pedagogik ish staji — shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida pedagog lavozimlarida ishlagan muddati;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
o‘quv adabiyoti — muayyan ta’lim turi, yo‘nalishi yoki mutaxassisligining o‘quv rejasida belgilangan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, xorijiy tarjimalari) manba;
professor — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs;
dotsent — tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |