Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Sotsial (ijtimoiy) aspekt



Download 327,91 Kb.
bet22/92
Sana01.06.2022
Hajmi327,91 Kb.
#626300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti

Sotsial (ijtimoiy) aspekt. Fonetika nutq tovushlarini ijtimoiy aspektda o‘rganganda nutq tovushlarining jamiyat uchun bajaradigan vazifasini ko‘zda tutadi.
Nutq tovushlari ijtimoiy hodisa hisoblanadi, chunki nutq tovushlari inson tomonidan yaratilib, inson uchun xizmat qiladi. Demak, nutq tovushlari ijtimoiylik xususiyatiga ega, chunki ular asosida kishilarning o‘zaro fikrlashishlari uchun xizmat qiladigan so‘zlar hosil bo‘ladi.
Nutq jarayonida nutq tovushlari vositasida hosil qilinadigan tovushlarning barchasi ham shunday xususiyatga ega emas. Kishilar nutq jarayonida har bir tovushni turlicha shakllantirishi, turlicha ifodalashi mumkin. Masalan, igna, ishchi, qirq, siz kabi so‘zlar tarkibidagi i tovushlari turlicha talaffuz qilinadi va eshitiladi (i,’,ь,o‘ kabi), lekin shularning bir shakli (i shakli) asosiy hisoblanib, qolganlari uning variantlari, turli ko‘rinishlari hisoblanadi. Shular ichidan ajratib olingan yagona tovush ijtimoiy qiymatga ega. Shu tovushning boshqalaridan farqlangan holati fonema deb yuritiladi.
Nutq tovushlari haqidagi fikrlar juda qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lsa ham, fonema haqidagi tushuncha va atamaga XIX asrning oxirlarida Qozon tilshunoslik maktabining asoschisi, asli polshalik rus tilshunosi Boduen de Kurtene, uning shogirdlari N.V.Krushevskiy va boshqalar asos soldi. Ular nutq tovushlarining sotsial (ijtimoiy) qiymatini hisobga olib, so‘zning ma’nosini farqlantiradigan tovushlarni fonema (masalan, i tovushi), qolganlarini (’,ь,o‘) uning turli ko‘rinishlari, variantlari deb baholadilar.
Tilning so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan fonetik birligiga fonema deyiladi.
Masalan, bir, bur, bo‘r, bor, be(e)r, bar so‘zlarida so‘z boshidagi va so‘z oxiridagi tovushlar bir xil (b,r), faqat so‘z o‘rtasidagi tovushlar turlicha (i,u,o‘,o,a,e) bo‘lishiga qaramasdan, bu so‘zlar bir-miqdor, bur-harakat, bo‘r-predmet, bor-mavjudlik, ber-harakat, bar (etak)-predmet kabi turli ma’nolarni anglatadi, shuning uchun bu so‘zlarda ma’no farqlantiruvchi element-fonema i,u,o‘,o,a,e tovushlardir. Yana bir misol: bir, bil, biz, bit(moq) so‘zlarida dastlabki tovushlar (b,i) bir xil, so‘nggi tovushlar (r,l,z,t) har xil, shunga ko‘ra so‘z ma’nolari ham farqlanadi.
Tovush va fonemalar shu xususiyatlariga ko‘ra farqlanganidan, tovush va harf ham bir­biridan farqlidir. Harf tovushlarning yozma shakli, yozuvdagi ifodasidir. Nutq tovushlari eshitish, ularning yozma shakli bo‘lgan harflar ko‘rish orqali idrok qilinadi. Lekin tovush va harflar miqdor va sifat jihatidan doim bir­biriga teng emas, ayrim tovushlar ikki harf (n-ng, sh-sh, ch-ch kabi) orqali ifodalangani holda, ayrim tovushlar esa umuman harfiy belgisiga esa bo‘lmasligi mumkin.
Umuman, nutq tovushlari yuqoridagi fizik, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra dastlab ikki yirik guruhga bo‘linadi:
1. Unli fonemalar;
2. Undosh fonemalar.
Lug‘at:
Phone – grekcha tovush.
Acustikos – grekcha eshitilish.
Amplitudo – lotincha ko‘lam.
Timbre- fransuzcha tovush bo‘yog‘i, sifati; bo‘yoqdorlik.
Oberton – nemischa qo‘shimcha ohang.
Sillabemos – grekcha bo‘g‘inga teng ma’nosida.
Aksentema – lotincha urg‘u.
Intonema - lotincha baland tovush bilan talaffuz etish.



Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish