2-§. Ta’lim muassasasi mutaxassislariga professor ilmiy unvonini berish
(2-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Professor ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga beriladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
a) fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;
b) ilmiy unvonga ega bo‘lgan;
Oldingi tahrirga qarang.
v) kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) kamida bir o‘quv yili davomida ta’lim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), oliy harbiy ta’lim muassasalarida kafedra boshlig‘i o‘rinbosari yoki kafedra boshlig‘i lavozimlarida yoki ushbu lavozimlardan birida bir o‘quv yili davomida kamida 0,25 stavka o‘quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig‘i), prorektori (direktor o‘rinbosari, boshliq o‘rinbosari), ilmiy kotibi, ta’lim muassasasining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo‘lim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy o‘zgarish bo‘lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);
Har bir bilim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarini taqdim etish huquqiga ega;
(12-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan yoki 10 nafar magistratura talabasi va 5 nafar bakalavriatura ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud davlat stipendiyalari tanlovlari yoki xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan);
(12-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-avgustdagi 241/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-3, 12.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1020-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 5 ta maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan);
(12-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 9-sentabrdagi 227/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-1, 27.09.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 465-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |