I.ХOZIRGI DAVRDA DUNYONING MAFKURAVIY
MANZARASI
XXI asr oxiriga kelib jahonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida yuz bergan tub o‘zgarishlar ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi dunyoning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Sobiq sotsialistik lager o‘rnida mustabid tuzum mafkurasidan xolos bo‘lgan yangi davlatlar yuzaga keldi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan xalqlar o‘z milliy davlatlarini shakllantirdilar. “Bugungi kunda ko‘pchilik rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari erkinligi, milliy va diniy bag‘rikenglik g‘oyalari ustuvordir”1.
Bu tamoyillarga asoslangan ezgulik g‘oyalari umuminsoniy manfaatlar va bashariyatning asriy orzusi bo‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi.
Ammo, ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviy manzarasida turli vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga urinayotgan tajovvuzkor, millatchilik, shovinistik, neofashistik, irqchilik va diniy ekstrimistik siyosiy kuchlar ham bor. Bunday g‘ayriinsoniy, buzg‘unchi kuchlar xalqlar boshiga cheksiz kulfatlar solib, insoniyatning tinchligi va osoyishtaligini buzib odamlarga turli balolarni yog‘dirmoqda.
Afg‘onistonda o‘ttiz yildan ortiq davom etayotgan birodar kushlik urushi Iroq, Suriya, Liviya kabi Arab davlatlaridagi sodir bo‘layotgan mojarolar mintaqada tinchlik o‘rnatishga halaqit bermoqda. Ko‘p hollarda bu kurashlar buzg‘unchi mafkuralarning ta’siri oqibatida namoyon bo‘lmoqda.
Bugungi kunda yuzaga kelayotgan qarama-qarshiliklar nafaqat insonni ongini balki qalbini ham egallashga qaratilgan mafkuraviy kurash shaklida maydonga chiqmoqda. Shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalarida xalqlarning ongi va qalbi turli g‘oyalarni sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Ana shunday murakkab sharoitda aholining barcha qatlamlariga ayniqsa yosh avlodga berilayotgan bilimlar obyektiv, real voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, jamiyat taraqqiyotiga, Vatan va xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozim.
Insoniyat XX asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.
Kosmik asr deb nom olgan yigirmanchi asrda insoniyat o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu asrda fan va texnikaning mislsiz taraqqiyotini, uning yutuqlarini xalq xo‘jaligiga keng tadbiq etilishi bilan xarakterlanadi. Bu xususiyatlar esa XXI asr arafasida kishilik jamiyatida mutlaqo yangi tendensiyani globallashuv jarayonini yuzaga keltirdi.
Globallashtirish jarayoni jahon mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi, geosiyosatning yangi maqsad va yo‘nalishlarini yuzaga keltirdi. Buning natijasida bir tomondan, turli g‘oyalarni kishilar ongiga singdirish usullari va vositalari mukammallashib ketdi, ikkinchi tomondan g‘ayriinsoniy g‘oyalar ta’siridan fuqarolarni himoyalash imkoniyatlari kamaydi.
Yuzaga kelgan vaziyatda Sovet Ittifoqining halokatga yuz tutishi va jahonning boshqa mintaqalarida sodir bo‘lgan ijtimoiy siyosiy voqealar natijasida mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatlar xavfsizligiga ayniqsa katta tahdidlar paydo bo‘ldi. Shu sababli hozirgi zamonning mafkuraviy mazarasi, xususan mustaqillikka erishgan davlatlarga o‘tkazilayotgan mafkuraviy tayziqlar va tahdidlar to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish zarurdir.
Bir so‘z bilan aytganda, dunyoning turli burchaklarida inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu narsa bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab bermoqda.
Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir.
Har bir davlat va jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligiga va barqarorligiga tayanadi.
Jamiyat va millat o‘z g‘oyasiga mustahkam tursa har qanday dushmanni tahdidlarini yegna oladi. Aksincha, jamiyat ichida g‘oyaviy parokandalik, bo‘linishlar bo‘lsa, dushmanlar va ularning buzg‘unchi mafkuralariga yo‘l ochib beradi.
Mamlakatimizning xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti hech bir O‘zbekiston fuqarosini befarq qoldirmasligi kerak. Chunki ular o‘z Vatanini qanchalik mashaqqatlar bilan mustaqillikka erishganini yaxshi biladilar.
Shunday ekan har bir O‘zbekistonlik millatidan, dinidan kasb-u-koridan va yoshidan qat’iy nazar Vatan posboni bo‘lishi lozim.
Shu sababli O‘zbekiston xalqining Milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan immuniteti Vatan xavfsizligi darajasining muhim ko‘rsatgichlaridan biriga aylanadi.
Milliy istiqlol mafkurasining g‘oyalari har qanday tashqi va ichki tahdidlarning oldini olishga qaratilgandir.
Tashqi tahdidlar – O‘zbekistonning davlat chegarasidan tashqaridan kirib keluvchi tahdidlardir.
Ichki tahdidlar esa – o‘z Vataniga xalqiga zarar yetkazishga qaratilgan g‘oya, fikr va xatti-harakatlardir. Nosog‘lom mahalliychilik, xalqiga xiyonat qilish, odamlarni boy kambag‘alga ajratib muomala qilish, korrupsiya, ashaddiy millatchilik, ortiqcha mol-dunyoga xirs qo‘yish, o‘zligini anglamaslik va boshqa illatlar ichki tahdidlar vositasi hisoblanadi.
Bu kabi illatlar qanchalik keng tarqalsa mamlakat xalqlarining g‘oyaviy birligiga shuncha ko‘p zarar yetkazadi.
Barcha zamonlarda ham ma’naviyati kuchli, ishonch va e’tiqodi mustahkam millatlar bir tani bir jon bo‘lib, har qanday muamolarni yechimini topa olgan.
Mafkuraviy birligi ichidan buzilgan millatlar esa, mag‘lub bo‘lib mustamlakaga aylangan XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayonlardan birorta ham davlat to‘la himoyalanib qolish imkoniyatiga ega bo‘lolmaydi.
Globallashuv shunday jarayonki undan chetda turishga urinish aksincha uning ta’siriga ko‘proq uchrab qolishi mumkin.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur urganmasdan turib uning taktikasi, strategiyasi va texnologiyasini ishlab chiqarmaslik mamlakatni iqtisodi, madaniyati va ma’naviyatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’sirni Hindistonning mashhur davlat arbobi Maxatma Gandining quyidagi so‘zlari bilan ifodalash mumkin: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mustahkam berkitib o‘tara olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va darazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini istamayman”. Shuning uchun ham milliy istiqlol g‘oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta’minlab ayni paytda “dovullar” singari zararli omillardan saqlanishimiz zarurligini anglatadi.
Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun ushbu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash va uning xususiyatlarini chuqur o‘rganish zarurdir.
Mamlakatimzning jahon maydonida olib borayotgan siyosati ko‘proq muvaffaqiyat keltirishini istasak globallashuvning mohiyati va xususiyatlarini chuqurroq tadqiq qilish zarur.
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqligini kuchayishidir. Globallashuvga turlicha ta’riflar berilgan. Lekin uning xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgan ta’riflarni fransuz olimi B.Bandi bergan deyish mumkin.
Unda globallashuv jarayonining uch o‘lchovli ekanligi ta’riflanadi.
Birinchidan, globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayondir;
Ikkinchidan, globallashuv jahonning gomogenlashuvi va universallashuv jarayoni;
Uchinchidan, globallashuv milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayonidir deydi olim.
Jahaonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har har o‘lchovi ham mavjud ekanligini ko‘ramiz. Hozirgi zamon globallashuv jarayoni o‘ta murakkab hodisadir. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatigi o‘tkazayotgan ta’siri yanada murakkabroqdir.
Kishilik jamiyati tarixi shundan guvohlik beradiki, insonda olijanob fazilatlarning shaklllanishi va rivojlanishiga ham, ayni paytda g‘ayriinsoniylikning turli xil ko‘rinishlarini ildiz otib o‘zinning mudhish qiyofasini namoyon qilishiga ham ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Bugungi kunda ularning eng yovuzlari yer yuzida tinchlik va totuvlik hamda hamjihatlik insoniyatning yagona birlik sifatida erkin va ozod taraqqiyot qilishiga katta xatar tug‘dirmoqda.
Yovuz kuchlar bugungi kunda ham dunyoning mafkuraviy manzarasini o‘z maqsadalari sari o‘zgartirib, barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda.
Birinchi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida tinchlik va taraqqiyotga tahdid solayotgan bunday kuchlarning asosiy shakllari hamda yo‘nalishalari haqida aniq ko‘rsatib bergan.
Hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham talaygina.
Tajovvuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstrimizm, mafkuralari shular jumlasidandir. Buyuk davlatchilik shovinizmini – Yurtboshimiz ta’kidlaganidek “Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‘ladigan geosiyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb ta’riflash mumkin. Shovinizm ba’zi ko‘p sonli millatlarning nafaqat ko‘p millatli imperiya doirasida, balki uni o‘rab turgan jo‘g‘rofiy-siyosiy makonda ham o‘zining mutloq hukmronligini o‘rnatish uchun kurashda namoyon bo‘ladi”1.
Agar tarixga nazar solsak ilgari kuchli davlatlar zaif mamlkatlarni ochiqdan-ochiq bosib olib, ularga o‘z hukmronligini o‘tkazgan bo‘lsa, XX asrning oxiriga kelib, bunday siyosat yangi bir shakl kasb etdi. Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intiladi. Bugungi kunda diniy aqidaparastlik shular jumlasidanligini ko‘rsatish mumkin.
Islom dinini niqob qilib olgan aqidaparastlar e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda barcha musulmonlarni ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularni yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuv g‘oyasini asoslashga harakat qiladilar.
Ular milliy suverentetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni ko‘zlayotganlari ma’lum bo‘ladi. Ikkinchidan xalifalikni tiklashga urinuvchilar bizni millat sifatida o‘zlizimizni anglashga yo‘l qo‘ymasligini yashiradilar.
Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarning ta’siri nihoyatda qudratlidir. Yurtboshimiz “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblarida shunday degan edi: “Mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb ijtimoiy-siyosiy masala, har qanday jamiyatni sog‘lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o‘z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo‘lib kelgan.Chunki mafkura-jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmuni, ularning intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |