bog‘liqlikni ta'minlash zarurligi…………………………………. 67 1. O’rta va umumiy ta'lim tizimida ma'naviyatga oid fanlar
(predmetlar)aro bog‘liqlik…………………………………………. 67 2. Oliy o’quv yurtlarining mutaxassislik yo’nalishlarida o‘qitiladigan
ma’naviyatga oid predmetlararo bog‘liqlik……………………........ 72 III bob bo‘yicha xulosa…………………………………………… 78 Xulosa……………………………………………………………… 79 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………… 84
2
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish maqsadida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda iqtisod bilan bir qatorda ma’naviyatga ham ustuvorlik berilmoqda. Chunki Prezident Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ” asarida: “insonga xos orzu-intilishlarni ro’yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o’ylaymanki, o’rinli bo’ladi”1 – deya ta’kidlaganlaridek, ular uyg’un va mutanosib rivojlanmas ekan jamiyat taraqqiyoti bir yoqlama bo’ladi va turli kamchiliklarga olib keladi.
Jamiyat bilan birga ta’lim-tarbiya tizimi doimiy ravishda rivojlanib boradi. Bu jarayonda inson tafakkuri chuqurlashib, bilimi boyiydi. Ijtimoiy-iqtisoqiy, tarixiy taraqqiyot yangi-yangi fanlar vujudga kelishiga sabab bo`ladi, ilm-fan takomillashib, har xil nazariyalar, kashfiyotlar yaratiladi. Ular asta-sekin ta’lim tizimiga kiritiladi.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar fanlar orasida jamiyat ma’naviy hayotini o`rganuvchi alohida yangi ilm – “Ma’naviyat asoslari” fani shakllana boshladi. Chunki ma’naviyat tog`risida aniq va nisbatan mukammal tasavvurlargina ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirishda ma’naviy omillardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotida va barkamol avlodni tarbiyalashda ma’naviyatning ahamiyatini hisobga olib Islom Karimov o’zining ko’plab asarlari va ma’ruzalarida ma’naviyat to’g’risida fikr yuritadi. Prezidentimiz ma’naviyatni O’zbekistonning milliy tiklanishi va rivojlanishida ustuvor ahamiyat kasb etishini, ongimizni, shuurimizni tazyiqdan xalos etmasak o’z kuchimizga, buyuk kelajagimizga ishonch, har qanday qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun qat’iy irodaga ega bo’lmasak, mahalliychilik, guruhbozlik, urug’-aymoqchilik, boqimandalik kabi illatlarni yo’qotmasak, tashabbus ko’rsatmasak,
1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2008 y., 67-b.
3
buyuk marralarga intilmasak biz ko’zlagan maqsadimizga erisha olmasligimizni
ta’kidladi.
Ma’naviyat haqidagi barcha fikrlarni mujassamlab Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli alohida asar ham yozdi. Prezidentimiz ma’naviyatga ichki botiniy bir kuch sifatida qarab, unga quyidagicha ta’rif berdi: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”2.
O’tgan davrda ma’naviyatga bag’ishlangan ko’plab monografiyalar, risolalar, maqolalar chop etildi. Ma’naviyat va milliy g’oyaga oid predmetlar ta’lim tizimining barcha bo’g’inlariga kiritildi. Ma’naviyat masalasini o’rganishga, tahlil qilishga uning inson va jamiyat hayotidagi o’rnini hamda boshqa o’quv predmetlari bilan aloqalarini yoritishga qaratilgan turli mualliflar tomonidan yozilgan risola va maqolalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklarda ba’zi bir chalkash, o’zaro bir-biriga mos kelmaydigan fikrlar ko’zga tashlanadi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, ushbu tadqiqot mavzusining dolzarbligi quyidagi jihat va holatlardan kelib chiqadi:
Birinchidan, “Ma’naviyat” tushunchasining kelib chiqishi va shakllanish tarixi hali to’liq tarzda o’rganilmagan. Turli tadqiqotchilar tomonidan taklif qilinayotgan turlicha yondashuvlar biri ikkinchisini inkor etib, o’zaro bir-biriga mos kelmaydigan fikrlar mavjudligi fanda ba’zi bir chalkashliklar yuzaga chiqishiga sabab bo’lmoqda;
Ikkinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillikka erishganimizdan so’ng jamiyat ma’naviy hayotini o’rganishga keng yo’l ochib berildi va imkoniyatlar yaratildi. Ta’limning barcha bosqichlarida ma’naviyat va milliy g’oyani o’rganishga bag’ishlangan alohida predmetlar kiritildi. Har bir o’quv predmeti alohida fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uchun vaqt va tinimsiz izlanishlar talab etadi. Ma’naviyatshunoslik yangi, endilikda o’rganilib
2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2008. 19-b.
4
kelinayotgan soha bo’lganligi bois ma’naviyatni o’rganishning metodologiyasi
to’liq va mukammal tarzda tizimlashtirilmagan;
Uchinchidan, yuqoridagi sabablarga ko’ra, ma’naviyatshunoslik doirasidagi fanlarning o’quv rejalari, dasturlari va darsliklarida ba’zi bir ziddiyatlarlar ko’zga tashlanadi.
To’rtinchidan, uzlksiz ta’lim tizimida ma’naviyatga oid fanlar (predmetlar)aro bog’liqlikda bir muncha zaiflik mavjudligi ham kuzatiladi. O’quv dasturlari, darsliklar va qo’llanmalar doimiy ravishda takomillashtirilib, kamchiliklari tuzatilib, predmetlararo bog’liqligi kuchaytirib borilishi kerak.
Beshinchidan, davlatimiz taraqqiyoti va kelajagi, barkamol avlodni tarbiyalash, turli ma’naviy-mafkuraviy tahdidlardan yoshlarni himoya qilish ma’naviy yuksalishimizga, ayniqsa kelajak avlod dunyoqarashiga, uning ijtimoiy mo’ljallariga, qadriyat tizimiga bog’liq. Bu esa ma’naviyatni alohida har tomonlama chuqur o’rganishni, uning yuksalish qonuniyatini yaxshi bilib olib, amaliyotda, tarbiyaviy ishlarda qo’llashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |