Oldingi tahrirga qarang.
14. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida madaniyat, san’at, arxitektura, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy darajaga ega bo‘lmagan mutaxassislarga berilishi mumkin:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
a) tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lgan;
b) ilmiy unvonga ega bo‘lgan;
Oldingi tahrirga qarang.
v) kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan ta’lim muassasasida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
(14-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
g) mazkur Nizom 12-bandining “g” kichik bandi talabini bajargan;
Oldingi tahrirga qarang.
d) davlat stipendiyalari tanlovlari yoki xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan;
(14-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-avgustdagi 241/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-3, 12.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1020-modda)
e) ilmiy va ijodiy ishlari bo‘lgan, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 10 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta ilmiy maqola chop ettirgan;
Oldingi tahrirga qarang.
j) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, jumladan ta’lim muassasasi o‘quv dasturlariga mos keladigan 1 ta darslik (hammualliflikda bo‘lgan taqdirda 2 ta) yoki yakka mualliflikda 3 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan (o‘quv qo‘llanma yetarli bo‘lmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham o‘quv qo‘llanma sifatida qabul qilinishi mumkin).
(14-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
15. Professor ilmiy unvoni, istisno tariqasida, quyidagi talablarni bajargan mutaxassislarga ham berilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) kamida ikki o‘quv yili davomida ta’lim muassasasida pedagoglik faoliyat ko‘rsatayotgan;
(15-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
b) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyoti (adabiyotlari) bo‘lgan;
v) ilmiy maqolalar chop ettirgan;
g) respublika va xalqaro tanlovlarda nufuzli o‘rinlarni egallagan shogirdlarni tayyorlagan;
d) ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga va barkamol avlodni tarbiyalash ishlariga salmoqli hissa qo‘shgan;
e) “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni yoki “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan yoxud O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari laureati bo‘lgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
151. Professor ilmiy unvoni istisno tariqasida, ta’lim muassasasida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan, quyidagi talablarni bajargan mutaxassislarga ham berilishi mumkin:
(151-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) kamida ikki o‘quv yili davomida ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat ko‘rsatayotgan;
(151-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
b) ijodiy ishlari bo‘lgan;
v) xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli ko‘rgazmalarda munosib ishtirok etgan;
g) respublika va xalqaro tanlovlarda nufuzli o‘rinlarni egallagan shogirdlarni tayyorlagan;
d) milliy tasviriy va amaliy san’at, dizayn sohalarini o‘zining yirik asarlari bilan boyitgan;
e) O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston xalq rassomi, Xalq ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi unvonlariga ega bo‘lgan.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2018-yil 28-iyundagi 254/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2793-5, 14.07.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2793-5/1511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |