Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 327,91 Kb.
bet20/92
Sana01.06.2022
Hajmi327,91 Kb.
#626300
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti

Fizik aspekt. Ma’lumki, tabiatdagi har qanday tovush biror jismning tebranishi natijasida havoning to‘lqinlanishi tufayli hosil bo‘ladi. Biror jismning tebranishi (masalan, dutorning tori) havoni tovush chiqaradigan darajada to‘lqinlantiradi, natijada tovush hosil bo‘ladi. Faqat tabiiy tovushlar emas, nutq tovushlari ham shunday xususiyatga ega, chunki o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi bo‘g‘izda tovush paychalarini tebratib tovush hosil qiladi. Bu umumiy tovush nutq a’zolarining turli ishtiroki tufayli nutq tovushlariga aylanadi. Bu tabiiy tovushlarning ham, nutq tovushlarining ham akustik (eshitilish) va artikulyatsion (aytilish, hosil bo‘lish) xususiyatlari hisoblanadi. Tovushlarning bu xususiyatlari bilan “Fizika” fanining akustika bo‘limi shug‘ullanadi, lekin bu nutq tovushlari tufayli fonetikaga ham aloqadordir.
Fonetika nutq tovushlarini fizik aspektda (fizikaviy nuqtai nazardan, fizik tomondan) o‘rganadi va tovushning quyidagi xususiyatlari bilan shug‘ullanadi:
1) tovushning balandligi;
2) tovushning kuchi;
3) tovushning cho‘ziqligi;
4) tovushning tembri.
Tovushning balandligi tebranishning miqdoriga bog‘liq. Tebranish qancha kuchli bo‘lsa, tovush ham shunchalik baland bo‘ladi va aksincha tebranish qancha kam bo‘lsa, tovush ham shunchalik past bo‘ladi. Tebranuvchi qismi qancha kichik bo‘lsa, shuncha tez tebranadi, tovush ingichka va baland bo‘ladi. Nutq tovushining kuchi tebranishning darajasiga bog‘liq.
Tebranish darajasi qanchalik katta bo‘lsa, tovush ham shunchalik kuchli chiqadi. Tovush to‘lqinining balandlik va kenglik ko‘lami amplituda (lotincha, ko‘lam) deyiladi. Tovushning balandligi gers bilan o‘lchanadi. Gers tebranishning sekundga nisbatan o‘lchovini belgilaydi. Tebranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland; tebranish oz bo‘lsa, tovush ham past bo‘ladi. Nutq tovushlarining tembri (sifati, bo‘yoqdorligi) asosiy ton bilan yordamchi tonlar (oberton)ning qo‘shimcha ohang (rezonator tonlari) va shovqinning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Tembr, asosan, unli tovushlar uchun xos bo‘lib, ularni farqlash uchun xizmat qiladi. Demak, unlilar o‘zaro tembri (sifati, bo‘yoqdorligi) bilan farqlanadi. Tovushlarning tembri rezonatorlik vazifasini bajaruvchi og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘ining hajmiga, shuningdek, ayrim nutq a’zolariga bog‘liq. Shunga ko‘ra kishilarning ovozi bir­biridan farqlanadi.
Tovushning cho‘ziqlik darajasi tebranish davom etgan vaqt bilan o‘lchanadi. Shunga ko‘ra:
1. Birlamchi yoki fonologik cho‘ziqlik. U ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, turkman tilida a:d-ism, ad-ot (yilqi); qon - tiriklik manbai, qoon – hoqon kabi.
2. Ikkilamchi yoki fonetik cho‘ziqlik. Fonetik cho‘ziqlik ma’no farqlash uchun xizmat qilmaydi. Masalan, imon – iymon kabi. Uning yana bir ko‘rinishi mavjudki, bunda talaffuzda ikki unli o‘rtasida undosh tovushning tushib qolishi kuzatiladi: sh:r – shahar, b:r – bahor, na:ar – nahor, ba:adir – bahodir kabi.

Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish