimni topish talabini qo’ydi. Xozirda
bu kamchilikni bartaraf etish yo’llari mavjud.
SHuning uchun metall kukunlarini payvandlash yuzasiga uzatishga alohida
e`tibor berilib, yangi usul yaratildi.
Mavjud metall kukunini payvandlash yuzasiga erkin holda sepish, kukunni
bunkerdan o’zi oqib tushadigan qilib uzatish usuli hamda bunkerdan kukunni
shnekli ta`minlovchi bilan uzatish o’rniga kukunsimon material detal yuzasiga
elimlangan,kukunsimon material bunkerdan erkin holda tushadi, kukunsimon
material po’lat lenta yuzasiga elimlangan holda uzatiladi. (rasm 2.4.)
Qattiq qotishmali kukunsimon materialni po’lat lentaning ichki yuzasiga
elimlash usuli. Bunda kukunsimon qattiq qotishma po’lat lentaning ichki
yuzasiga presslanadi yoki elimlanadi va eyilgan yuzaga payvandlanadi. Bunda
0,3…0,4 mm qalinlikdagi po’lat lentaning detal
bilan birikadigan yuzasiga tarkibida kazein, kanifol va un bo’lgan kley
surtiladi, keyin unga bir tekis qattiq qotishma kukuni yopishtiriladi.
Qattiq qotishma zarralarining o’lchami 250…400 mkm bo’lib, u xrom
va titanning karbid-boridli qotishmasining birikmasidan iborat bo’ladi.
Ayrim hollarda VK8 yoki VK6 qattiq qotishmasidan iborat bo’lishi mumkin.
Rasm 2.4. Kukunsimon materialni payvandlash yuzasiga uzatish
sxemalari:
a- kukunsimon material detal yuzasiga elimlangan, b- kukunsimon material
bunkerdan erkin holda tushadi, v- kukunsimon material po’lat lenta yuzasiga
elimlangan holda uzatiladi.
Qattiq qotishma elimlangan lenta kontakt payvandlash usulida detalning
qayta tiklanadigan yuzasiga payvandlanadi. Detal va lenta orqali
o’tuvchi payvandlash toki kontakt nuqtalarini qizdirishi natijasida ular yumshaydi.
Bu vaqtda qattiq qotishmalar bosim kuchi ta`sirida detal va
lentaga botib qoladi. Lenta esa suyuqlanib detalga payvandlanadi.
Ushbu usulda abraziv eyilish sharoitida ishlovchi tsilindrik tashqi yuzali
detallar va tuproqqa ishlov beruvchi qishloq xo’jalik, qurilish va qazish
mashinalarining ishchi organlari kabi detallarni qayta tiklash ayniqsa samarali
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |