Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Umume’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi g‘oyalar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yо‘li bilan kafolatlanadi. Dunyoviylik degani bol’sheviklar va aqidaparastlar aytganidek, dinni inkor qilish yoki “dahriylik” degani emas, balki undagi ahloqiy va falsafiy ta’limotlardagi ezgu g‘oyalardan, qadriyatlardan о‘rinli foydalanish uchun keng imkoniyat yaratishdir.
Mafkuraning diniy ildizlari – inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog‘liq ekani va shu bois uning g‘oyaviy ildizlari diniy ta’limotlariga borib taqalishi tushuniladi. YA’ni kо‘pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, Injil va Qur’on kabi kitoblarda aks etgan ezgu g‘oyalar о‘z ifodasini topganini kо‘ramiz.
Dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga kо‘tariladi. Bashariyat tarixida о‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy, Muso al-Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom G‘azzoliy va Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab, faoliyat kо‘rsatgan davr yorqin misol bо‘la oladi.
Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta’sir о‘tkazadi. Jumladan, bugungi kunda, kosmonavtika, bionika, biofizika, kibernetika, axborotlashtirish kabi kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin о‘zgartirmoqda.
Mafkuralarning mavjudligi kо‘p jihatdan unga asos bо‘lib xizmat qiladigan g‘oyalarga bog‘liq. Ayni paytda g‘oyalar о‘z mazmuniga kо‘ra, birini-biri tо‘ldira oladigan, boyitadigan jihatlariga ega bо‘lishlari kerak. Aks holda mafkura bо‘sh yerda shakllanmaydi.
G‘oyalar esa, mafkura vositasida amalga oshishini e’tiborga oladigan, bо‘lsak, u mafkura doirasidagina g‘oya yashab qolishi va reallikka aylanishini ta’kidlash lozim.
3. G‘oya – inson hayotidagi о‘rni va ahamiyati juda muhim falsafiy masaladir. Inson о‘zi g‘oyalarni yaratadi, ulardan kuch-quvvat oladi. О‘zi yaratgan g‘oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va e’tiqodini egallab, uning sohibiga aylanadi. Yuksak g‘oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. G‘oyasi yetuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini kо‘rsata oladi.
Har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq, Tо‘maris, Spitamen, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobir Mirzo kabi mard farzandlari – buyuk g‘oya sohiblaridir.
Ming yillar о‘tsa, ham ulug‘ ajdodlarimizning matonati va qahramonligi xalqning xotirasidan о‘chmaydi. Chunki ular yuksak g‘oyalar – Vatan ozodligi, el-yurt baxt-saodati, ilmu urfon rivoji yо‘lida jon fido qilganlar. Ahmad Yassaviy butun umrini Haq ishqida о‘tkazganida ham, Najmiddin Kubro mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi qо‘lida tug‘ kо‘tarib borganida ham ulug‘vor g‘oyalar ularga sabr-bardosh va matonat ato etgan. Jordano Bruno jismu jonini egallagan gulxan alangasida ham buyuk g‘oya tufayli о‘z e’tiqodidan qaytmagan. Nasimiy tovonidan sо‘ysalar ham, ishqi Ilohiy deb jon bergan.
Jahon tarixidan, jumladan xalqimizning о‘tmishidan ham, qaysi sohada bо‘lmasin, mardlik va jasorat kо‘rsatish uchun insonga albatta ulug‘vor g‘oya kerak ekanligiga kо‘plab misollar topiladi.
Butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir kо‘rsatgan nazariy ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-zakovat, iste’dod va teran tafakkur sohiblari mislsiz zahmat chekkanini kо‘ramiz. Suqrot va Aflotun, Konfusiy va Zardusht, Alisher Navoiy va Mxatma Gandi kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati buning yaqqol misolidir.
Ularning har biri о‘z davrida о‘zi mansub xalqni birlashtiradigan ulkan ahamiyatga molik g‘oyalarni yaratganlar. Bu g‘oyalarga tayanib bunyodkorlik yо‘lida, ezgu maqsadlarga erishish uchun hormay-tolmay mehnat qilganlar. Bu borada insoniyatga ”О‘zini anglamoq buyuk saodat” ekanligini anglatgan Suqrot ham, “xalqni yakqalam qildim”, deya qoniqish hissini tuygan Navoiy ham, Hindiston va Pokiston ozodligi yо‘liga umrini baxshida aylagan Mxatma Gandi ham bugungi avlodlar uchun ibrat namunasi bо‘lgan ulug‘ insonlardir.
Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil g‘oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan о‘zaro aloqadorlikda bо‘lgan uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda turli g‘oyalar va mafkuralar u yoki bu kuchlarga xizmat qilishi, о‘ziga ishongan kishilarga qanday maqsadlar tomon yetaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkuralarga bunyodkor g‘oyalar asos bо‘lsa, vayronkor g‘oyalarga tayangan mafkuralar xalqlar va davlatlarni tanazzulga yetaklaydi, insonlar uchun son-sanoqsiz kulfatlar keltiradi. Bu esa, о‘z navbatida, g‘oyaviy jarayonlar tarixini о‘rganish, ular zamiridagi mazmun-mohiyatni bilib olishni zaruratga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |