2.3. Neptun orti obektlarining xarakteristikalari (yoki xususiyatlari)
Yaqin-Yaqingacha bu savolga maktab о‘quvchisi ham tо‘kkizta deb javob berardi. Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter va Saturn sayyoralari ilgaridan ma’lum bо‘lgan va ularni bevosita kuzatish mumkin. Uran sayyorasi 1781 yilda ingliz astronomii Vilyam Gershel tomonidan ochilgan. Urben Leverye matematik hisob-kitoblanga tayanib Neptunning mavjudligini bashorat kilgan. 1846 yilda Edmund Galle uni xisoblab kо‘yilgan joydan osongina topdi. Pluton sayyorasi esa 1930 yilda kо‘p yillik mashakkatli kuzatishlar natijasida Klayd Tombo tomonidan ochildi. Shundan sо‘ng keyingi 60 yil davomida fakat kometalar va Mars va Yupiter sayyoralari orasida xarakatlanuvchi mayda osmon jismlari – asteroidlarning yangi vakillari ochildi xalos.
XX asr oxiriga kelib Neptun sayyorasi orbitasidan tashqarida ham asteroidlar belbogi topildi. Bu belbog’ga «Koyper belbogi» deb nom berilgan. Bu belbog’ning mavjudligi haqida ilk bor. 1949 yilda ingliz astronomi Kennet Ejvort va 1951 yilda amerikalik astronom Jerard Koyper bashorat kelishgan edi. Ularning fikricha, bu belbog gigant sayyoralardan 35-50 a.b. (1 a.b. – Yerdan Kuyoshgacha bо‘lgan о‘rtacha masofa bо‘lib, 150 million km ga teng) uzoklikda joylashgan bо‘lib, u asteroidlar va kometalardan iborat.
Lekin uzoq vaqt davomida ushbu belbog’da hech qanday obyekt topilmadi. Va nihoyat, 1992 yilda Koyper belbogidagi birinchi obyekt - diametri 280 km bо‘lgan 1992QB1 topildi. 2000 yilning may oyiga kelib topilgan transneptun (neptun orti) obyektlarining soni 300 ta ga yaqinlashib qoldi. Bu jismlarning bari sayyoralar singari quyosh atrofida tо‘gri yо‘nalishda aylanadi. Ularni asteroid yoki kometa deb atash juda qiyin, chunki yangi ochilayotgan jismlarning diametri ancha katta, 100-800 km ni tashkil kiladi. Eng oxirgi tadkikotlarning natijasiga kо‘ra, bu belbogda diametri 100 km dan ortiq bо‘lgan 70 000 dan ortiq obyekt bо‘lishi mumkin.[9]
2003 yilda Kaliforniya texnologiya institutining astronomi Mayk Braun 2003 UB313 «Xena» (Ksena yoki Zena) transneptun obyektini ochdi. Bu samoviy jismning о‘lchami Plutonnikidan ham katta edi. Shundan sо‘ng jahon astronomlari о‘rtasida bu obyekt ham sayyoralar safiga qо‘shiladimi, degan savol paydo bо‘ldi. Bu savolga javob topish maqsadida Xalqaro astronomiya jamiyati (XAJ) garvardlik professor Ouen Jingerix boshchiligida maxsus ishchi guruxini tuzdi. Tarkibiga astronomlar, tarixchilar va yozuvchilar kirgan bu gurux ikki yil davomida ishlab quyidagi taklifni kiritdi. Sayyoralar soni 12 taga yetkazilib ular ikki guruxga bо‘linishi lozim. «Klassik» sayyoralar deb atalmish birinchi guruxga Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va eng katta asteroid Serera kiradi. «Plutonlar» deb ataluvchi ikkinchi guruxga Pluton, Xaron (xozirgacha Plutonning yо‘ldoshi deb xisoblangan, lekin о‘lchami uniki bilan teng) va Zena transneptun obyekti kirishi kerak.[10]
Lekin XAJ Komissiyasi boshka taklifni о‘rtaga tashladi. 2006 yil 24 avgustda Xalkaro Astronomik Jamiyatning Pragada 2500 dan ortik astronom ishtirokida о‘tgan XXVI Bosh Assambleyasining oxirgi ish kunida quyosh sistemasi jismlarining yangi maqomi bо‘yicha XAJ Komissiyasi taklifi uchun ovoz berildi. Ovoz berish natijalariga kо‘ra endilikda osmon jismlari quyidagicha ta’riflanadi:
1. Sayyora - Quyosh atrofida aylanuvchi osmon jismi. Sharsimon shaklda bо‘lishi kerak yoki bu shaklni egallashi uchun u yetarlicha katta va salmoqli bо‘lishi hamda uning orbitasi yakinida о‘lchami unikiga yaqin jism bо‘lmasligi kerak. Sayyoralar soni 8 ta: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. Bu guruxga «klassik sayyoralar» degan nom xam berildi.
2. Mitti sayyoralar - quyosh atrofida aylanuvchi osmon jismlari bо‘lib, kattik jism kuchlaridan ustun bо‘lgan о‘z-о‘zidan gravitatsiyalanish ta’sirida sharsimon shaklni egallashi uchun u yetarlicha katta va salmokli bо‘lishi kerak. Ular boshka sayyoralarning yо‘ldoshi bо‘lmasligi kerak. О‘z orbitasi yakinida о‘lchami unikiga о‘xshash jism bо‘lishi mumkin. Mitti sayyoralar Plutonga о‘xshash bо‘lib, ularning eng yirigi Zena (2003 UB313)dir. Pluton, Xaron, Sedna xamda eng katta asteroid Serera xam mitti sayyoralar orasidan mukim joy oldi.
3. Quyosh sistemasining boshqa obyektlari - quyosh atrofida aylanuvchi barcha jismlar. Ular «Quyosh sistemasining kichik jismlari» deb xam ataladi. Xozircha bularga Mars va Yupiter sayyoralari oraligida xarakatlanuvchi minglab asteroidlar, transneptun obyektlari, kometalar va boshka osmon jismlari kiradi
Shunday kilib, xozircha Quyosh sistemasi jismlaridan faqat sayyoralarninggina makomi belgilandi. Mitti sayyoralar makomi va ularning umumiy nomini belgilash XAJning 2009 yilda Rio-de-Janeroda bо‘lib о‘tadigan XXVII Bosh Assambleyasi xukmiga qoldirildi. Kichik jismlar guruxiga qaysi osmon jismlarining kiritilishini xam kelajak kо‘rsatadi.[10]
Do'stlaringiz bilan baham: |