Birinchi tamoyil:iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Iqtisodiy islohotlarhech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ubiror mafkuraga bo‘ysundirilishimumkin emas. ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan holi bo‘lishi lozim.
Ikkinchi tamoyil:davlat bosh islohotchi. U islohotlarning ustivor yo‘nalishlarini belgilab berishi, yangilanish va o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalg oshirish lozim.
Uchinchi tamoyil: jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustivorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim.
To‘rtinchi tamoyil:Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtmimoiy siyosat yuritish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini,ayniqsa, kam ta’minlagan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim.
Beshinchi tamoyil: Bozor iqtisodiyotiga obyektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda tadrijiy asosda, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich o‘tish.
Ushbu tamoyillar O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining asosini, o‘tish davri tasturining negizini tashkil etadi. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini izchil doriy etishni ta’minlamoqda.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an’analari, qadriyatlari va mentalitetiga tayangan, ayni vaqtda, jamiyatni isloh etish borasidagi dunyo tajribasining ilg‘or yutuqlariga asoslangani tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
O‘zbek modelining asosiy ustivor xususiyatlari nimalardan iborat? O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, nafaqat iqtisodiy taraqqiyot masalalarini, balki milliy dalatchilik asoslarini, milliy qadriyatlarini, xalqning o‘zligi va g‘ururini qayta tiklashi, rivojlantirishi, jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini tubdan yangilashi va mustaqillikg‘oyalarini amalga oshirish uchun mutlaqo yangicha firlab, yangicha ish yuritadigan kadrlarni tarbiyalash kabi masalalarni ham hal etish lozim.
Germaniya,Shvetsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy kabi mamlakatlarning taraqqiyot modellari ko‘proq iqtisodiy modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas. Ushbu mamlakatlarning birortasida, iqtisodiy islohotlar davrida, milliy davlatchilikni, madaniy merosni va ona tilini tiklash singari masalalar ham dolzarb bo‘lmagan.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barpo etilayotgan yangi jamiyat qurish sharoitida jamiyatning barcha sferalarida yangilanish talab etilmoqda. Biz rivojlangan mamlakatlar duch kelmagan muammolarga ham duch kelmoqdamiz. Demak, o‘zbek modeli iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish bilan birga davlat qurilishi, jamiyatni demokratlashtirish, mulkdorlar sinfini va xususan, o‘rta sinfi shallantirish, ijtimoiy-sinfiy tuzilmani takomillashtirish va kadrlar tayyorlash, madaniy meros va ma’naviyat bilan bog‘liq jihatlari singshari bir qator keng qamrovli hayot sohalarini qamrab oladi. Xuddi shu jihatlar o‘zbek modelining o‘ziga xos ustuvor xususiyatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |