14-bob. Yakunlovchi qoidalar
131. Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat
Vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
132. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq
javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son
qaroriga
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga
kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandning
ikkinchi
xatboshisi
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 5-bandning
birinchi xatboshisi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida
maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrgacha maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimiga qarab
kurslardan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda, keyingi kalendar yilda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash
kurslarida o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi”.
3.
Qarorga
3-ilova
(Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi
nizom)da:
a) ilovaning
nomidagi
“, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining”
so‘zlari “ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari
bilan almashtirilsin;
b)
1
va
29-bandlardagi
“, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari
“ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
v)
2-bandda
:
“, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari”
so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Xalq ta’limi vazirligi va” so‘zlari chiqarib
tashlansin;
g)
3-banddagi
“ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining”
so‘zlari bilan almashtirilsin;
d)
5-bandda
:
ikkinchi xatboshidagi
“davlat tasarrufidagi maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari
ta’lim muassasalari” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida
maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek,
nodavlat ta’lim tashkilotlari”;
beshinchi xatboshidagi
“maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pedagog xodim — davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya
faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar”;
e) 7-bandning
o‘ninchi xatboshisidagi
“, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j)
8-bandda
:
ikkinchi xatboshidagi
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi
va Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti tarkibida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha
muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash)”;
beshinchi xatboshidagi
“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti”
so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi
o‘z kuchini yo‘qotgan
deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi
oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
z)
9-banddagi
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi va
Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
i) 10-bandning
ikkinchi
va
to‘rtinchi xatboshilardagi
“, umumiy o‘rta
hamda maktabdan
tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
y) 11-bandning
ikkinchi xatboshisidagi
“, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
k) 12-bandning
birinchi xatboshidagi
“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
l)
13-band
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
m)
14-bandda
:
ikkinchi
,
uchinchi
,
oltinchi
va
yettinchi xatboshilardagi
“xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha
ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi
“xalq ta’limi muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim
tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
n) 24-bandning
uchinchi xatboshisidan
va
28-banddan
“oliy ta’lim muassasasi va” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
o)
38-band
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi
asosiy turlari qo‘llaniladi: ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, interaktiv seminarlar, trening, ko‘chma
mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil o‘qish, bitiruv malakaviy ishini (kursni tugatish ishini)
himoya qilish.
Ayrim o‘quv mashg‘ulotlari maktabgacha ta’lim tashkiloti bazasida tashkil etiladi.”;
p) 48-bandning
ikkinchi xatboshisidan
“oliy ta’lim muassasasi orqali” so‘zlari chiqarib
tashlansin;
r)
59-band
o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
s) 74-bandning
ikkinchi xatboshisidan
“oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishgan holda”
so‘zlari chiqarib tashlansin;
t)
80-band
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ta’lim
jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari “Ta’lim to‘g‘risida“gi O‘zbekiston
Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi va ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning
mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar
qo‘yiladi.”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son,)