Qarshi davlat univers



Download 1,03 Mb.
bet12/32
Sana22.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#839162
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
manaviyatni organishning metodologik asoslari conv

G’oya bu inson va jamiyat oz oldiga qoygan maqsad va muddaolarni
70 Qarshiboyev M., Nishonova S., Musurmonova O., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol goyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 7-sinf, T.: Ma’naviyat”, 2011. 14-b.

71 Qarshiboyev M., Nishonova S., Musurmonova O., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol goyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 7-sinf, T.: Ma’naviyat”, 2011. 14-15-b.

41
ifodalovchi tushuncha.

Milliy” soziga ikki xil yondashiladi tor va keng manoda. Tor

manoda milliy deb malum bir millat, xalq va elatga tegishli bo’lgan qadriyatlar, anana va urf-odatlar, osha xalqning tili, dini, yashash sharoiti va kelib chiqishi kabi oziga xos xususiyatlar tushuniladi. Keng manoda malum bir davlatda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar, turli xil millatlar, elatlar uchun birdek ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tushuniladi.

Milliy g’oya shu mamlakatda istiqomat qilayotgan barcha xalq, millat va elatlarning orzu intilishlari va manfaatlarini ifoda etgan, insonlarni birlashtirib, biron-bir ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun safarbar eta oladigan goyalardir.

Bizning milliy goyamiz bosh g’oyasi Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir, milliy g’oyamizning asosini yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi degan uchta buyuk maqsad hamda komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagrikenglik (tolerantlik) kabi goyalar muhim orin tutadi.

Milliy istiqlol goyasi va Manaviyat asoslari darsligida Manaviyat asoslari” ga berilgan tarifga ham etibor qarataylik: Manaviyat asoslari” deganda esa inson manaviyatining shakllanishiga asos boladigan eng muhim omillar Vatanga muhabbat, xalqimizga xos gozal fazilatlar, an’ana va qadriyatlar, uning ruhi oziqlanadigan umumbashariy g’oya va qadriyatlarni tushunamiz” deyilgan72. Ushbu tarif galizroqdek. Sababi tarif Manaviyat asoslari deganda shaklida boshlangan. Bu korinishda emas, balki Manaviyat asoslari fani deb boshlanishi hamda dastlab manaviyat”

72 Qarshiboyev M., Nishonova S., Musurmonova O., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol goyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 7-sinf, T.: Ma’naviyat”, 2011. 6-b.

42
tushunchasining o’ziga toxtalib, so’ng Manaviyat asoslari fani (sohasi)

otilishidan maqsad va vazifasi yoritilishi lozim edi. Masalan:

Ma’naviyat asoslari” fani inson manaviyatining shakllanishiga asos bo’ladigan eng muhim omillar Vatanga muhabbat, xalqimizga xos go’zal fazilatlar, anana va qadriyatlar, uning ruhi oziqlanadigan umumbashariy g’oya va qadriyatlarni orgatadi.
Umumiy orta talim maktablarining 7,8 va 9-sinflar ushun oqitilayotgan Milliy istiqlol goyasi va manaviyat asoslari darsliklarida Milliy istiqlol g’oyasi va manaviyat” tushunchalarining mazmun mohiyati Prezidentimiz Islom Karimovning Yuksak manaviyat yengilmas kuch asari hamda ko’pgina manaviyatshunos olimlarimiz, izlanuvchilarimiz asarlari va ilmiy-amaliy ishlari asosida keng ochib berilgan. Biroq bu ikki tushunchalar ortasidagi bog’lanishlar ozroq mavhumligicha qolgan. Bundan tashqari predmetlararo boglanish va ulardagi mavzular mohiyatan bir-birini davom ettirishida ham kamchiliklar kuzatiladi. Darsliklardagi mavzular o’rtasida davomiylik va uzviyligini tahlil qilsak, quyidagi holatni koramiz. 7-sinf darsligining mazkur bobida Manaviyat va uning tarifi mavzusidan keyin Fikr va goya” (3-mavzu) mavzusi berilgan. Ammo mavzular mohiyatan bir-biriga boglanib ketmagan. Inson ma’naviyatini shakllantirishda fikr va g’oyaning orni va oz navbatida inson ongi va tafakkurida aks etuvchi fikr va g’oyalar yaralishida manaviyatning tasiri etirof etilmagan. Shu bobning Manaviyatni anglash insonni anglash nomli amaliy mashg’ulotining so’z boshida Shuni esda tutingki, manaviyat ham, goya ham insonni anglashda, tushunishda juda katta ahamiyatga ega boladi. Shuning uchun biz manaviyatni, uning tarkibiy qismi bolgan g’oyani, bu ikki noyob hodisaning xususiyati va qonuniyatlarini qanchalik chuqur bilib olsak, insonlarni ham shuncha yaxshi tushunadigan bo’lamiz73 deyilgan. Amaliy mashg’ulotlarni oquvchi otilgan

73 Qarshiboyev M., Nishonova S., Musurmonova O., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol goyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 7-sinf, T.: Ma’naviyat”, 2011. 31-b.

43
mavzularni o’qish, organish orqali mustaqil fikrlab, bajarishlari zarur.

Mavzulardan milliy goya va manaviyatning o’zaro tasirini to’laqonli tushunib yetmagan o’quvchi amaliy mashg’ulotda berilgan yuqoridagi jumlalar mohiyatini ham yaxshi anglay olmaydi. Sababi tafakkur doirasi asta-sekinlik bilan shakllanib, rivojlanib kelayotgan on tort yoshli oquvchi bu ikki tushuncha ortasida qanday bog’liqlik bor yoki yoqligini ozlari anglab yetishga qiynalishadi. Bu savolga javobni darslikdan olishlari lozim.
Darsliklar o’quvchining yosh xususiyatlarini (psixologiyasi, dunyoqarashi, qobiliyati hamda qabul qila olish darajasi) inobatga olgan holda tuzib chiqiladi. Yettinchi sinf o’quvchisi sakizinchi yoki to’qqizinchi sinflarga oqitilayotgan darsliklarni ozlashtirishga qiynalishi tabiiy. Sababi on olti yoshdagi bola bilan on tort yosh orasidagi bola ongining rivojlanishida sezilarli ravishda farq boladi. Har bir mavzu yoki mavzular mohitini yoritishda foydalaniladigan tarif, tushuncha, atama va misollarni tuzishda va kiritishda buni inobatga olish zarur. Oquvchi yoshiga nisbatan murakkab tuzilgan darslikni o’zlashtirish darajasi past boladi va talim samaradorligining osishiga tasir ko’rsatadi.
7-sinf darsligida yana bir holatni uchratish mumkin. Insonparvarlik – xalqimizning ezgu fazilati” mavzusidagi insonparvarlikka berilgan tarifda Insonparvarlik odamzod qadri, uning erkinligi va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bolishi uchun kurashish, kishilarning baxt-saodati, teng huquliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g’oya va qarashlar tizimi” deyilgan74. Birinchidan, ta’rif uzun va murakkab bo’lgan bir yaxlit jumla. Ikkinchidan, qobiliyatlarning har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish” fikrida aynan qanday qobiliyatlar haqida soz borayotganligi to’liq yoritilmagan.
Bundan tashqari, darsliklarda o’quvchini butunlay chalkashtiradigan, notog’ri bilim va malumotlar berilgan holatlarning uchrashi achinarli. Bu kechirib bolmas xato. 8-sinflar uchun Milliy istiqlol goyasi va ma’naviyat

74 Qarshiboyev M., Nishonova S., Musurmonova O., Qo’chqorov R. Milliy istiqlol goyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 7-sinf, T.: Ma’naviyat”, 2011. 95-b.

44
asoslari” darsligining R.Qo’chqorov va boshqalar tomonidan 2011-yilda qayta

ishlangan va to’ldirilgan 6-nashrida Ekologik madaniyat” mavzusida “Ekologiya” tushunchasiga tarif berilgan. ?Tarifda ekologiya “tabiat uyi” bo’lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlarni organuvchi ilm sohasidir” deyilgan75. Bu tarif mazmunan xato berilgan. Birinchidan, tirik jonzotlarni organuvchi fan bu biologiya deb ataladi, ekologiya deyilmaydi. Ikkinchidan, ekologiya fani tabiatni va uning sofligini, tozaligini saqlab qolish, xilma-xilligini asrash togrisidagi fan. Uchinchidan, tabiat faqatgina tirik organizmlardan iborat emas, jonsiz predmetlardan ham iborat. Ularni muhofaza qilish jonli tabiatni muhofaza qilishdan kam ahamiyatga ega emas. Shu sababdan ekologiya fani havo tozaligi, suv va tuproq tozaligi, tuproq eroziyasi va shu kabilarni ham har tomonlama organadi.
Darsliklarda har bir keltirilgan misol qaysi sohaga oid bolmasin fanning predmeti bilan boglanishi kerak (bizning misolimizda esa ekologiya manaviyat va milliy goya bilan boglanishi kerak). Aks holda darslik ozaro yaxshi boglanmagan turli xil malumotlarning yigindisi bolib qoladi. Ekologiya haqida gap ketdimi, demak uni madaniy ongning, manaviy madaniyatning uzviy bo’lagi sifatida, inson va jamiyatning tabiatga munosabati, rahm-shavqat, ezgulik, insonparvarlik, tozalik, poklik, saxovat, isrofgarchilikning oldini olish, tejamkorlik va shu kabi manaviy qadriyatlarning yuzaga chiqishi kerak ekanligi oquvchilarga yetkazilishi kerak. Umuman olganda darsliklarda keltirilgan juda ko’p qiziqarli misollarning manaviyat bilan bog’lab tushuntirilishi zaif. O’quvchi esa ularni mustaqil boglashga qiynaladi.
7, 8, va 9-sinflarda o’qitiladigan Milliy istiqlol goyasi va ma’naviyat asoslari” predmetining nomini “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” deb, O’rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari uchun tuzilgan “Milliy istiqlol g’oyasi o’quv qollanmasi nomini esa Milliy g’oya” shaklida ozgartirish kerak. Chunki Oliy oquv yurtlarida organilayotgan ayrim darslik va o’quv
75 Qo’chqorov R., Nishonova S., Musurmonova O., Qarshiboyev M. Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. Darslik, 8-sinf, T.: Ma’naviyat”, 2011-yil, 88-bet.

45
qo’llanmalarni inobatga olmaganda va umuman ilmiy adabiyotlarda bugungi

kunda milliy goya” atamasi qo’llanilmoqda. Ilmiy tuushunchalarni birxillashtirish fan va oquv jarayoni uchun juda muhim. Bundan tashqari, milliy istiqlolga erishganimizga sal kam chorak asr bo’lmoqda. Endi biz uchun istiqlolga erishish va uni mustahkamlash emas, balki milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga kotarish dolzarbroqdir. Ushbu jihatdan ham milliy istiqlol g’oyasi” orniga milliy goya” tushunchasi qo’llanilishi mantiqiyroqdir.
5-sinflar uchun mo’ljallangan Vatan tuygusi76 darsligining (o’quv qo’llanmasi) 4-nashri va 6-sinflar uchun moljallangan Vatan tuygusi”77 oquv qo’llanmasining toldirilgan va qayta ishlangan 6-nashri 2011-yilda X.Sultonov va M.Qarshiboyevlar tomonidan tuzilgan. Mas’ul muharrir A.Erkaev. Unda Vatanga muhabbat va vatanparvarlik asoslarini shakllantiradigan mavzular oquvchilarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashi va oziga xos tushuncha-tasavvurlarini hisobga olgan holda qiziqarli misollar, hayotiy dalillar hamda zamonaviy metodik usullar vositasida yoritib berilgan. Milliy qadriyatlarimiz aks etgan ertak, afsona va dostonlardan parchalar yoki bosh qahramonlarning jasorati, donoligi, vatanparvarlik xislatlari yoritilishi diqqatga sazovor. Bu oquvchilarning bilimini, tafakkurini yanada oshirishga, boy tariximiz va milliy qadriyatlarimizga bo’lgan hurmatni shakllanishiga ko’maklashadi, oz navbatida tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Birgina misol 5-sinf Vatan tuyg’usi” darsligining Vatanni anglash” mavzusining mohiyati tolaroq va tushinarliroq ochib berish maqsadida Samarqandning noni rivoyati berilgan78. Ushbu rivoyatda Bogdod podshohlaridan biri Samarqand noniga havasi ketib, Samarqanddan eng mashhur nonvoyni chaqirtiradi va non yopish uchun zarur bo’lgan barcha narsani muhayyo qilsa ham Samarqand havosi va quyoshi

76 Sultonov X. va Qarshiboyev M. Vatan tuyg’usi”: Umumta’lim maktablarining 5-sinflari uchun o’quv qo’llanmasi / Mas’ul muharrir A.Erkaev. 4-nashri. T.: Ma’naviyat”, 2011.

77 Sultonov X. va Qarshiboyev M. Vatan tuyg’usi: umumta’lim maktablarining 6-sinflari uchun oquv qo’llanmasi. Toldirilgan va qayta ishlangan 4-nashri. T.: Ma’naviyat”, 2011.

78 Sultonov X. va Qarshiboyev M. Vatan tuyg’usi”: Umumta’lim maktablarining 5-sinflari uchun o’quv qo’llanmasi / Mas’ul muharrir A.Erkaev. 4-nashri. T.: Ma’naviyat”, 2011. 11-b.


46
bo’lmaganligi bois Bog’dodda Samarqanddagidek shirin non yoptira olmasligi

aytilgan.


Darsliklar qayta-qayta ishlanib, yanada takomillashib bormoqda. Bu hol to’xtab qolgani yoq, aksincha olimlar, tadqiqotchilar tomonidan darsliklarni qayta tuzish va takomillashtirish ishlari davom etmoqda va bir qancha yutuqlarga erishildi ham. Darslikda har bir bobdan so’ng mavzular bo’yicha savollar va testlar berilganligi o’quvchining bilimini yanada charxlashga komaklashadi.
Yuqorida takidlaganimizdek Manaviyat asoslari” yangi fan bo’lganligi bois darsliklarda bir qancha kamchiliklar ham uchraydi. 5 va 6-sinf Vatan tuygusi oquv qollanmalarida berilgan mavzular hajmi katta (ortacha 6,7 bet) va murakkab. Oquv rejada esa Vatan tuygusi” predmeti o’quv yili davomida 17 soat ajratilgan. Faqatgina ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 34 soat ajratilgan. Umumiy orta talim maktablarida bir soat dars 45 daqiqani tashkil etadi. Dasrliklarda berilgan mavzular sonidan kelib chiqsak har bir mavzu bir soatdan otiladi. Hajm jihatdan katta bolgan mavzuni 45 daqiqada organib bo’lmaydi. Oqibatda o’quvchi mavzuning mohiyatini tolaqonli tushunib yetmaydi. Mustaqil ravishda oqish uchun topshiriq berilganda ham bola (5 va 6-sinfda 12 va13 yoshdagi bolalar o’qiydi) uchun qiyinlik qiladi, zerikish paydo bo’ladi. Ayni paytda maktabda oquv soatlarini kopaytirish juda qiyin, ortiqcha soatlarni faqat ananaviy predmetlarning o’qitilish soatini optimallashtirish hisobiga malum darajada topish mumkin. Shu yol bilan Vatan tuygusifanining o’qitish soatlarini 20 soatga kopaytirish, mavzular hajmini qisqaroq va soddaroq, mavzular sonini esa kopaytirilgan holda mazkur o’quv qo’llanma yanada takomillashtirilsa maqsadga muvofiq bolar edi.
Akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida organilayotgan manaviyatga oid fanlar darslik, oquv reja va dasturlari ham toldirilgan va qayta ishlahgan yangi nashrda chiqqanligi quvonarli hol. Ammo ayrim metododlogik kamchiliklar ham uchraydi.

47
2007-yil S.H.Nosirxo’jayev, M.F.Lafasov va S.Azamxo’jayevlar

tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun qayta ishlangan Manaviyat asoslari79 darsligi ikki bob va on yeti paragrafdan iborat. Darslik aynan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining yoshi, dunyoqarashi, qiziqishi va psixologik xususiyatlarini inobatga olib tuzilganligi maqtovga loyiq. Darslikda mavzular bilan birgalikda otilgan mavzu yuzasidan oquvchilar tomonidan mavzuni yaxshiroq, tushunarliroq va mustahkamroq ozlashtirilishi maqsadida turli metodik usullar, o’yinlar, muammoli masalalardan iborat amaliy mashg’ulotlar ham berilgan.
Ammo, yuqorida takidlanganidek darslikda bazi bir kamchiliklar uchraydi. Darslikda mantiqiylik va tarixiylik birligi buzilgan, bir yoqlama yondashuvlarga yol qoyilgan, faqat otmishdagi yutuqlar oz aksini topgan. Milliy manaviyatimiz hamma vaqt ham dunyodagi eng yuksak rivojlangan manaviyat bolgan deya olmaymiz. Darslikda manaviyat rivojlanishidagi tanazzullar, inqirozlar, ularning sabablari ustida mulohaza yuritilmagan. Natijada gullab-yashnab turgan ilgor manaviyat nega qoloq manaviyatga aylanib qolgani, buning nafaqat siyosiy sabablari (toj-taxt talashlar, sulolalar ortasidagi kurash, urushlar va istilolar), shuningdek ijtimoiy-ma’naviy sabablari borligi tog’risida umuman fikr bildirilmagan. Shu sababli ham darslikda tanqidiy ruh yetishmaydi. Tarixiylik bazi hollarda toliq inkor qilingan.
Masalan, darslikdagi birinchi Manaviyatning rivojlanishi va uning jamiyat iqtisodiy- siyosiy hayotidagi orni bobining tortinchi paragrafi Din va manaviyat. Islom dini va tasavvuf talimotidagi manaviy barkamol inson masalasi”80, beshinchi paragrafi esa ushbu mavzu yuzasidan amaliy mashg’ulot (Tassavuf tariqati va unga qarshi oqimlar hamda bu oqimlarga qarshi kurash vazifalari)81 tarzida berilgan va undan keyin birdaniga Temuriylar davri

79NosirxojayevS.H., LafasovM.F., Aamxo’jayeva S.Ma’naviyat asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toldirilgan va qayta ishlangan uchinchi nashri. T.: Turon-Iqbol” nashriyoti. 2007.

80 NosirxojayevS.H., LafasovM.F., Aamxo’jayeva S.Ma’naviyat asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toldirilgan va qayta ishlangan uchinchi nashri. T.: Turon-Iqbol”. 2007. 53-b.

81 Osha darslik, 77-b.

48
manaviyati ga otilgan (oltinchi paragraf)82. Darslikning Manaviyatning

tabiat bilan aloqasi va jamiyat ijtimoiy-manaviy hayotidagi roli nomli ikkinchi bobida esa Jadidchilik va jadidlarning ilm-marifat yolidagi harakatlariamaliy mashg’uloti (on birinchi paragraf) berilgan83. Bu yerda manaviyat rivojlanish bosqichlari tarixiylik asosida emas, balki eklektik qorishtirib yuborilgan goyaviy-mafkuraviy va madaniy mezonlar asosida aniqlangan.
Islom dinining markaziy Osiyoga kirib kelishi (VIII asr) va tasavvuf talimotining vujudga kelishi (XI-XII asrlar)dan temuriylar davrigacha (XIV asr ikkinchi yarmi) bo’lgan oraliq vaqt ikki asrni tashkil etadi. Aynan mana shu davrda milliy ma’naviyatimizni tanazzulga uchratgan mo’gullar istilosi to’grisida darslikda hech qanday malumot berilmagan. Axir mo’gul istilosi bizning xalqimiz boshiga mislsiz vayronagarchiliklarni keltirdi. Shaharlar, madaniy yodgorliklar, kutubxonalar tuproqqa ko’mildi. Suv inshootlari buzib tashlandi, natijada sugorish tizimi ham izdan chiqdi hamda dehqonchilik, bog’dorchilik, hunarmandchilik oqsab qoldi. Ilk orta asrlarda erishilgan ilm-fan yutuqlari yoq qilindi, manaviy ong, madaniy hayot esa nochor ahvolga tushdi. Xalqda real, baxtli va to’kin hayotga bo’lgan ishonch yo’qoldi. Oqibatda xalqni hayolan ovuntira oladigan ota mistik ong shakllanishiga moyillik kuchaydi. Manaviyatimizning taraqqiyotiga salbiy tasir korsatgan mana shu kabi omillar, ularni keltirib chiqargan sabab hamda oqibatlari darsliklarda yoritilishi lozim.
Mazkur darslikning “Din va manaviyat. Islom dini va tasavvuf talimotidagi manaviy barkamol inson masalasi” nomli tortinchi mavzusida “Din sozi va dunyo dinlari”, Islomning mohiyati”, Qur’oni karim ibrat kitobi, Hadislar xalq mulki”, Tasavvuf talimoti”, Vijdon erkinligi”, ijtimoiy xavfli mazhablar va Vahobiylikning mohiyati” kabi kichik-kichik

82 Osha darslik, 95-b.

83 Osha darslik, 174-b.

49
bo’limlar berilgan84. Mavzuda ko’proq Islom dinining kelib chiqishi va tarqalish

tarixiga ahamiyat berilgan. Ammo uning Markaziy Osiyoga kirib kelishi, natijada yuz bergan salbiy va ijobiy oqibatlari yoritib berilmagan. Islom dini xalqimiz manaviy madaniyatining bazi sohalarini (haykaltaroshlik, raqs, teatr, tasviriy sanat, diniy etiqod) inkor etdi. Oz navbatida islom davlatlari chegaralari g’arbdan sharqqa, shimoldan janubga qarab kengayganligi, butun islom olamida arab tilidan foydalanish joriy etilganligi turli xalqlarning o’zaro madaniyatlari rivojlanishiga va ilm-fan taraqqiyotiga sabab boldi. Aynan bizning Al-Xorazmiy, Fargoniy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sino kabi ajdodlarimiz butun dunyo ilm-fani yuksalishiga katta hissa qoshdi.
Mavzuning Tasavvuf talimoti”85 qismida tasavvuf (so’fiylik) tariqati to’grisida umumiy malumot berilgan. Uning yaxshi jixatlariga to’xtalib otilgan. Darslikda berilgan axborot orqali oquvchi, agar misol tariqasida aytadigan bolsak malum bir davr , tuzum yoki etiqod togrisida tasavvurga ega bo’ladi. Shaxsiy va ijtimoiy hayotda uchraydigan ayrim holatlarda tegishli xulosa va qarorlar chiqara olish qobiliyati shakllanishiga ko’maklashadi. Bundan tashqari, tarix insoniyat taraqqiyotida ibrat vazifasini otaydi. Shu orinda manaviyatimizning yuksalish davri tarixi ham.
Tasavvufning hamma tomonlarini birdek ibrat qilib ko’rsata olmaymiz. Birinchidan, tasavvuf komillikni insonning ichki dunyosiga qaratadi. Ikkinchidan, unda ota diniy mistik dunyoqarash mavjud bo’lib, ratsional etiqodga emas, balki irratsional etiqodga tayanadi. Uchinchidan, tasavvufdagi ayrim qarashlar bugungi zamon taraqqiyotiga, turmush tarzimizga mutlaqo to’gri kelmaydi. Tarkidunyochilik, hamma narsadan voz kechish va oxir-oqibat ozligidan kechish sofiylik (tasavvuf) talimotining mohiyatini tashkil qilgan. Tasavvufda komil inson” deb butun dunyo lazzatlaridan voz kecha oladigan, Haq va haqiqatga erishishga va Olloh vasliga yetishga intilib, faqat ilohiy ishq

84 NosirxojayevS.H., LafasovM.F., Aamxojayeva S.Ma’naviyat asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toldirilgan va qayta ishlangan uchinchi nashri. T.: Turon-Iqbol” nashriyoti. 2007. 53-77-b.

85 Osha darslik, 64-b.

50
bilan yashaydigan kishiga nisbatan tushunilgan. Ushbu ta’limotni bugungi

manaviy hayotimizga to’laqonli boglay olmasligimizning sababi shundaki, har bir inson avvalo ozidagi moddiy va manaviy ehtiyojlarni qondirishi, jamiyat, taraqqiyot va ilm-fandan uzilib qolmasligi, yon-atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalardan xabardor bolishi va munosabatini bildirishi, oz oldiga yuksak marralar va ideallarni qoyib, ularga erishish uchun bor kuch-g’ayratini safarbar eta oladigan intellektual shaxs bo’lib shakllanishi lozim.
Darslikning Temuriylar davri manaviyati” (oltinchi paragrf) mavzusida ham manaviyatimizning tarixiy shakllarini yoritishda bir yoqlama yondashuv – tarixning faqatgina yaxshi tomonlaridan atroflicha foydalanilgan. Unda Davrga tasir etgan omillar”, Obodonchilik ishlari”, Boshqaruv madaniyati”, Amir Temurning manaviy salohiyati”, Temur tuzuklarida manaviyat masalalari”, “Qonun ustuvorligi”, Pok axloq va ilm elning korki”, “Sanat va hunar rahnamosi”, Tarix oldidagi xizmat”, Mustaqillik va Temuriylar merosi kabi masalalar aks etgan86. Takidlab otish joiz, mavzudagi berilgan masalalar va ularning yoritilishi maqtovga loyiq. Bular orqali o’quvchilarda Temuriylar davri manaviyati salohiyati, uning milliy ma’naviyatimiz hamda jahon manaviy-madaniy taraqqiyotiga qoshgan hissasi va ahamiyati qay darajada ekanligi to’grisida bilim hamda tasavvur hosil boladi. Ammo bu davrda yaxshi jihatlar bilan birgalikda uni tanazzulga uchrashiga sabab bolgan holatlar ham mavjud. Temuriy amrlar va beklar o’rtasidagi taxt uchun olib borilgan ayovsiz kurashlar natijasida saltanat parchalanib ketdi. Diniy-mistik tafakkurning rivojlanishi va ilm-fanga nisbatan ayovsiz olib borilgan kurash va qarshiliklar ma’naviy-madaniy taraqqiyotni tanazzulga olib keldi. Diniy mutaasiblik avj oldi. Hattoki bazi bir o’z manfaatini ko’zlaydigan mutaasib dindor”larning gapi bilan Abdulatif oz otasi Ulug’bek Mirzoni qatl ettirdi. Mirzo Ulugbek buyuk sarkarda, adolatparvar davlat arbobi bo’lish bilan birga butun jahon ilm-fan taraqqiyotiga, ayniqsa falakkiyot ilmiga katta hissa qoshgan astranom olim ham


86 NosirxojayevS.H., LafasovM.F., Aamxo’jayeva S.Ma’naviyat asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toldirilgan va qayta ishlangan uchinchi nashri. T.: Turon-Iqbol” nashriyoti. 2007. 95-111-b

51
edi. U Samarqandda islom olamida yagona bo’lgan ilmiy maktab tashkil qildi.

Ulugbek qurdirgan rasadxona observatoriya Orta asrlar uyg’onish davrining olamshumul kashfiyoti hisoblangan. Mirzo Ulugbek qatlidan so’ng uning maktabi barham topdi. Musulmon mamlakatlarida boshqa bunday yirik ilmiy maktab vujudga kelmadi, izdoshlari taqib ostiga olindi, rasadxonasi esa buzib tashlandi. Temuriylar davridan so’ng Movarounnahr uch xonlikka bolinib ketdi, ananaviy jamiyat uzil-kesil qaror topdi va manaviy turg’unlik yuzaga keldi.
Milliy manaviyatimiz tarixidagi mana shu kabi qora sahifalar darsliklarda royi-rost yoritib berilishi zarur. Oquvchida tahliliy tafakkurni shakllantirish, tarixda bo’lib otgan voqea-hodisalarning sabab va oqibati, uning bugungi zamon taraqqiyotidagi tasiri nechoglik ekanligi togrisida tushuntirish, real hayotda ham yuz beradigan shunga oxshash holatlarda kerakli mulohaza yuritishga hamda mustaqil xulosa chiqarishga o’rgatish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus hamda Xalq talimi vazirliklarining 2010-yil 1-iyuldagi 6/1 va 4/2-sonli qoshma Hayat majlisi qarori bilan tasdiqlangan va akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanidan Davlat talim standarti sharhlari va uzviylashgan oquv dasturi sifatida uzluksiz talim tizimiga joriy etish uchun tavsiya etilgan. Dastur t.f.n prof. M. Lafasov, p.f.d prof. M.Quronov va Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri F.Sindorovalar tomonidan tuzilgan. Dastur 5 bolimdan iborat.
O’quv dasturlardagi bazi bir kamchiliklar, mavzular mano-mazmunining ozaro takrorlanishi va mavzulardagi kotarilgan masalalar ajratilgan soatlarga mos kelmasligi muammolari yuzasidan filologiya fanlari nozodi, TDYuI dotsenti R.Qochqorov ham ozining fikr va mulohazalarini bildirgan. U ozining Milliy goya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining oquv dasturlarini takomillashtirish muammolari87 nomli maqolasida aynan mazkur Milliy

87 Qo’chqorov R. Milliy goya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanining oquv dasturlarini takomillashtirish muammolari // Globallashuv sharoitida yoshlar ongida milliy g’oyani shakllantirishning dolzarb masalalari. Toshkent, 2013. B.60-64.

52
istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fani oquv dasturida

uchraydigan ayrim nuqsonli” holatlarni keltirib otadi.


Dastur mavzularning nomlari biroz boshqachaligiga qaramay, ular doirasida oquvchi talabalarga tushuntirilmoqchi bo’lgan ma’no-mazmunning ozaro takrorlanishi (masalan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlangan yuqoridagi dasturda Goya va mafkuralarning jamiyat hayotidagi orni” shaklida, oliy oquv yurtlari bakalavriat bosqichining amaldagi dasturida Jamiyat taraqqiyotining g’oya va mafkuralar bilan ozaro bogliqligi” shaklida; mos ravishda birinchisida Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar”, ikkinchisida Globalashuv sharoitida milliy goyaga ehtiyojning ortishi”; birinchisida Komil insonni voyaga yetkazishda mafkuraviy tarbiya omillarining ahamiyati”, ikkinchisida Milliy goyani inson ongi va qalbiga singdirish: yangicha uslublar va yondashuvlar va h.) hamda mavzular doirasida o’quvchi-talabalarga singdirilmoqchi bo’lga bilim-materiallarning ajratilgan soatlarga mutlaqo mos kelmasligi88 kabi kamchiliklardan holi emas.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish