Ma’ruza rejasi:
Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi.
Islom Karimov “mafkuraviy maydon” tushunchasining shakllanish va namoyon bo‘lish xususiyatlari to‘g‘risida.
“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari.
Mafkuraviy immunitet va uni shakllantirish omillari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat.
Adabiyotlar: A2;A4;A5;A6;A7;Q2;Q4;Q5;Q6;Q5.
O‘ZBEKISTON XALQARO MAVQEINI
MUSTAHKAMLASHNING MAFKURAVIY,
IJTIMOIY-TARIXIY AHAMIYATI VA ZARURIYATI
Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari. Jamiyat barqarorligini ta’minlashda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy - ma’naviy omillarning mushtarakligi. Milliy g‘oyaning etnosiyosat va etnomadaniyat rivojiga ta’siri. O‘zbekistonda milliy siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy va ijtimoiy asoslari. O‘zbekistonda yashayotgan etnik birliklar tafakkurida milliy g‘oyaga sadoqatni shakllantirishning obyektiv va subyektiv omillari. Mamlakatda millatlararo (totuvlik), hamkorlik, va dinlararo bag‘rikenglik, (tolerantlik) - ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharti, uning siyosiy va qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlashda davlatning bosh islohotchilik roli. "O‘zbekiston – yagona vatan" g‘oyasi barqarorlikni ta’minlashning nazariy asosi. O‘zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo barqarorlikni ta’minlash vositasi. Madaniy muloqot ko‘p millatli aholi orasidagi barqarorlik omili. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi. O‘zbekistonda rasmiy tan olingan diniy konfessiyalar faoliyatining millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi roli. 2007 yilda “Toshkent - islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishining tarixiy ahamiyati. Toshkent Islom universiteti va Toshkent Islom institutining aholi ongida dinga munosabatni shakllantirishdagi roli. O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi va siyosiy mavqei mustahkamlanishida millatlararo va dinlararo tolerantlikni mustahkamlash tajribalarining demokratik xarakteri va xalqaro ahamiyati. Mustaqillik va huquq, demokratiya va oshkoralik - milliy o‘z-o‘zini anglash, axloqiy yangilanish, milliy ma’naviy tiklanishning asosi. “Bu muqaddas vatanda azizdir inson”, “Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan” g‘oyalarining ijtimoiy ma’naviy ahamiyati. Dunyo mamlakatlarida yashovchi etnik birliklarning milliy o‘zligini anglashi uchun yaratilayotgan shart sharoitlarning mafkuraviy ahamiyati. Ba’zi mamlakatlarda millat va elatlar kamsitilishining oqibatlari. Ayrim MDH davlatlarida siyosiy institutlar va liderlarga xalq ishonchi yo‘qolishining sabablari. Dunyo mamlakatalaridagi beqarorlik sabablari. Beqarorlik hukmron mamlakatlarda qochoqlarning ahvoli. Dunyoda tinchlik o‘rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik, milliy va diniy totuvlik g‘oyalarining ustuvor ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |