Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayman»


Birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining tafakkur yangilanishiga ta’siri



Download 0,97 Mb.
bet47/110
Sana21.02.2022
Hajmi0,97 Mb.
#61051
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110
Bog'liq
Qarshi davlat universitet ijtimoiy fanlar kafedrasi «tasdiqlayma-fayllar.org

4.Birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining tafakkur yangilanishiga ta’siri.
KIRISH
Istiqlol el-yurtimiz uchun o’z taqdirining egasi bo’lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kеchirish, yurtimizda huquqiy dеmokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda istе’dod va qobiliyatini to’la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.
Mustaqillik yillarida ko’hna tariximiz, boy mеrosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mеhr-oqibat, bag’rikеnglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kеlajagiga daxldorlik tuyg’usi yuragimizning tub-tubidan o’rin oldi.
Ushbu ma’ruza matnida bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri, milliy g‘oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni, Birinchi Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati, Birinchi Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining tafakkur yangilanishiga ta’siri” haqida tushunchalar beriladi.


  1. Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri.

XX asrning so‘nggi o‘n yilligi jahon tarixiga ijtimoiy dunyoqarashda, jahon hamjamiyatining jug’rofiy-siyosiy (geopolitik) tuzulishda tub o‘zgarishlar davri bo‘lib kiradi. Jahon yangi davrga qadam qo’ydi. Bu davrning o‘ziga xos belgilari, bir tomondan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikning kuchayishi, yaxlit siyosiy va iqtisodiy makonlarning vujudga kelishi yagona xalqaro me’yorlar, qoidalar va andozalarga o‘tish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sotsalistik lagerning yemirlishi totalitar tuzumlarning tugatilishi, unitar tizimlar o‘rnidayosh mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidir. Boshqacha aytganimizda Yer kurrasining oltidan bir qismida islohotlar amalga oshirilmoqda.
Birinchi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ayganidek, “Bu yangi tuzilgan mustaqil davlatlarda davlat qurilishi va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish muammolari mintaqalarning doiralaridan tashqari chiqib, xalqli ravishda umumjahon tusini olganidan dalolatdir”.
Sobiq sotsialistik va boshqa mamlakatlar voqeligi keltirib chiqargan yangi hodisalar, munosabatlar va jarayonlar endilikda an’anaviy tushunchalarga mos kelmay qolgandi. Mulkchilik, ishlab chiqarish, boshqarishning bozor va rejali tartibga solish mexanizmlari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi va mazmun va ma’no kasb eta boshladi.
Ongimizga singib kelgan “kapitalistik” va “sotsialistik” tushunchalar o‘rtasida farq allaqachonlar yo‘qolganligi ma’lum bo‘lib qoldi. Ularni sun’iy ravishda ajratish mamlakatning ijtimoiy taraqqiyotiga bo‘lishi mumkin xolos.
Tafakurning mafkuraviy aqidalardan holi bo‘lgan, har bir mamlakatning va butun jahon ma’rifatparvarligining sifat jihatidan yangi holatga o‘tish shakllari va yo‘llarining xilmaxilligini ko‘rsatib beradigan yangi turi va uslubini yaratish zarurati vjudga keldi.
Yurtboshimiz aytganidek, “Hozirgi ijtimoiy, shu jumladan iqtisodiy rivojlanishning hammabop, har qanday mamlakat uchun birday tavsiya etish mumkin bo‘lgan andozalari yo‘qligi aniq-ravshan bo‘lib qoldi. Ijtimoiy rivojlanishning turli madaniy, ma’rifiy, tarixiy an’analarning nodirligi va o‘ziga xosligiga tayanadigan shakllari va usullari xilma-xilligi ma’lum bo‘lib qoladi.
Totalitar tuzum sharoitida orttirlgan butun tajriba shundan dalolat beradiki, aniq-ravshan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy ruhiy, demografik, tabiiy-iqlim va boshqa sharoitlarni, mintaqalarning obyektiv farqini hisobga olmaydigan siyosat va xo‘jalik tajrbasi iqirozga uchrashi muqarrar. SSSRning parchalanib ketgani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik uslubini targ‘ib qiluvchi vamyuqoridan ko‘rsatma bilan (direktiv) rejalashtirishga hamda resurslarni markazlashtirilgan tartibda, o‘zboshimchalik bilan taqsimlashga asoslangan Sotsialistik xo‘jalik yaratish usulining barbod bo‘lganligi buni isbotlaydi.
Bunday sharoitda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘li va andozasini tanlab olishdek o‘ta mas’uliyatli ishni hal qilishlozim edi. Bu yo‘l va andoza iqtisodiyoti bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasiga, hamda O‘zbekiston xalqining milliy, tarixiy merosi, turmush tarz, an’analari va ruhiyati, xususiyatlarini inobatga olgan holda taraqqiyotni belgilashni talab etadi.
“Bozor munosabatlariga o‘tishning konservativ andozalaridan tortib radikal andozalargacha, tadrijiy (evolyutsion) rivojlanish andozasidan tortib to “falaj (shok) bilan davolash” tarzidagi jadallashtirish andozasigacha bo‘lgan jahon tajribasibu andozalarni amalga oshirishning turli ko‘lamlari va muddatlarini o‘rganishga imkon beradi”-degan edi I.Karimov.
Lekin, bu tajriba ma’lum andozalardan ko‘ra-ko‘rona nssxa ko‘chirishga urinilayotgan joylarda islohotlar muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganidan dalolat bermoqda. Buning sababi shundaki, dunyoda bir-biriga o‘xshaydigan ikkita odam bo‘lmaganide, ikkita bir-biriga o‘xshash dalat ham bo‘lmaydi. Agar aynan nusxa olinsa mamlakatning o‘ziga xos shartsharoitlari, mavjud imkoniyatlari, yaqin va olis hamkorlik bilan ko‘p yillar davomida tarkib topgan iqtisodiy hamda ma’naviy aloqalarini moslashtirib bo‘lmaydi.
Xuddi shuning uchun ham Birinchi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov o‘zining “O‘zbekiston – bozor munosabatlarga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” nomli asarida, “Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda respublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan, O‘zbekistonning o‘tmishi, hozirgi kuni va kelgusi taraqqiyotiga to‘la-to‘kis mos keladigan mutlaqo yangi andoza, o‘ziga xos yo‘l zarur”ligini ta’kidlagan edi.
Demak, O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishda o‘xshashi bo‘lmagan, betakror yaxlit andozamizni ishlab chiqish, o‘z yo‘limizni tanlab olishimizni taqozo qilmoqda edi. Bu yo‘l uch tarkibiy qismdan iboratligi ko‘rsatildi.
Ijtmoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining xarakteristikasi (tavsifi);
-qat’iy markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga asoslangan yo‘liga o‘tishning eng muhim prinsiplari.
-iqtisodiy islohotlarni amlga oshirshning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo‘nalishlari.
Xuddi shunday sharoitda, istiqlolning dastlabki yillarida Birinchi Prezident I.Karimov rahbarligida islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Bunda taraqqiy topgan mamlaatlarning bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi, mamlakatimiz boshdan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, xalqimizning turmush va tafakur tarzi asos qilib olindi. Shu tariqa yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi mashhur besh tamoyili vujudga keldi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish