bo‗lib hisoblanadi. Gaz termometri yaroqli bo‗lg‗an sohalarda bu shkala
Termometrlarning turlari. Turli termometrlar orasida o‗zining sezgirligi,
termometrining shkalasi Kelvinning absolyut termodinamik shkalasi bilan deyarli
42
aniq mos keladiki, bu termometrning katta afzalligi hisoblanadi. Biroq gaz
termometrining tuzilishi va uni ishlatish ancha murakkab termometrlarning
o‗lchamlari katta va qo‗pol bo‗lib, issiqlik, muvozanati holatiga juda sekinlik bilan
keladi. Shu sababli texnik, maqsadlarda gaz termometrlari juda kam ishlatiladi.
Ulardan fizik tadqiqotlarda ham kam foydalaniladi, ularning yordamida past
temperaturalar o‗lchanadi. Gaz termometrlari ularga qarab boshqa termometrlarni
darajalash uchun ishlatiladi. Shu tufayli gaz termometrlari birlamchi termometrlar,
amaliy o‗lchashlarda ishlatiladigan va ularga qarab darajalangan boshqa
termometrlar — ikkilamchi termometrlar deb ataladi. Har bir ikkilamchi
termometrning albatta gaz termometriga qarab darajalanishi shart emas. Gaz
termometrlari asosan standartlar byurosi, metrologiya institutlari va ba‘zi tadqiqot
labaratoriyalarida ikkilamchi termometrlarni darajalash uchun ishlatiladi. Odatda
,esa termometrlarni darajalash uchun gaz termometrlariga qarab darajalangan
yetarlicha aniq ikkilamchi termometrlardan foydalaniladi [9].
Ikkilamchi termometrlardan eng ahamiyatlilari suyuqlikli (asosan
simobli) termometrlar, qarshilik termometrlari
va .termoelementlardir.
Suyuqlikli termometrlarning tuzilishi hammaga ma‘lum va bu masala
ustida batafsil to‗xtashning hojati yo‗q. Suyuqlikli termometrlarning
aniqligi yuqori bo‗lmaydi. Shu sababli va bir qator boshqa sabablarga ko‗ra
ular fizik tadqiqotlarda hamma vaqt ham ishlatilavermaydi. Ularning
qo‗llanish sohalari nast temperatura tomonidan suyuqliklarning xossalari
bilan, yuqori temperaturalar tomonidan esa shishaning xossalari bilan
cheklangandir: temperatura pasayganida barcha suyuql iklar muzlab qoladi,
yuqori temperaturalarda shisha yumshoqlanadi. Shunga qaramay suyuqlikli
termometrlar yetarlicha keng temperaturalar sohasida — taxminan — 200°C
dan +600°C gacha qo‗llanishi mumkin. Suyuqlikli termometrlarda
ishlatiladigan suyuqliklarga qo‗yidagilarni kiritish mumkin: 1) pentan
(temperaturalarning —200 dan +20°C gacha sohasi), 2) etil spirti (—110
dan +50°C gacha), 3) toluol (—70 dan 100°C gacha), 4) simob (—38,86 dan
600°C gacha). Eng keng tarqalgani simobli termometrlardir. Simobning
43
qaynash temperaturasi normal atmosfera bosimida 357°C ga teng. Bosim
ortganida bu temperatura ham ortadi (4 atm bosimda qaynash temperaturasi
450°C ga, 30 atm bosimda esa 500°C gacha ko‗tariladi). Shuning uchun
357°C dan yuqori temperaturalarni o‗lchash uchun termometr kapillyaridagi
simob atmosfera bosimidan yuqori bosim ostida bo‗lishi kerak. Shu
maqsadda kapillyar gaz bilan to‗ldiriladi. Gazning bosimi 70 atm gacha
yetishi mumkin. Bunday bosimga c h i d a s h uchun kapillyarning devorlari
qalin bo‗lishi kerak. Shkala esa kapillyar devorining o‗ziga o‗yib chiziladi.
Termometrlarda ishlatiladigan boshqa suyuqliklar simobdan avvalo shu
bilan farq qiladiki, ular kapillyar devorini ho‗llaydi. Bunday termometr larda
suyqlik ustunining uzilib qolmasligi uchun kapillya r faqat yuqori
temperaturalarni o‗lchash uchungina, emas, balki hamma vaqt gaz bilan
to‗ldirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: