60
bunday urinishlar hozir ham uchrab turadi (albatta fizikadan ma‘lumoti
mo‗q
kishilar
orasida),
biroq
ularning
hammasi
shubhasiz
muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu shunga olib keldiki, perpetuum
mobilening mumkin emasligi, o‗z mazmuni bilan energiyaning saqlanish
qonuniga ekvivalent bo‗lgan prinsipga aylanib qoldi. Ish va energiya
birliklari, shuningdek, issiqlik miqdorining birligi bo‗lib ham xizmat qilishi
mumkin (garchi,tarixiy jihatdan bunday bo‗lmasada). Issiqlikning kinetik
tabiati qaror topmaguncha bu kattaliklar uchun turli birliklar ishlatilar edi.
Ayni bir birliklarni ishlatish faqat nazariy tadqiqotlardagina emas, balki
amalda ham qulaydir, chunki barcha munosabatlarda issiqlik miqdorining
issiqlik birliklaridan mexanik birliklariga va aksincha o‗tkazish
koeffisiyentlari bo‗lgan son ko‗paytuvchilariga o‗rin qolmaydi XBC
birliklar sistemasida issiqlik miqdorining birligi — joul, SGS birliklar
sistemasida — erg dir. Biroq teplorod tushunchasi hukmron bo‗lgan
davrlarda issiqlik miqdorini o‗lchash uchun maxsus birlik— kaloriya
kiritilgan edi. Kichik kaloriya yoki gramm-kalorsya bir gramm toza suvning
temperaturasini bir Selsiy gradusiga ko‘tarish uchun kerak bo‘lgan issiqlik
misdoridir. Ming gramm-kaloriya katta kaloriyani yoki kilokaloriyani tashkil
qiladi. Yuqori aniqlik uchun nolinchi kaloriya, 15 - gradus kaloriyasi, 20-
gradus kaloriyasi va boshqa kaloriyalar bir-biridan farq qilingan edi.
Masalan, 20-gradus kaloriyasi 1g sof suvni 19,5 dan 20,5°C gacha isitish
uchun kerak bo‗lgan issiqlik miqdori deb aniqlanar edi. Hozirgi vaqtda
issiqlik miqdorini alohida birliklarda o‗lchash zarurati yo‗qoldi. Hozirgi
vaqtda xalqaro kilokaloriya qo‗llaniladi, ta‘rifga muvofiq u 4,1868 kilojoulga
teng. Bu birlikning mingdan bir ulushini biz oddiy kaloriya deb ataymiz.
Universal gaz doimiysi R ni kaloriyalarda ifodalanganda
R = 1,9858 kal/(K • mol) ≈2 kal/(K • mol) ekanligini ta‘kidlab o‗tish
foydadan holi emas. Jismning olgan issiqlik miqdori holat funksiyasi emas.
61
Bu (2.6) tenglamadan bevosita ko‗rinib turibdi. U
1
-U
2
ayirma faqat
sistemaning boshlang‗ich va oxirgi holatlariga bog‗liqdir, holbuki A
12
ish
yana o‗tish yo‗liga ham bog‗liq bo‗ladi.
Shuning uchun Q = U
2
— U
1
+ A
12
issiqlik miqdori ham o‗tish
yo‗liga, ya‘ni sistemaning ko‗rilayotgan holatga qanday o‗tkazilganiga
bog‗liqdir. Bu hol Q kattalik sistemaning holat funksiyasi emasligini
bildiradi. Sistemani ko‗rilayotgan holatga cheksiz ko‗p usullar bilan
o‗tkazish mumkin. Bu barcha usullarda sistemaga ayni birday ichki energiya
beriladi, biroq bu ichki energiyaning ishga va berilgan issiqlikka bo‗linishi
turli usullarda turlicha bo‗ladi. Agar sistemaning holati berilgan bo‗lsa -yu,
biroq bu holatga erishilgan prosess ko‗rsatilmagan bo‗lsa, u holda
sistemaning ko‗rilayotgan holatga o‗tishida zapas qilib olgan energiyasi
haqida hech narsa deb bo‗lmaydi. Bu ma‘noda jismda bo‗lgan yoki zapas
issiqlik miqdori haqida hech narsa deb bo‗lmaydi. Hamma vaqt ichki
energiya
zapasi haqida
gapirish mumkin,
chunki
u
sistemaning
ko‗rilayotgan holatga keltirish usuliga bog‗liq bo‗lmaydi. Sistemaning
ko‗rilayotgan holatga o‗tish prosessi ko‗rsatilgandagina jismga berilgan
issiqlik miqdori haqida gapirish ma‘noga ega bo‗ladi.
«Issiqlik energiyasi» termini juda keng tarqalgan. Bu tushunchani
jismning issiqlik almashinish natijasida yig‗ib olgan issiqlik miqdori deb
mutlaqo tushunmaslik kerak. Issiqlik energiyasi deganda jismning ichki
energiyasini tushunish kerak.