Qarori xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Xodimlarning malakasini oshirish



Download 289,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana12.04.2022
Hajmi289,51 Kb.
#545830
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Uzluksiz kasbiy ta\'limni joriy etish

2-§. Xodimlarning malakasini oshirish 
63. Xodimlarning malakasini oshirish xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki 
bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
64. Malaka oshirish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va 
belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan ishchi o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga 
oshiriladi. 
65. Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka 
oshirishga jalb qilinmaydi. 
66. Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini 
o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi. 
67. Xodimlar malakasini oshirishning har yilgi umumiy davomiyligi xalq ta’limi tizimi 
rahbar va mutaxassis xodimlari uchun kamida 30 soat, pedagog xodimlar uchun kamida 36 soat etib 
belgilanadi. 


68. Reyestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka 
oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim 
tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi. 
69. Xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, 
o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan 
ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.
Unga ko‘ra, reyestrda xodim faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasasining navbatdagi 
kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan buyurtmasi shakllanadi. Bunda, xalq ta’limi tashkiloti 
rahbari har bir xodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini shaxsan ta’minlaydi va nazorat qiladi. 
70. Reyestrda shakllangan buyurtmada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, diplom 
bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi, lavozimi, dars beradigan fani, tanlagan malaka oshirish kursi va 
ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti ko‘rsatiladi. 
71. Joriy yilning 25-oktabrigacha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tizimdagi 
barcha ta’lim muassasalari xodimlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan 
buyurtmalari ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha 
umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida tegishli hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etiladi. 
Bunda, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati tizimdagi barcha xalq ta’limi 
muassasalari hamda xalq ta’limi bo‘limida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning 
malaka oshirish bo‘yicha tegishli buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi. 
72. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi 
bo‘limlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari buyurtma 
ko‘rinishida ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha 
umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida joriy yilning 5-noyabriga qadar Institutga taqdim etiladi. 
Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari rahbariyati o‘z hududlaridagi barcha xalq ta’limi 
muassasalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va hududiy xalq ta’limi boshqaruv organida 
faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat 
qiladi. 
73. Institut tomonidan mazkur buyurtmalar asosida xalq ta’limi xodimlarining hududlar, 
ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari va elektron platforma bo‘yicha taqsimoti (keyingi o‘rinlarda — 
taqsimot) shakllantiriladi va 15-noyabrga qadar Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etiladi. 
Mazkur taqsimot Vazirlik tomonidan 5-dekabrga qadar tasdiqlanadi va Institut tomonidan 
Reyestrga joylashtiriladi. 
74. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari taqsimot asosida malaka oshirish kurslarini tashkil 
etish bo‘yicha o‘zlarining rejalarini ishlab chiqadi va buyurtmachilarga yetkazilishini ta’minlaydi. 
75. Buyurtmachilar (hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari, tuman (shahar) xalq ta’limi 
bo‘limlari va ta’lim muassasalari) Reyestrdagi taqsimot va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining 
malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha rejalariga binoan tizimlaridagi ta’lim muassasalari 
rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim 
tashkilotlariga o‘qishga belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlaydi. 
76. Malaka oshirishga yuborilgan xodim ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbarining 
buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirish, kursning 
o‘quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqishda xodimlarning bazaviy ma’lumoti, mutaxassisligi, toifasi 
va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, kasbiy ehtiyojlari hisobga olinadi. 
77. Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonlari kurslarga jalb etilgan xodimlar 25 nafar 
tinglovchidan iborat o‘quv guruhlariga bo‘lingan holda tashkil etiladi. 
Tinglovchilar kontingentini bir guruh me’yorida shakllantirib bo‘lmaydigan alohida 
yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishda, istisno tariqasida, Vazirlikning ruxsati bilan 
bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 15 nafar etib belgilanishi mumkin. 
78. Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim 
samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish 
(ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida tinglovchilar turar joyi mavjud bo‘lsa) mas’uliyati tegishli 
ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklatiladi. 


79. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha 
nazorat turlarida ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi. 
80. Nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga kurs davomida qayta topshirishga 
imkoniyat beriladi.
81. Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan 
ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo 
yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan 
hujjat (sertifikat) beriladi. 
82. Har bir xodim haqidagi malaka oshirish kursi boshlangan kun, tugallangan kun, 
to‘plangan kreditlar va kursni tamomlaganlik haqidagi hujjat (sertifikat) bo‘yicha ma’lumotlar 
ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan elektron platformaga kiritiladi. 
Mazkur ma’lumotlar o‘z vaqtida, aniq va to‘liq kiritilishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim 
tashkiloti rahbari shaxsan mas’ul hisoblanadi. 

Download 289,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish