Qarshi davlat univers



Download 1,03 Mb.
bet9/32
Sana22.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#839162
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
manaviyatni organishning metodologik asoslari conv

1.2. Lug’atlarda va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ma’naviyat”

tushunchasining tahlil etilishi va turlicha yondashuvlarning qaror topishi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin manaviyat” ilmiy
tushuncha sifatida tahlil qilinib, o’rganila boshlandi. Avvalo manaviyatning ozi nima? degan savol qoyildi. Inson va jamiyatning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan barcha ijtimoiy-gumanitar soha (fanlar: til, adabiyot, tarix, dinshunoslik, sotsiologiya, etika, estetika) mutaxassislari oldiga mazkur masalaga ilmiy yondashib javob toppish muammosi vujudga keldi.
Manaviyat masalalari hamda talim tizimida Manaviyat asoslari fanini oqitishni joriy etish va yanada takomillashtirish borasida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. 1997-yildan boshlab mamlakatimizdagi barcha oliy oquv

36 Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 2008. 32-b.

24
yurtlarida Manaviyat asoslari” fani oqitila boshlandi. O’zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2001-yil 18-yanvardagi Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani dasturlarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish togrisidagi PF 1331-son Farmoyishi37 asosida Milliy istiqlol goyasi” va Manaviyat asoslari” fani uzluksiz talim tizimining barcha bosqichlarida oqitish joriy etidi. Respublika manaviyat va marifat markazi” tuzulib, barcha viloytalarda, shahar va tumanlarda uning bolimlari ochildi. Prezidentimizning 2006-yil 25-avgustdagi Milliy g’oya targiboti va manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish to’grisidagi Qarori38 chiqarilganligi ham bu mavzuga nisbatan olimlarimizning etiborini yanada kuchaytirdi.
Shuni takidlab otish joizki, sovet davrida o’zbek tilida chop etilgan Filosofiya lugatida bu tushunchaga o’rin ham berilmagan. Vaholanki, “manaviyat” va uning o’zagidan yasalgan ma’naviy tushunchalarning qo’llanish doirasi keskin kengayib, ularning lug’aviy va terminologik mazmunlari shunchalik boyib bormoqdaki, bu manaviyatni alohida ilmiy tushuncha sifatida o’rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va h.k. tushunchalar tizimidagi ornini aniqlashni, ular bilan o’zaro munosabatlarini tahlil qilishni taqozo etmoqda”39.
1969-yilda nashr etilgan Farhangi zaboni tojiki” lugatida manaviyat” – manaviyot” olami fikri va ruhi, yani kishining ichki ruhiy va fikriy olami deb talqin qilingan va unga misol tariqasida Axloqi Nosiriy dan parcha keltirilgan: Manaviyati inson mabdai surati vujudi na’viyati ost40. (Mazmuni: inson manaviyati uning hayoti mazmunining yangilanishidir (hayot tarzining osishidir)). Lug’atda manaviy sifatlanishining birinchi mazmuni maniga

37 Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 18-yanvardagi Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani dasturlarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish to’grisida”gi PF 1331-son Farmoyishi

38

39 ErkaevA. Ma’naviyat va taraqqiyot. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 2009. 7-b.

40 Farhangi zaboni tojiki. 1-jild, Moskva. 1969. 665-b.

25
mansub, ikkinchi mazmuni inson fikri va ruhi, yani ichki ruhiy olami va

moddiylikning muqobili deb berilgan.


1981-yilda Moskva Rus tili” nashriyoti nashr etilgan Ozbek tilining izohli lug’ati” da manaviyat” atamasi uchramaydi. Ammo uning ozagi bo’lgan mani”, mano sozlari hamda manaviy va ma’nan” sifatlanishi yoritilgan. Manaviy sozining birinchi mazmuni kishining ichki, ruhiy hayotiga oid deb, ikkinchi mazmuni esa axloqiy (kishining manaviy qiyofasi) deb ifodalangan. Lugatda mani” so’zi ikki mazmunda berilgan: sozning birinchi mazmuni ma’no, yani sozning ma’nosini ifodalagan (Misol, “Gapga ham bir mani bolishi kerak, - dedi Gulshan” Abdulla Qodiriy ”Mehrobdan chayon”). Ikkinchi mazmuni aql, es-hush deb ifodalangan. Mano” tushunchasi soz bilan ifodalangan tushuncha yoki ish-harakat, gap, maktub, asar va sh.k zamiridagi mazmun tarzida talqin qilingan (So’zning to’g’ri ma’nosi, sozning kochma ma’nosi)41.
Mustaqillik yillarida nashr etilgan “Ozbek tilining izohli lug’ati” da “manaviyat” atama sifatida kiritilgan va quyidagicha izoh berilgan: Manaviyat” (arabcha axloqiy holat, barcha axloqiy narsalar, xususiyatlar) Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va sh.k tasavvurlari va tushunchalari majmui”. Lugatda mani” va ma’no” sozlari alohida-alohida berilgan bo’lsada, mazmun jihatdan deyarli farq yoq. Sozning birinchi mazmuni ma’no (So’zning ma’nosi). Sozning mazmun tomoni, soz bilan ifodalangan tushuncha. Ikkinchisi mazmun (“Rustam esi kirib qolgan, kitob o’qib, har gapning ma’nosini tushunadigan bo’lgan. Murodxon”) ni ifoda etgan. Uchinchi mazmuni aql-hush, tayin (Ma’nisi yoq odam. Sizlarda mani bormi, bemanilar. M.Qoriyev, Oydin kechalar); ma’ni kirmoq aql kirmoq, es-hushli bo’lmoq. To’rtinchi mazmuni biror narsaning sababi, mohiyati, nima ekanligi; mohiyatni anglatishi ifoda etilgan42.


41 Ozbek tilining izohli lug’ati. Moskva, 1981. 1-jild, 454-455-b.

42 Ozbek tilining izohli lug’ati. Toshkent, 2006. 2-jild, 565-566-b.

26
Farhangi zaboni tojiki” lugatida esa mani”//”mano” tarzida birga

berilgani va beshta mazmunda yoritilganini ko’rish mumkin: 1. mazmuni kalom sozning mazmuni; 2. Fikr, goya; 3. Mohiyat, mazmun (falsafiy tushuncha); 4. Tasavvufda ruh, kishining ruhiy holati; 5. Sabab, bois. Sozning to’rtinchi mazmuni, yani tasavvufdagi kishining ichki ruhiy olamini ifoda etib kelgan mazmuni boshqa lugatlarda uchramaydi43.
Mustaqillik” izohli ilmiy-ommabop lug’atida Manaviyat (arabcha “manaviyat” manolar majmui) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, dadiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui. Manaviyat mafkura, tafakkur tushunchalariga yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadilar44 deb ta’rif berilgan. Tarif hajm jihatidan qisqa bo’lsada, mohiyatan ancha keng. Manaviyat faqatgina kishilarning barcha tasavvurlari va tushunchalari bilan chegaralanib qolmay, balki butun jamiyat va millatning tushunchalari, me’yorlari, ijtimoiy moljallari, ideallari hamdir. Falsafa qisqacha izohli lugatida45 ham yuqoridagi tarifning aynan ozini uchratamiz.
Ozbekiston milliy ensiklopediyasi da manaviyat” ga yanada kengroq tarif berilgan: manaviyat inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oz ichiga oladi. Manaviyat atamasining asosida ma’no” sozi yotadi. Ma’lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boy-basti, korinishi, kiyinishi va hatti- harakati va b. kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, his-tuygularini o’z ichiga oladi...46.
2009-yilda Prezidentimizning Yuksak manaviyat yengilmas kuch” nomli asarlari asosida nashr etilgan Manaviyat asosiy tushunchalar izohli lugatida manaviyat” tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan: Manaviyat

43 Farhangi zaboni tojiki. 1-jild, Moskva, 1969. 665-b.

44 Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lugat. T.: ”Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati, 1998. 114-b.

45 Falsafa qisqacha izohli lug’at. T.: ”Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati, 2004. 199-b.

46 Ozbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-son, T.: Ozbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. 540-bet.

27
(arab. Ma’no, manolar majmuasi) moddiy hayot bilan doimo yonma-yon

yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bolgan ijtimoiy hodisa”47.
Otgan davr mobaynida lug’atlardan tashqari olimlar, tadqiqotchilar hamda ijtimoiy-gumanitar soha mutaxassislarining izlanishlari natijasida manaviyatga bagishlangan ko’plab kitoblar, monografiyalar, risolalar va maqolalar chop etildi. Ularning har biri manaviyat tushunchasi va mazmun-mohiyatini yoritishda o’zlarining ilmiy salohiyati, dunyoqarashi hamda faoliyat yuritayotgan va tadqiqot olib borayotgan sohasidan kelib chiqib yondashdi. Birinchi navbatda davlat rahbarining o’zi manaviyatning mazmun-mohiyatini yoritib berdi. Mustaqil Ozbekiston taraqqiyotida va barkamol avlodni tarbiyalashda manaviyatning ahamiyatini hisobga olib Islom Karimov ozining ko’plab asarlari va maruzalarida manaviyat togrisida fikr yuritdi. Prezidentimiz manaviyatni Ozbekistonning milliy tiklanishi va rivojlanishida ustuvor ahamiyat kasb etishini, ongimizni, shuurimizni tazyiqdan halos etmasak oz kuchimizga, buyuk kelajagimizga ishonch, har qanday qiyinchiliklarni yengib otish uchun qatiy irodaga ega bolmasak, mahalliychilik, guruhbozlik, urug’-aymoqchilik, boqimandalik kabi illatlarni yoqotmasak, tashabbus ko’rsatmasak, buyuk marralarga intilmasak biz kozlagan maqsadimizga erisha olmasligimizni takidladi. Shu sababdan manaviy yuksalish milliy ongimiz, shuurimiz , mentalitetimizni ozgartirishimiz, eng ilgor goyalarimizni ozlashtirishimiz uchun manaviyat rivojlanishi kerak. Shuningdek, ozligimizni anglash uchun ham tarixiy xotiramizni tiklash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o’zlashtirishimiz kerak. Bu ham manaviyatni rivojlantirishni talab qiladi. Shu sababdan Prezidentimiz iqtisodiyot qatori manaviyatga ustuvorlik berilishini mustaqil taraqqiyotimizning asosiga qoydi. Manaviyat haqidagi barcha fikrlarni mujassamlab Islom Karimov Yuksak manaviyat yengilmas kuch” nomli alohida asar ham yozdi. Prezidentimiz manaviyatga
47 Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’ati. T.: Gafur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. 333-b.

28
ichki botiniy bir kuch sifatida qaradi: Manaviyat insonni ruhan poklanish,

qalban ulgayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-etiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”48 deya manaviyatga tarif berdi.
Islom Karimovning manaviyat, uning jamiyat taraqqiyotida va milliy tiklanishimizda egallagan o’rni, manaviyatning xususiyatlari va oziga xos namoyon bolish shakllari, mazmun-mohiyati haqida bildirilgan fikrlari mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ilmiy jamoatchilik va ziyoliylarimiz tomonidan qo’llab quvatlandi. Manaviyatning tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyati, ijtimoiy vazifalari va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tog’risida ko’plab tadqiqotlar, ilmiy-ommabop va publisistik asarlar paydo boldi.
Ammo, manaviyat” tushunchasining kelib chiqishi va shakllanish tarixi hali toliq tarzda o’rganilgani yoq. Ma’naviyat masalasini o’rganishga, tahlil qilishga, uning inson va jamiyat hayotidagi ornini hamda boshqa sohalar bilan aloqalarini yoritishga qaratilgan turli mualliflar tomonidan yozilgan ilmiy risola va maqolalar, oquv qo’llanmalari va darsliklarda bazi bir chalkash, ozaro bir-biriga mos kelmaydigan fikrlar kozga tashlanadi. Turli tadqiqotchilarning yondashuvlari bazan biri ikkinchisini inkor etib, ozaro bir-biriga mos kelmaydigan fikrlar mavjudligi o’qitishda chalkashliklar yuzaga chiqishiga sabab bolmoqda.
A.Erkaev o’z qarashlarini ifodalab, manaviyat tushunchasi kelib chiqishiga kora, ikki ozakka borib taqalishini aytadi. Uning birinchi farazi boyicha bu tushuncha arabcha mani” o’zagidan hosil bo’lgan. Bunda ilk islom ilohiyotchilari va faylasuflaridan bolgan mutaziliylar Vosil ibn Ato va Amr ibn Ubayd Qur’oni sharhlash ilmiga (ilm at-tafsirga) asos solishib mohiyat haqidagi fanni mani deb ataganlar. Narsa va hodisalarning, jarayonlarning, tabiat, jamiyat va Xudoning mohiyati haqidagi talimotni ular


48 Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 2008. 19-b.

29
mana” deb ataganlar, shu tariqa manaviyat tushunchasini ozagi mana” ga atama sifatida asos solganlar49.
Ikkinchi faraz: ma’naviyat ham, uning ozagi mana” ham qadimgi hind falsafasining asosiy tushunchalaridan biri manas tushunchasiga borib taqaladi. Manas sanskrit tilida aql degan manoni anglatgan. U aql, fahm-farosat, hissiyot, tuygular, sezgilar va irodaning manbai bo’lgan50.
Tarixdan malumki Yaqin Sharq, Eron, Markaziy Osiyo va Hindiston ortasida doimiy ravishda iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar yaxshi o’rnatilgan bo’lgan. Ajdodlarimiz Islom diniy- falsafiy talimotini yaratishda hind falsafasiga ham tayanganlar. Yuqorida takidlab otganimizdek, manas aynan hindlar ishlatgan shaklda Markaziy Osiyo va Eronda ham qo’llangan va bu tushuncha sofiylik talimotida ifodalangan. Farhangi zaboni tojiki” lugatida manas mahalli unsu ulfat” dostlar va ulfatlar joyi deb sharhlangan va misol tariqasida Rumiyning quyidagi bayti keltirilgan:
Qasrho xud mar shohonro manas ast, Murdaro xonu makon gore bast ast ”.
Mazmuni: agar shohlar uchun qasrlar dost-yor joyi bo’lsa, oliklar uchun esa xonu makon gordir.
Bu yerda manas dost-yor, yani Xudo yashaydigan joydir. Manas qalb manosida ishlatilib, har bir insonning qalbida Xudo mavjudligi ifodalanmoqda. Shohlar deganda Haq yolida yashovchi Komil insonlar nazarda tutilmoqda. Oliklar deganda oz nafsu hirsining qurboni, hech ishga ragbatsiz, loqayd, befarq kishilar nazarda tutilib, qalblari qabrga qiyoslanmoqda. Ushbu baytda qasr ham, qabr ham qalbning ma’joziy manosidir51.
Darvoqe, A. Erkaev ozining ”Manaviyat millat nishoni kitobida manas” sanskrit tilida aql degan manoni anglatishini aytgan52. Ammo

49 ErkaevA. Ma’naviyat millat nishoni. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 1999. 12-b.

50 Osha manba, 13-b.

51 ErkaevA. Ma’naviyat millat nishoni. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 1999.16-17-b.

52Osha manbaa, 16-b.

30
Farhangi zaboni tojiki lugatida manas arabcha soz deb berilgan. Boshqa

lugatlarda, xususan rus tilida chiqqan “Философский энциклопедический словарь” lugatida manas sanskrit tiliga oidligi qayd etilgan53.
Demak, bizningcha manas” atamasi kelib chiqishi sanskrit tiliga borib taqalsada, butun musulmon olamida arab tili orqali keng tarqalgan degan xulosaga kelish mumkin. Balki, manas” fors tiliga sanskrit tilidan bevosita otgandir. Chunki Eron Hindiston bilan chegaradoshligidan tashqari, fors tili va sanskrit tili bir oilaga mansub tillardir. Yana shuni nazarda tutish kerakki ilk islom ilohiyotchilari yani mu’taziliylar hind diniy falsafiy qarashlarini ham organganlar va shu tariqa manas” atamasi arab tiliga kirib kelgan va ozlashtirilgan bo’lishi mumkin.
Professor M. Imomnazarov manaviyatni ilohiy hodisa sifatida talqin qiladi: Manaviyat inson qalbidagi ilohiy nur. Oliy haqiqat nuri bo’lib, shu sababdan buyuk bobokalonlarimiz inson qalbini Haqiqat asrorining ganjinasi” deb ataganlar. Haq asrori esa shunday sehrli tilsimki, uni tugal yechishga aqli bashar qudrati yetmaydi54. Bu fikrdan manaviyat insonga Olloh tomonidan berilgan bir xususiyat degan xulosaga kelish mumkin. Muallifning qarashlari bazi bir tanqidlarga sabab bolganligi bois, u yana boshqa bir kitobi Milliy manaviyatimiz asoslari” oquv qo’llanmasida o’zining majoziy tarifini ilmiy tilda sharhlab, Manaviyat inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uygunlik55 deya masalaga biroz aniqlik kiritadi. Muallif dastlab bergan tarifini tasavvufiy talqinlarga suyangan sofiyona, ramziy tarif ekanligini takidlaydi va manaviyatni inson aqliga Olloh tomonidan berilgan bir fayz ekanligini aytib – uning mohiyatini yana diniylikka borib bog’laydi56. Ammo, mazkur mulohazani “manaviyat” tushunchasining mohiytaini tolaqonli ochib beradi deya

53 Философский энциклопедический словарь. M.: 1983-yil, 337-bet.

54 Imomnazarov M. Milliy manaviyatimizning takomil bosqichlari. Toshkent, 1996. 6-b.

55 Imomnazarov M. Milliy ma’naviytaimiz asoslari. Oquv qo’llanma. T.: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. 33-b.

56 Imomnazarov M. Milliy ma’naviytaimiz asoslari. Oquv qo’llanma. T.: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. 30-31-b.

31
olmaymiz. Sababi din manaviyatning asosi emas balki, muhim ahamiyatga

ega bolgan tarkibiy qismidir. Ilm-fanni dinniy-mistik qarashlar yordamida yoritish mumkin emas. Ilm-fan faqatgina aniq faktlarga va mantiqiy mulohazalarga tayanadi. Shunda u obyektivlik va haqqoniylik kasb etadi. Manaviyat rivojlanib borayotgan mustaqil ijtimoiy hodisadir. Shu orinda takidlab otmoqchimiz, M. Imomnazarovning ushbu o’quv qollanmasi (Milliy manaviyatimiz asoslari. 2006-yil) asosan ijtimoiy-gumanitar yo’nalishdagi oliy oquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalariga darslik sifatida foydalanish uchun moljallangan. Darslikda aniq va tushunarli bolgan ilmiy atamalar va iboralar yordamida mavzularning mazmuni yoritilishi lozim. Darslikda muallif “manaviyat” ni diniy, badiiy hamda majoziy mazmunda tariflaydi va mulohaza yuritadi.
Q. Quronboyev va V. Qo’chqorovlar inson manaviyatini ozini shaxs sifatida anglaganidan boshlab, umrining oxirigacha shakllantirishi va rivojlantirib borishi, bu borada insonning imkoniytalari va ehtiyojlari cheksiz ekanligini aytadi57. Mualliflar manaviyatning rivojlanuvchi hodisa ekanini ko’rsatadi. Lekin ular manaviytaning tuzilmasini, shaklini, mazmunini yetarli darajada ochib bermaydi. Bundan tashqari tarifda ma’naviyat faqat insonga xos bo’lib, jamiyatga va uning tuzilmalariga, darajalariga tegishli bolmay qolyapti.
Ulardan farqli M. Hamdamova manaviyatga jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobilyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha” sifatida qaraydi. Manaviyat keng manoga ega bolib, marifat, madaniyat kabi tushunchalarni oz ichiga oladi” – deb tarif beradi58. Mazkur tarifda yuqoridagi tarifga nisbatan manaviyatni faqat insonga xosligi bilan chegaralanmay balki, jamiyat, millatga ham mansub ekanligi aytib, masalaga kengroq yondashilgan. Ammo, tarif bir yoqlama bolib qolgan. Birinchidan, Hamdamova tarifda ma’naviyat faqat ichki hayot bilan chegaralanib qolgan. Insonning manaviyati faqat uning orzu-havaslari bilan

57 Quronboev Q, Qochqorov V. Milliy goya va ma’naviy hayot. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 2014. 8-b.

58 Hamdamova M. Ma’naviyat asoslari. T.: Fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. 99-b.

32
emas, shuningdek xulq-atvorida, hatti-harakatida, ijodida va odamlar bilan

ozaro munosabatida ham namoyon boladi.


Ikinchidan, qobiliyat bu tabiat ato etgan imkoniyat, manaviyat emas. Chunki qobiliyatli, bilimli odamlar orasida faqat ozini oylaydigan, xudbin, poraxor, ochkoz kishilar ham uchraydi va aksincha qobiliyati ortacha bo’lgan kishilar orasida hushfel, hayrixoh, mehr-oqibatli, kongilchan, saxovatli, yani manaviyati yuksak odamlar kam emas.
A.Erkaev manaviyatni ijtimoiy hodisa deb hisoblaydi va unga kengroq tarif beradi: Manaviyat faqat insonga xos. Lekin u ilohiy yoki gayri tabiiy hodisa emas, balki ijtimoiy hodisa bolib, inson faoliyati bilan bog’liq. Tabiatda manaviyat yoq. inson manaviyati bilan hayvondan, jamiyat esa tabiatdan farq qiladi59. Muallif ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati ekanligini uqtirib, uni insonning mehr-muruvvat, adolat, togrilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, gozallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi koplab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmui deydi60.
Sadulla Otamuratov va Sarvar Otamuratovlar esa bir qancha tadqiqotchilarning manaviyatga bergan tarifini quyidagicha ilmiy tahlil qilgan: Matbuotda va ilmiy adabiyotlarda ma’naviyat tushunchasiga berilayotgan tariflarda fikrimizcha, bitta muhim qirra ochilmay qolganday. Xususan, manaviyat odamning ruhiy va aqliy olamining majmui… Jamiyatning, millatning yoki ayrim kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujasamlashtiruvchi tushuncha (A. Ibrohimov, H. Sultonov, N. Jo’rayev), insonning zot belgisi, uning faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi, ongi, aql-zakovatining mahsuli (A. Jalolov), insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir (A. Erkaev), deb hisoblaydigan bolsak, u holda

59 ErkaevA. Ma’naviyat millat nishoni. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 1999. 23-b.

60 ErkaevA. Ma’naviyat millat nishoni. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 1999. 23-b.

33
faoliyatning mahsuli” yoki ularni mujassamlashtiruvchi” tushuncha bolib qolmoqda”61.
Sadulla Otamuratov va Sarvar Otamuratovlar ham manaviyat” tushunchasiga oz munosabatini bildirgan: Manaviyat insonning ichki ruhiyati, unga berilgan ne’mat” yohud mavjud ijobiy korsatkichlar bolibgina qolmasdan, shuning bilan birga uni izchillik bilan rivojlantirish hamda undan inson, millat va jamiyatni taraqqiy qildirishda foydalanish jarayonlari mavjud bo’ladi. U inson, millat va jamiyatni taraqqiy qildiribgina qolmasdan, o’zi ham rivojlanib boradi”62. Bu tarifdada manaviyat” tushunchasi kengroq ochib berilgan.
Bu keltirilgan tariflarni barchasini bekorga chiqarmoqchi yoki bo’lmasa butkul noto’gri deb baholamoqchi emasmiz. Albatta, yuqorida keltirilgan tariflarda manaviyatning u yoki bu qirralari oz ifodasini topgan. Tadqiqotchilar bu tushunchaga ozlarining qarashlari nuqtai nazardan yondashganlar. Mukammal tarif esa turli qarashlarni umumlashtirish va ilmiy asoslash natijasida shakllanadi. Shuning uchun ham ularni ilmiy tahlil qilish va munozaralar bildirish muhim ahamiyatga ega.
Manaviyat muammosi juda ham murakkab va serqirrali bo’lgani sababli unga berilgan tariflar ham rang-barangdir. Prezidentimiz Islom Karimov manaviyat haqida uning barcha qirralarini ozida mujassam ettirib quyidagicha yozadi: Manaviyat” tushunchasi jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni ozida tola mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng manodagi manaviyat” tushunchasi orqali ifoda etish mumkin63.

61 Otamuratov Sadulla, Otamuratov Sarvar. O’zbekistonda ma’naviy-ruhiy tiklanish. T.: Yangi asr avlodi”nashriyoti, OAJBNT Markazi, 2003. 177-b.

62 Osha manba, 178-b.

63Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat” nashriyoti, 2008. 20-b.

34
Shu sababdan A.Erkaev manaviyatning turli jihatlaridan kelib chiqib,

unga bir necha tariflar beradi va xulosada ularni umumlashtirishga harakat qilib, quyidagilarni qayd etadi: Manaviyat bu ijtimoiy ongning etiqod va qadriyatlar darajasiga kotarilgan sobit ehtiroslari, tushunchalari, meyorlari, ijtimoiy moljallari, ideallaridir, ularning madaniy merosda, urf-odatlarda aks etishi, millatga muayyan maqsadlarga erishish uchun yordam beradigan milliy irodasi hamda jamiyatda qaror topgan aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhitdir”64.
Yuqoridagilardan ayon bolmoqdaki manaviyat” ancha murakkab va ziddiyatli tushunchadir. Oliy oquv yurtlarida ushbu soha boyicha tayyorlanadigan mutaxassislar, ayniqsa magistrlar mavjud qarashlarni, ularning ozaro farqi va oxshash jihatlarini yetrali darajada bilishlari kerak. Shunda ular manaviyatning mazmun mohiyatini har tomonlama va teranroq tushunadi. Oliy oquv yurtlarining bo’lajak dasturlari va darsliklarida ushbu holat nazardan chetda qolmasligi maqsadga muvofiq.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish