Ma’ruza rejasi:
Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta’siri.
Milliy g‘oyaning tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o‘rni.
Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati.
Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobining tafakkur yangilanishiga ta’siri.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A4;A5;A6;A7;Q2;Q4;Q5;
MILLIY G‘OYANI RIVOJLANTIRISHNING
INSTITUTSIONAL TIZIMI
Dunyoning elitar mafkuraviy tizimi. G‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlariga kompleks-sistemali yondashish tamoyillari. “Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish xususiyatlari. “Mafkuraviy ta’sir”, “mafkuraviy tarbiya” va “mafkuraviy profilaktika” tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ma’naviy tarbiya, ezgu g‘oyalarga ishonch va sadoqatni tarbiyalash masalalari. Mafkuraviy tarbiya tizimi, uning subyekti va obyekti. Mafkuraviy tarbiyaning yo‘nalishlari va ijtimoiy funksiyalari. G‘oya va mafkuralar sohasidagi plyuralizm va tolerantlikni tarbiyalash. Ijtimoiy subyektlar, turli qatlamlar, partiyalararo munosabatlar uyg‘unligini saqlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati. Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishning yangi pedagogik-didaktik texnologiyasini takomillashtirish vazifalari. Ta’lim-tarbiya tizimida adabiyot, san’at, ommaviy axborot vositalari, ma’naviy-madaniy va ma’rifiy muassasalar faoliyatlarini muvofiqlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. Ijtimoiy institutlarning an’anaviy, individual, jamoaviy mafkuraviy funksiyalari. Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla, nodavlat-notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati. G‘oya haqidagi tasavvurlarning intellektual faollik darajalari, unda siyosiy voqelikning mantiqiy izchil va asosli manzarasini yaratish mo‘ljallari. Siyosiy xayol, siyosiy tasavvurlarni qayta ishlash va ijodiy o‘zgartirish yo‘llari. Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib-tashviq qilishda mutaxassislar roli va mas’uliyati. Milliy g‘oyani ommaga transformatsiya qilishda kadrlar korpusini shakllantirishning zaruriyati. Kadrlarning salohiyatini oshirishda "O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” da belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiq etishning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |