qotishmadan iborat sim bo‗ladi; termometrik kattalik sifatida esa elektr
qarshilik olinadi. Metallarning elektr qarshiligi temperatura ortgani sari
ortib boradi. Temperatura bir gradusga ortganida qarshilik ortishining 0°C
koeffisiyent taxminan 0,4% ga teng. Metallar qarshiligining temperaturaga
chetlashish ayniqsa past temperaturalarda aniq namoyon bo‗ladi. Shuning
uchun qarshilik termometrlarining shkalasi chiziqli bo‗lmaydi va ularni gaz
platina va misdir. Platina termometr temperaturalarning taxminan 10 dan
44
20 dan 70 K gacha intervalida) bu aniqlik 0,01 K ga, temperaturalarning
kichik farqlarini o‗lchashda esa 0,001 K ga teng. Temperaturalarni mis
termometrlar bilan o‗lchash aniqligi taxminan bir tartibga kamroq bo‗ladi.
Qarshilik termometrlarida boshqa materiallar ham qo‗llaniladi, masalan,
nikel shuningdek, temirning nikel bilan qotishmasi 0° dan 600°C gacha past
temperaturalarda qo‗llaniladi. Past temperaturalarni o‗lchash uchun (3,4 dan
273 K gacha) sof indiy ishlatilgan qarshilik termometrlar idan foydalanish
mumkin.
Qarshilik termometrining yasalishi uning vazifasiga ko‘ra nihoyatda
turli-tuman bo‗lishi mumkin. Platina termometr odatda juda ingichka
(diametri 0,05—0,1 mm va xona temperaturasidagi qarshiligi 10—100 Om)
platina simdan, bu simni izolyatsiyalangan slyuda, chinni yoki kvarsdan
qilingan karkasga mahkamlash yo‗li bilan yasaladi. Simning uchlari mis
simlar vositasida qarshilikni o‗lchash sxemasi, masalan, Uitston
ko‗prikchasi bilan ulanadi.
Qarshilik termometrlarining alohida turi yarim o‘tkazgichli termometrlar
bo‗lib, ular shuningdek, termoqarshiliklar yoki termistorlar deb ham ataladi.
Ularda termometrik jism bo‗lib yarim o‗tkazgich, masalan, ko‗mir yoki
germaniy kristallchasi xizmat qiladi. Ko‗mir va germaniyli qarshilik
termometrlari 20 K dan past temperaturalarda qo‗llaniladi. Yarim
o‗tkazgichlarning qarshiliklari temperatura ortishi bilan kamayadi. Ularning
solishtirma qarshiliklari metallarnikidan o‗nlab va yuzlab marta katta.
Qarshilikning temperatura koeffisiyentlari ham 10 marta katta. Shu tufayli
yarim o‗tkazgichli qarshilik termometrlari katta sezgirlikka ega bo‗lgani
holda ularning o‗lchamlari nihoyatda kichik bo‗lishi mumkin. Bunday
teremometrlar bilan gradusning mingdan bir ulushlarigacha bo‗lgan
temperatura o‗zgarishlarini ham aniq o‗lchash mumkin.
Ko‗pchilik
metall
va
qotishmalar
absolyut
nolga
yaqin
temperaturalarda normal holatdan o‘ta o‘tkazuvchanlik holatiga o‗gadi, bunda
ularning elektr qarshiliklari nolga aylanadi. Biroq, bunday o‗tish shuncha lik
45
keskin ro‗y beradiki, tegishli materiallardan qarshilik termometrlari yasash
uchun foydalanishga imkon bermay qo‗yadi. Past temperaturalar
termometriyasida aralashma sifatida tarkibida yuzdan bir necha prosent
qo‗rgoshini bo‗lgan fosforli bronzadan yasalgan qarshilik termometrlari
birmuncha keng tarqalgan. Ularda normal holatdan o‗ta o‗tkazuvchan
holatga o‗tish kuchli cho‗zilgan bo‗ladi. 7 dan 1 K gacha temperatura
intervalida qarshilik deyarli chiziqli kamayadi.
Termoparali termometrlarning tuzilish prinsipi to‗g‗risida yuqorida
tapirib o‗tgan edik. Termoparali termometr turli jinsli materiallardan
qilingan va uchlari birga payvandlangan ikki A va B simlardan iborat. Agar
kavsharlangan uchlarining temperaturalari turlicha bo‗lsa, u holda
termopara zanjirida elektr toki paydo bo‗ladi. Kavsharlardan birini
Do'stlaringiz bilan baham: