1. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar (Buyurtmachilar)
2. Markaz
1. Kurslarda malaka oshirishga nomzodlar ro‘yxatini Arxiv ishi va ish yuritish markaziga (Markaz) taqdim etadi.
2 . Nomzodlar (tinglovchilar) ro‘yxatini va guruhlarni shakllantiradi hamda tegishli buyruq chiqaradi.
har yili
15-noyabrga qadar
guruhlar shakllanishi bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq
II bosqich
1. Markaz
2. Buyurtmachilar
1. Tasdiqlangan yillik reja va ro‘yxat bo‘yicha belgilangan tartibda tinglovchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.
2. Tasdiqlangan yillik reja va ro‘yxat bo‘yicha tinglovchilarning belgilangan muddatlarda kurslarga qatnashishini ta’minlaydi (shartnoma asosidagi tinglovchilar belgilangan to‘lovlarni amalga oshiradi).
tasdiqlangan yillik reja asosida
III bosqich
Markaz
Kurslar boshlanishi va yakunlanishi bo‘yicha reja-jadvalni tasdiqlaydi
1 ish kunida
IV bosqich
1. Markaz
2. Buyurtmachilar
1. O‘quv kurslari boshlanishi to‘g‘risida buyurtmachini (tinglovchini) 3 kun oldin (ish kunida) xabardor qiladi.
2. Belgilangan muddatda o‘qish jarayoniga va shartnoma shartlarini bajarishga kirishadi.
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq
V bosqich
Markaz
Kurslarga tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan rejaga muvofiq Markaz rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi hamda tinglovchi kurslarga o‘z vaqtida kelmaganligi (tinglovchi 1 kun davomida kurslarga kelmasa chetlatiladi) to‘g‘risida buyurtmachiga darhol xabar beradi.
kurslar boshlanishi sanasidan boshlab
1 kun davomida
VI bosqich
Markaz
Test sinov asosida tinglovchining dastlabki bilim darajasi aniqlanadi. O‘quv jarayonida (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar trening, ko‘chma mashg‘ulot, maxorat saboqlari, interfaol va boshqa shakllar) tinglovchilar bilim oladi.
Yakuniy test sinovi asosida tinglovchining bilim darajasi aniqlanadi.
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq
VII bosqich
Markaz
Yakuniy test sinovida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56%) miqdorida to‘plagan tinglovchi kurslardan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi hamda bu xaqida tinglovchiga sertifikat beriladi.
Yakuniy testga ajratilgan 100 balldan 56 ball (56%) miqdoridan kam to‘plagan tinglovchiga “malaka oshirish kursini tingladi” mazmunida ma’lumotnoma beriladi.
1 kun ish kunida
Kurs sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchiga sertifikat beriladi yoki o‘ta olmagan tinglovchilar ro‘yxati e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi ustaviga
2-ILOVA
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi
SERTIFIKAT
(tavsifi)
Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kulrangda bosib chiqariladi.
Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” so‘zlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
Sertifikat:
bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;
yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
naqshli rastr;
har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
maxsus qog‘ozlar;
o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
Malaka oshirish haqida
SERTIFIKAT
MO № 000000
_______20___ yil ___________________________________________ dan 20___ yil___________________gacha
__________________________________________________________________________________________da
(Ta’lim muassasasining nomi)
jami ____________________________________________________________________________________ soatli
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida ochilgan O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
3. Jamg‘arma faoliyati ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish 4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallarining (shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlaridan tashqari) pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining 20 foizi miqdoridagi yillik majburiy ajratmalar;
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining 30 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga qo‘yishdan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xomiylik xayriyalari;
xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Jamg‘armaga mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar hamda Markazning pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining majburiy ajratmalari har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay tushirilishi shart.
6. Jamg‘armaga davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining majburiy ajratmalari hajmining to‘g‘ri belgilanishi hamda belgilangan muddatda o‘tkazilishi yuzasidan mas’uliyat Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, Qoraqolpog‘iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi, viloyat, shahar, tuman davlat arxivlari va ularning filiallari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
7. Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilishi mumkin.
8. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi.