4-§. Ta’lim muassasasi mutaxassislariga dotsent ilmiy unvonini berish
(4-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Dotsent ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga beriladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) fan doktori yoki falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;
(19-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-2, 23.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
(19-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) kamida bir o‘quv yili davomida ta’lim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), dotsent (vazifasini bajaruvchi) yoki oliy harbiy ta’lim muassasalarida katta o‘qituvchi, kafedra boshlig‘i o‘rinbosari yoki kafedra boshlig‘i yoxud ushbu lavozimlarning birida bir o‘quv yili davomida kamida 0,25 stavka o‘quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig‘i), prorektori (direktor o‘rinbosari, boshliq o‘rinbosari), ilmiy kotibi, ta’lim muassasasining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo‘lim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy o‘zgarish bo‘lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);
Har bir bilim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan dotsent ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega;
(19-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan);
(19-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 9-sentabrdagi 227/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-1, 27.09.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 465-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin ta’lim muassasasi o‘quv dasturlariga mos keladigan o‘quv yoki uslubiy qo‘llanma nashr ettirgan, shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo‘shimcha ravishda 1 ta monografiya nashr ettirgan;
(19-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) mutaxassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor kamida 2 nafar magistratura talabasi yoki 4 nafar bakalavriatura ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi talabasiga (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun 5 nafar magistratura talabasiga)ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika tanlovlari yoki musobaqalarining g‘oliblari yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan.
(19-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-avgustdagi 241/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-3, 12.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1020-modda)
20. Dotsent ilmiy unvoni istisno tariqasida, mazkur Nizomning umumiy va quyidagi talablarni bajargan, ilmiy darajaga ega bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassislarga (madaniyat va san’at nazariyasi hamda tarixi bo‘yicha mutaxassisliklar bundan mustasno) berilishi mumkin:
a) tegishli oliy ma’lumotga ega bo‘lgan;
Oldingi tahrirga qarang.
b) kamida 5 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;
(20-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
v) mazkur Nizom 19-bandining “v” kichik bandi talabini bajargan;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlari bo‘lgan, jumladan, ilmiy jurnallarda kamida 3 ta ilmiy maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun kamida 5 ta ilmiy maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirgan);
(20-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 31-martdagi 295/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-6, 04.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2793-6/0405-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, jumladan ta’lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda bo‘lgan taqdirda 2 ta) (madaniyat, san’at, arxitektura, sport va jismoniy tarbiya yo‘nalishlari bundan mustasno) hamda yakka mualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan (o‘quv qo‘llanma bo‘lmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham o‘quv qo‘llanma sifatida qabul qilinishi mumkin), shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo‘shimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan;
(20-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 9-sentabrdagi 227/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-1, 27.09.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 465-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) mutaxassislik kafedrasida ishlayotgan talabgor kamida 4 nafar bakalavriatura ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan yoki davlat stipendiyalari tanlovlari yoxud xalqaro yoki respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini yoki jamoa (jamoalari)ni tayyorlagan.
(20-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 29-avgustdagi 241/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2793-3, 12.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1020-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |